Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary education karshi state university


Download 399.07 Kb.
bet25/57
Sana08.01.2022
Hajmi399.07 Kb.
#247503
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
UMK majmua 222

VERGILIY (Mill, avvalgi 70-20-yillar)

Ulug‘ shoir Vergiliy hayoti va ijodi Rimda adabiyot va san’at gullab-yashnagan bir davrga to‘g‘ri keldi.

Vergiliy ijodiy faoliyati davomida ≪Bukolika- lar≫ (≪Cho'pon she’rlari≫), ≪Georgikalar≫ (≪Deh- qon she'rlari≫) hamda ≪Eneyida≫ dostonini yaratadi. Vergiliy nomi ostida yana ≪Mayda-chuyda she’rlar≫ nomli bir to'plam yetib kelgan. Tadqiqotchilar bu asarning Vergiliyniki ekanligiga qat’iy ishonch bildirishmaydi.

Vergiliyning buyuk xizmati shundaki, u cho'pon she’rlari, dehqon she’rlari an’analarini boshlab berdi va an’ananing keng ko'lamda yoyilishiga asos soldi.

≪Pardoz malhamlari≫, ≪Sevgi davosi≫, ≪Metamorfozalar≫, ≪G‘am- gin elegiyalar≫ asarlari Vergiliy talantiningyuksakligini namoyish etadi.

Yoshligida durustgina bilim olgan Vergiliy Rimga ko‘chib kelib, ma’rifatparvar kishilar bilan bog’lanadi.

Oktavian Antoniy ustidan zafar quchgandan so‘ng, Rim tarixida yangi zarvaraq ochiladi. Rim tez orada qudratli davlatga aylanadi. Yangi imperator yurish boshlab, qo'shni mamlakatlarning boyliklarini Rimga tashib keladi. Qudratli Afrika ham Rimga osongina qaram bo'lib qoladi. Rim davlatida ayni chog'da adabiyot va san’atning oltin vaqti boshlanadi. Oktavianga Avgust yorlig'ini bergan xalq, o'z imperatorini olqishlab qo'shiqlar to'qiy boshlaydi.

0‘zining aql-zakovati bilan Oktavianning ishonchini qozongan Vergiliy saroyning eng nufuzli shoirlaridan biriga aylanadi.

Oktavian ham ijod bilan shug'ullanib turardi. Imperatordagi bunday ijodiy kayfiyat mamlakatda adabiyot va san’atning gurkirab, gullab- yashnashiga katta ta’sir ko'rsatadi. Shohning iltifotlaridan bahramand boMgan Vergiliy ko'pincha go'zal Sitsiliya orolida yashab, sermahsul ijod qiladi.

≪Bukolikalar≫ (≪Cho'pon she’rlari≫) uchta she’rdan iborat. Bu asarda cho'ponlar turmushi qalamga olingan.

Shoir sertashvish va sershovqin shahar hayotidan ko'ra g‘am-g‘us- sadan, ig‘vo-fasoddan yiroq bo'lgan cho'ponlar hayotini afzal biladi. Zeroki o't-o'lanlar, giyohlar, dov-daraxtlar, rang-barang sayroqi qushlar cho'ponlarning hamrohidir, yaqin do'stlaridir. Shoir cho'ponlar timsoli orqali osuda hayotni, tinch-totuvlikni yoqlab chiqadi. Saroyda fitna-fasodga, ig'vo va hasadlarga chek qo'yish lozimligini orzu qiladi. Cho'ponlarnikidek osuda hayot bo'lgandagina mamlakat gullab-yash- naydi, rivojlanish bo'ladi, to‘kin-sochin hayot hukm suradi.

Vergiliyning ikkinchi asari ≪Georgikalar≫da dehqonlar hayoti madh etiladi. Shoir shaharni, davlatni to'ydiradigan ikki omilni ko'kka ko'tarib maqtavdi, mamlakatning rivoji mana shu ikki omilga bevosita bog'liq, deb tushuntiradi. Ularning biri go'sht, teri, jun yetishtirib beruvchi cho'ponlar bo'lsa, ikkinchisi qut-baraka, don-dun, shirin- shakar mevalar yetishtiruvchi zahmatkash dehqonlardir. Shoir dehqonlar obraziga simvolik ma’no beradi. To'rt qismdan iborat bu asarda dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi g'allakorlar, bog'bonlar, chor- vadorlar, asal yetishtiruvchilar haqida so'z borsa-da, asosiy e’tibor saroyda hukm surgan ichki nizolarni to'xtatish, vayronagarchilikka barham berishga qaratilgan. Har bir inson dehqonlar kabi foydali ishga qo'l urishi kerak.

Ikki qismdan iborat ≪Eneyida≫ dostonida esa Eney sarguzashtlari hikoya qilinadi. Bu doston ko'p jihatdan Homeming ≪Odisseya≫ dos- toniga o'xshab ketadi.

Biroq ≪Eneyida≫ dostoni ≪Odisseya≫ dostonidan tubdan farq qiladi. Dostonning ayrim boblari ≪Odisseya≫ga o'xshab ketsa-da, voqealar rivoji tubdan farq qiladi. Jumladan, Troya urushining so'nggi dahshat- lari, yunonlarning makr-hiylalari, Appolon ibodatxonasining kohini Laokoonning o'g'illari bilan ulkan ilon tomonidan bo'g'ilishi, yog'och ot voqeasi, troyaliklar boshiga tushgan jabru-sitamlar ≪Iliada≫ dostoni- ga o'xshaydi. Eneyning tush ko'rish voqeasi, narigi dunyoni sayri- sayohat qilishi voqeasi esa, ≪Odisseya≫ voqeasiga o'xshab ketadi. Odissey Yunon tuprog'iga sog'-omon qaytishni orzu qilsa, Eney Rim o'lka- siga shosniladi. Shoir o'z qahramoni taqdirini Rim tuprog'i, Rim davlati taqdiri bilan bog'laydi. Vergiliy yashagan zamonda Afinaning il- garigi mavqei yo'qolib, Rim qudratli davlatga aylangan edi.

Rimliklar Afinadan ko'ra Troyaga ko'proq xayrixoh edilar. Yunon- laming makr-hiyla yo'li bilan Troyaga bostirib kirishini ular qoralar edi. Buning ustiga Rim shoiri sharaflagan, ko'klarga ko'tarib maqtagan Eney ham aslida Troya farzandi edi. Shoirning aytishicha, ma’bud Yupiter ham Rimning kelajakda qudratli davlatga aylanishini bashorat qiladi.

Hammaga xush tushadigan fikmi o'z asari qatiga singdirib yuborgan Vergiliyning obro'-e’tibori ko'tarilib, imperatorning mukofotlariga sazovor bo'ladi. Vergiliyning butun ijodi, asarlarining ruhi Oktavian saltanatini mustahkamlashga qaratilgan. Vergiliyning pand-nasihatlari ham r.p.ga olam-olam shon-shuhrat keltiradi. ;



OVIDIY
Adabiyot ixlosmandi boMgan barcha yoshlar Ovidiy ijodini sevib o‘qishadi. Shoir ≪Ishq-muhabbat ma’budi≫ degan ulug‘ sharafga bejiz muyassar boMmagan.

Shoir ijodida sevgi-muhabbat mavzusi keng o‘rin egallaydi. ≪Ishqiy elegiyalar≫ to‘plami Rimdan uzoq-uzoqlarga tarqalib, shoirga ulugMik yorligMni keltirdi. 0‘n sakkiz ayol, uch erkak tilidan yozilgan ≪Qahramon ayollar≫ yoki ≪Maktublar≫ deb ataluvchi asari va ≪Sevgi san’ati≫ asari Ovidiyning muhabbat bobida antik dunyoda tengsiz so‘z san’atkori ekanligidan dalolat beradi.

Ovidiy inson qalbining nozik torlarini mahorat ila cherta olgan beqiyos quvvai hofiziga ega bo’lgan shoirdir.

Sulmon shahridagi badavlat xonadonlardan birida dunyoga kelgan Ovidiy o’spirinlik yillari Rimga kelib, yaxshigina ta'lim oladi. Keyinchalik Yunoniston va Kichik Osiyo bo‘ylab sayohatga chiqib, dunyoqarashi anchagina o‘sib, olam-olam taassurotlar bilan qaytadi. 0‘sha paytlar har bir rimlik yunon shoirlari asarlarini o‘qish vayod olishni, Afinadatahsil olishni sharafdeb bilardi. Ovidiy yunon shoirlari ijodi bilan batafsil tanishib, bir dunyo zavq oladi. Rimning ko‘zga ko‘ringan adabiyot darg‘alari bilan yaqindan aloqa bogMab, o‘z ijodini erta boshlaydi. Ilk ijod mahsuli boMgan ≪Ishqiy elegiyalar≫ tolplamidagi aksariyat she’rlari Karinna nomli go‘zalga bagMshlangandir. Aslida Karinna shoirning ma’shuqasi boMganligini, no’malum sabablarga ko‘ra undan ajrab qolganligini, bunday hijron azobi shoir ruhiyatiga qattiq ta’sir etganligini ta’kidlashadi. Ehtimol, shuning uchun ham shoir butun hayotini, borligMni ishq-muhabbatga bagMshlaydi. Ovidiy yashagan zamonda son-sanoqsiz shoirlar Oktavianni ko'klarga koMarib maqtar va buning evaziga qator in’omlar olishga musharraf boMardi. Nogahon bunday saroy mushoiralarida qatnashib qolgan Ovidiyning she’rlari imperatoiga unchalik xush kayfiyat baxshida etmaydi. Natijada hammaga berilgan qimmatbaho mukofotdan shoir mahrum boMib qoladi. Shundan so‘ng

Ovidiy tanqidiy fikrlarni o‘z ijodiga olib kiradi.

Ovidiy yangicha ijodiy yoMni tanlaydi. 0‘zidan ilgari o‘tgan Yunon va Rim shoirlari kabi faqat ma’bud va ma’budalar, afsonaviy pahlavonlar hayotidan olingan mifologik syujetdan bir qadar uzoqroq turib, inson hayotiga yaqinlashadi. Insonga xos boMgan his-tuyg‘ularni, ehtirosu izhorlarni kuylaydi. Qarangki, antik shoirning jo‘shqin misralari hamon insoniyatga ruhiy quvvat bag‘ishlab kelmoqda.

0‘n besh bob, o‘n ikki ming misradan iborat ≪Metamorfozalar≫ asari shoir ijodining, qolaversa, jahon adabiyotining gultojidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Bu bebaho ijod namunasi ma’bud va ma'budalar va boshqa afsonaviy qahramonlar hayotiga bag’ishlangan bo'lsa-da, unda ishq-muhabbat mavzusi keng olrin egallaydi. Shoir mifologik vositalar orqali o‘zi yashagan zamonda yuz berayotgan yaramas illatlami masxara qiladi.

≪Sevgi davosi≫, ≪Sevgi san’ati≫ asarlaridagi ishqiy she’rlari Impe- ratorga unchalik yoqmaganligi sababli, shoir ≪Metamorfozalar≫ (≪Tur- lanish≫) asariga qo‘l urgan edi. Saroy, saltanat ishlariga daxldor voqea- lardan o‘zini biroz tiyib, ma’budalar obrazi vositasida o‘z dardini ochishga harakat qilgan edi. Biroq bu urinishlari ham chippakka chiqqan edi. Oktavian bu asami yaxshi qabul qilmagan edi. Bundan qattiq tashvishga tushib, ta’sirlangan shoir barcha asarlarini yoqib yuboradi. Tez orada shoir Imperatoming farmoyishi bilan Pant (Qora dengiz) bo‘ylariga badarg‘a qilinadi. Surgunda chekkan azob-uqubatlari haqida ≪G‘amgin elegiya≫, ≪Pantdan maktublar≫ asarlari yuzaga keladi.

0‘n yillik mashaqqatli surgun davomida shoir vatanga qaytish orzusi bilan yashaydi, Imperatordan qayta-qayta uzr so‘rab, maktublar yoMlaydi. Biroq bu maktublarga Oktavian ham, uning oMimidan so‘ng Rim taxtiga o‘tiigan Tiberiy ham e’tibor bermaydi.

Ovidiy ona yurtini sog‘inib, hasrat va nadomatlar chekib, milodiy 18- yilda Qora dengiz bo‘ylarida olamdan o‘tadi.

Rim adabiyotining shaydolari, muxlislari shoir oMimidan keyin qoMyozmalarini to‘plab nashr qiladilar. Avlodlar ishq kuychisi Ovidiy nomini ulugMab, ardoqlab kelmoqda.

SEMINAR 4.


HERODOT


Download 399.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling