Sana
|
Sodir bo’lgan voqealar
|
Er. avv. 325
|
Shimoliy Muz okeani haqida birinchi ma’lumotni yunon olimi Pifey yozgan va "Qayrilgan dengiz” deb nom bergan.
|
1487-yil
|
B.Diash Afrikaning janubidagi Yahshi Umid burniga qadar yetib bordi.
|
1492-yil
|
Birinchi mukammalroq globusni M.Bexaym yasadi.
|
|
X.Kolumb San-Salvador (ispancha xaloskor) oroliga keldi.
|
1498-yil
|
Vasko da Gama Hindistonga dengiz yo’lini ochdi.
|
1507-yil
|
Geografik xaritaga "Atlantika okeani” nomi yozildi.
|
|
Yangi Dunyoga Amerika deb nom berildi.
|
1513-yil
|
Birinchi bo’lib ispaniyaliklar V.Balboa Panama bo’ynidan o’tib,Tinch okeanini ko’rdi, Janubiy okean deb nom berdi.
|
1521-yil
|
Okeaniya to’g’risidagi ma’lumotlar yevropaliklarga F.Magellanning sayohatidan so’ng ma’lum bo’ldi.
|
1595-yil
|
Xaritalar to’plami uchun "Atlas” nomi Merkator tomonidan taklif etildi.
|
1606-yil
|
Villyam Yanszon Avstraliyani kashf etdi, Keyp-York yarimoroliga tushdi.
|
1644-yil
|
Fransiyalik olim R.Dekart dastlab Quyosh sistemasi va Yer Koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalarning birikishidan hosil bo’lgan deb aytdi.
|
1650-yil
|
Dunyo okeanini 1-chi bo’lib gollandiyalik olim B.Varenius 5 ta okeanga ajratdi.
|
|
B.Varenius Shimoliy Muz okeani mustaqil okean tariqasida ajratdi.
|
1732-yil
|
I.Fyodorov, M.Gvozdev Shimoliy Amerika materigining shimoli-g’arbiy sohillarini o’rgandi.
|
1741-yil
|
Bering va Chirikovlar Tinch okeanining shimoliy qismini o’rganishdi.
|
|
Bering va Chirikovlar Shimoliy Amerikaning Aleut orollarini va Alyaska sohillarini o’rganish va xaritaga tushirish ishlarini olib borgan.
|
1755-yil
|
Germaniyalik faylasuf I.Kant Quyosh sistemasi va Yer Koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalarning birikishidan hosil bo’lgan deb aytdi.
|
1774-yil
|
Atmosferaning gaz tarkibini 1-chi bo’lib fransiyalik olim A.Lavuazye aniqladi.
|
1796-yil
|
Fransiyalik olim R.S.Laplas Quyosh sistemasi va Yer Koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalarning birikishidan hosil bo’lgan deb aytdi.
|
1798-yil
|
Alyaska ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirildi va "Rus Amerikasi” deb nom berildi.
|
1820-yil
|
F.Bellinsgauzen,M.Lazarev Antarktidani kashf qildi.
|
1845-yil
|
London Geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani mustaqil okean tariqasida ajratdi.
|
1867-yil
|
Alyaska AQSHga sotib yuborildi.
|
1869-yil
|
Suvaysh kanali ochildi.
|
1886-yil
|
Hoji Yusuf Hay’atiy ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va sa’nat tarixi muzeyida saqlanmoqda.
|
1899-yil
|
S.O.Makarov Shimoliy Muz okeanni o’rgandi.
|
1902-yil
|
Geografik qobiq tushunchasiga yaqin bo’lgan g’oyani 1-chi marta D.N.Anuchin aytdi.
|
1909-yil
|
R.Piri Shimoliy qutbni zabt etdi.
|
1911-yil
|
R.Amundsen Janubiy qutbga bordi.
|
1912-yil
|
Mobilizm (yunoncha "siljiydigan", "harakatlanadigan") gipotezasini nemis geologi A.Vegener ishlab chiqdi.
|
1914-yil
|
Yer po’sti bilan yuqori mantiya oralig’idagi chegarani yevropalik olim Moxorovich aniqladi.
|
|
Panama kanali ochildi.
|
1917-yil
|
"Dunyo okeani” atamasini rus olimi Y.M.Shokalskiy fanga kiritdi.
|
1920-yil
|
Dunyo okean suvlari chuqurlik bo’yicha o’rganila boshlandi.
|
1936-yil
|
Rossiya Geografiya Jamiyati Shimoliy Muz okeanni mustaqil okean tariqasida ajratdi.
|
1959-yil
|
11 ta mamlakat o’rtasidagi "Antarktida to’g’risidagi shartnoma” imzolandi.
|
1960-yil
|
Fransuz J.Pikar Mariana cho’kmasini zabt etdi.
|
1966-yil
|
Geografik qobiq haqidagi ta’limotni A.A.Grigoryev ishlab chiqqan.
|
1968-yil
|
L.R.Sayks, J.Oliver "litosfera plitalar tektonikasini” gipoteazsini e’lon qilindi.
|
1981-yil
|
H.Hasanov "Sayyoh olimlar” asarini yozdi.
|
1984-yil
|
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU geografiya fakultetida H.Hasanov rahbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan "Relyefli globus” o’rnatildi.
|