Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication


Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar


Download 1.81 Mb.
bet119/123
Sana30.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1412151
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
Мажмуа 2019

    Bu sahifa navigatsiya:
  • rais
Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar (arablar davri).
Xiroj — YAqin va O`rta SHarq mamlakatlarida, jumladan, O`rta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan er solig’i. Xiroj arablar tomonidan joriy qilingan. Xiva va Qo`qon xonliklarida hamda Buxoro amirligida joriy yig’ish uchun har bir viloyatlarga sarkor, devonbegi va kotib saylangan. Xiva xoni Muhammad Raxim I xirojni pul bilan undirishni joriy qilgan. Bunda xiroj olingan hosil miqdoridan emas, balki er egasining xo`jaligi va er maydoniga qarab olingan. Qo`qon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin xiroj bu erda natura o`rniga pul bilan yiriladigan bo`lgan.
Mutavalliy — Vaqf mulkiga va undan keladshan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf erlarni ijaraga berish, vaqf mulkida xo`jalikishlarini yuritishni ham mutavalliy bajargan.
Zakot — Islom dini besh asosiy talablaridan biri bo`lib, mol— mulk va daromaddan beriladshan sadaqa, xayr—exson, soliq. SHariatga muvofik muaiyan boylikka ega bo`lgan katta eshdagi musulmon zakot beradi. Zakot miqdori pul daromadlaridan qirqdan bir ulushiga teng. Dehqonlar va cho`ponlardan olinadigan zakot miqdori birmuncha yuqori bo`lgan. Zakot kambag’allar, etim—esirlar kasallar va xech kimi yo`q, ayollar o`rtasida taqsimlanishi lozim bo`lgan.
Vaqfdavlat tomonidan shuningdek, ayrim kishilar tomonidan diniy muassasalar, masjiddar, madrasalar, ixtieriy daromaddan foydalanib turish, ammo sotmaslik sharti bo`lib o`tkazilgan yoki vasiyat qilib qoldirilgan mol—mulk ya`ni er—suv, bino va boshqalar vaqf deyiladi. Vaqfdan keladigan daromadlar diniy muassasalar va ularda xizmat kiladigan din peshvolariga berilgan.
Iqto` — o`rta asrlarda YAqin va O`rta SHarq mamlakatlarida Hukmdor tomonidan feodalga katta xizmatlar evaziga in`om qilingan chek er. Odatda, Iqto` umrbod berilmay, hukmdor uni istagan vaqtda qaytarib olib, boshqa kishiga tortiq qilish mumkin bo`lgan. Iqto` xaqidagi dastlabki ma`lumotlar VII asr oxiriga mansub arab manbalarida uchraydi. IX asrga kelib halifa tomonidan arab amiriga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham iqto` deb atalgan.
Ushr — musulmon mamlakatlarida natura shaklida undirilgan soliq. Ushr solig’i xar yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik maxsulotlari va boshqalardan olingan.
Devon — somoniylar davrida boshqaruv shakli bo`lib, vazirlar maxkamasi vazifasini o`tagan. Devonbegi esa vazirlar maxkamasining bosh ma`muri bo`lgan. Somoniylar davrida shahar hokimi rais deb atalgan. Viloyat hokimlari esa ba`zan vazir deb atalgan.
Muxtasib — musulmon mamlakatlaridagi amaldor. Ko`pincha sayidlardan tayinlangan. U aholining urf — odatlarga amal qilish hamda bozorlardagi narx—navo va o`lchov asboblarining to`g’riligi ustidan nazorat qilib turgan XIX — XX asrlarda Buxoroda muxtasib rais deb ham atalgan.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling