Qang’li — turkiy qabilalar uyushmasi O`rxun—Enisey yozuvlarida «kanxaras» deb atalgan, xitoy manbalarida Qang’ davlati Qang’yuy deb atalgan. Qang’lilar mil. av.gi III asr oxirlarida Sirdaryo bo`ylarida yirik Qang’ davlatini tuzganlar Poytaxti — Qang’dez bo`lib, mil. av.gi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan. X asr oxirlarida ularning katta bir qismi shimoliy — g’arbga siljib, emba va Ural (YOyik) daryolari oralig’ida joylashgan. XI asrda ularning ko`pchiligi Kichik Osiyo, Bolgariya va Vengriya erlariga o`tib mahalliy aholiga, ayrim guruhlari esa Volga bo`ylariga kelib boshqird, tatar xalqlariga qo`shilib kelgan. XI asrning oxiri — XII asrning boshlarida Qang’lilarning katta guruhi Sirdaryo bo`ylariga qaytib kelganlar. O`rta asrlarda qang’lilar O`rta Osiyo davlatlarining ichki siyosatida faol ishtirok etganlar. Qang’lilar yarim o`troq holda yashab dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Ular bir necha urug’larga bo`linishgan Jumladan, sariq — qang’li, qora—Qang’li, qizil— Qang’li, bobo—Qang’li, olmish—qang’li, bo`ka—qang’li va xokazo.
Chokar — O`rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo`lgan qurollangan yigitlar guruhi.
Ixshid — Sug’d hokimlarining nasabi, unvoni. Tarixiy ma`lumotlarga Sug’d arab halifaligi tomonidan istilo qilingunga qadar bu erda 13 ixshid hukmronlik qilib turgan.
Bo`dun — chorvador aholi, qora bo`dun — qora xalq.
Islom – dunyoda eng ko`p tarqalgan dinlardan biri bo`lib, unga e’tiqodda bo`lganlarni musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo — Allohga e`tiqod qiladi. Islom dini VII asrda Arabistonda vujudga kelgan. Muhammad Payg’ambar islom dinining asoschisidir. Islom dini bugungi kunda arab davlatlarida, Turkiya, eron, Afg’oniston, Pokiston, Indoneziya, O`zbekiston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston va boshqa bir qator mamlakatlarda asosiy din hisoblandi.
Q
150
ur’on – Musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Muhammad Payg’ambarning Makka va Madinada olib borgan og’zaki diniy targ’ibotlari to`plamidan iborat. Qur`onda islom qoidalari, e`tiqod talablari, xuquqiy va ahloqiy normalari o`z ifodasini topgan. Islom an`anasida Qur`on Alloh tomonidan Muhammad Payg’ambarga ramazon oyining 27 – kuni kechasi vahiy qilinib, ro`za tutilgan. Uning 27 — kuni kechasi «laylot ul—qadr», ya`ni qudrat kechasi, ilohiyot qudrati namoyon bo`lgan kecha deb ulug’lanadi. Qur`on kitobini «Qur`oni Karim», «Qur`oni Masjid» deb sifatlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |