Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication
Download 1.81 Mb.
|
Мажмуа 2019
Amirlik — musulmon mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mamlakat XVIII asrning o`rtalaridan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritilgan.
Xon — turkiy xalqlar va mo`g’ul hukmdorlarining unvoni. Dastlab qabila boshlig’i, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va xorazmshoxlar davrida viloyat yoki shahar hokimi, mo`g’ul feodal imperiyasida ulus boshlig’i davlatlarda oliy hukmdor xon, podshoxlik qilmagan. CHingiziylarda esa sulton deb yuritilgan Qo`qon, Buxoro (1753 yilgacha) va Xiva xonligida hukmdorlar o`zlarini xon deb ataganlar. Xonlik — xon tomonidan boshqariladigan davlat. O`rta Osiyoda XVI asr oxirida ikkita xonlik — Buxoro va Xiva xonligi vujudga kelgan. XVIII asrda Qo`qon xonligi vujudga kelgan. XVIII asr oxirning oxirgi choragidan Buxoro —amirlik deb yuritilgan. Munshi — O`rta Osiyo xonliklari davrida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi. Munshi lavozimiga odatda, ma`lumotli va chiroyli ezadigan kishilargina olingan. Munshilar olim va fozil kishilar bo`lganligi uchun oddiy kotiblardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va amirlarning maktub va farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu munshilar qalamiga mansub. Munshi lavozimida bo`lgan kishilar munshi so`zini taxallus sifatida o`z nomlari ketiga qo`shib qo`yganlar. Beklarbegi — O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan yuqori ma`muriy unvon va lavozim Viloyat, katta shaxdr xdkimlari ana shu unvonga ega bo`lishgan. Bu unvon ko`chmanchi xalqlar orasida ko`p ishlatilgan. Beklarbegi lavozimi O`rta Osiyoda XIX asr oxirigacha saqlangan. Beklarbegining asosiy vazifasi soliq va turli boshqa feodal majburiyatlarining o`z vaqtida to`lanishini ta`minlash xon farmonlarini amalga oshirish tegishli masalalarni biy, otalilar, oqsoqollar kengashi bilan kengashib xal etishdan iborat bo`lan. Beklarbegilar qo`l ostidagi viloyatlarda alohida vazir shayxulislom, sadr, jonishin (beklar begining muovini) kabi mansablar ham bo`lib, ular bevosita beklar begiga bo`ysunganlar. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling