Movarounnahr – arabcha so`z bo`lib, lug’aviy ma`nosi daryo ortidagi er, degan ma`noni bildiradi. Arablar O`rta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan shimolgacha qarab cho`zilgan O`rta Osiyo erlarini Movarounnahr deb atashgan.
Avliyo – Islom dinida Allohga yaqin kishi, homiy, «bandalarning homiysi» ma`nolarini bildiradi. Avliyo xudoning alohida iltifotidan bahra olib, ilohiy qudratga ega bo`lgan, odamlarning hayotiga, turmushiga ta`sir ko`rsata oladigan kishi hisoblanadi. Mana shuning uchun ham musulmonlar avliyolarning mozorlariga sig’inishib, ulardan madad so`rashadi.
Azon – Islomda xar kuni besh maxal o`qiladigan namoz vaqtini e`lon qilish va unga da`vat qilish. Namozga xar bir masjidda maxsus kishi — muazzin tomonidan azon aytib chaqiriladi.
Amir – Islom dini qabul qilingunga qadar arablarda amir so`zi qabila boshlig’i, harbiy boshliq degan ma`nolarni bildirgan. Arablar ko`p joylarni bosib olib, o`z dinlariga o`tkazgandan so`ng arab halifaligiga qaram bo`lgan mamlakatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokimni, qo`shin qo`mondoni va yirik lashkarboshilarni amir deb atashgan.
Amir al—mo`minin – mo`minlarning hukmdori Ilk Islom davrida halifalarning keng qo`llanilgan unvoni. Bu unvonni dastlab halifa Umar olgan. Keyinchalik barcha halifalar degan ma`noni anglatadi.
Anbiyoi — izom – Ulug’ payrambarlar degan ma`noni anglatadi.
Ansorlar – Islom tarixida 622 yilda Makkadan Madinaga ko`chib kelgan musulmonlarga va ularning Payg’ambari Rasululloh Muhammad sallolohu alayhi vasallamga yordam bergan va islom dinini qabul qilgan madinalik avs va xazraj qabilalarining a’zolariga nisbatan qo`llanilgan nom. Ansorlar Makkadan qochib kelgan muxojirlar bilan birga ilk musulmonlar jamoasini tashkil kilgan.
Baytullox – Makka Islom dinining yagona markaziga aylanganligidan keyin Olloxning uyi — Ka`baga berilgan nom.
Baytulmol – Islom mamlakatlarida davlatga qarashli qimmatbaho buyumlar, mol—mulklar hamda egasiz qolib davlat ixtiyoriga o`tgan mol— mulk va shu mol—mulk saqlanadigan maxsus joy xazina.
Do'stlaringiz bilan baham: |