Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Doimiy komissiyalar: 
1. Reglament, odob va deputatlar faoliyatining taʼminoti. 
2. Oila va ayollar muammolari. 
3. Yoshlar ishlari. 
4. Normativ – huquqiy atamalar. 
Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati.Oʼzbekiston Respublikasidahukumat “Vazirlar 
Mahkamasi” deb nomlangan boʼlib, “OʼzbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasi 
toʼgʼrisidagi” Qonunga binoan, uOʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va 
maʼnaviysohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʼzbekiston Respublikasiqonunlari, Oliy 
Majlisning qororlari, Prezident farmonlari, qarorlariva farmoyishlari ijrosini taʼminlovchi ijro 
etuvchi hokimiyatdir. 


123 
Hukumat – davlat boshqaruvining oliy organi boʼlib, davlat boshqaruvshaklining qanday 
boʼlishidan qatʼiy nazar har qanday davlatning oliyijroya organi hisoblanadi. Hukumat 
Konstitutsiya va qonunlar asosidamamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, 
jamoat tartibi vamilliy xavfsizlikni taʼminlaydi, davlat boshqaruvining boshqa organlarihamda 
Qurolli kuchlarga umumiy raxbarlik qiladi. Hukumatning shakllanishtartibi, mazkur davlatda 
mavjud boʼlgan boshqaruv shakliga bogʼliq holdaoʼrnatiladi hamda turli davlatlarda turlicha 
nomlanadi. Misol uchun,AQShda – Maʼmuriyat, Angliyada va Turkmanistonda – Ministrlar 
Kabineti,Frantsiya va Italiyada – Ministrlar Kengashi, Xitoyda - Davlat Kengashi,Rossiya va 
Tojikistonda – Hukumat, Yaponiyada – Kabinet va hok. 
Oʼzbekistonda Vazirlar Mahkamasi Prezident, Oliy majlis va sudlarbilan bir qatorda 
hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudhokimiyatiga boʼlish asosida amalga 
oshiradi. Vazirlar Mahkamasi davlatboshqaruvi organlari tizimiga va oʼzi tashkil etadigan 
xoʼjalik 
boshqaruvituzilmalariga 
boshchilik 
qiladi, 
ularning 
hamjihatlik 
bilan 
ishlashinitaʼminlaydi. Vazirlar mahkamasi qonun bilan belgilab qoʼyilgan oʼztarkibiga ega. 
Unga koʼra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uningbirinchi oʼrinbosari va 
oʼrinbosarlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlari,davlat qoʼmitalarining raislari, davlat va 
xoʼjalik boshqaruviorganlarining raxbarlari kiradi. 
Konstitutsiyaga binoan, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlarmahkamasi 
faoliyatini tashkil etadi va ungi rahbarlik qiladi, uningsamarali ishlashi uchun shaxsan javobgar 
boʼladi, Vazirlar Mahkamasiningmajlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. 
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Prezident tomonidanshakillantiriladi. Prezident Bosh vazir 
nomzodini koʼrib chiqish vatasdiqlash uchun Oliy majlis palatalariga taqdim etadi.Ushbu 
masala avvalQonunchilik palatasida, soʼngra Senatda koʼrib chiqiladi. Bosh vazirnilavozimidan 
ozod qilish Prezident vakolatiga kiradi. Vazirlarmahkamasining aʼzolari Bosh vazir taqdimiga 
koʼra, Prezident tomonidantasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh 
vazirva uning oʼrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasiningrayosati faoliyat 
koʼrsatadi. 
Vazirlar Mahkamasining ijro hokimiyatini shakllantirishda ishtiroketishiga doir 
vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
1. Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasiningaʼzoligiga nomzodlarni 
tasdiqlash uchun Prezidentga taqdim etadi. 
2. Vazirlar Mahkamasi Respublika qonunlari, Oliy Majlis qarorlari,Prezident farmonlari
qarorlari va farmoyishlari ijrosinitaʼminlaydi. 
3. Oʼzbekistonning butun hududidagi barcha organlar, korxonalar,muassasalar, tashkilotlar, 
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidanbajarilishi majburiy boʼlgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi. 
Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yoʼnalishlari sifatida quyidagi faoliyat sohalarini 
keltirish mumkin: 
- maʼmuriy-siyosiy sohasidagi faoliyat; 
- iqtisodiyot sohasidagi faoliyat; 
- ijtimoiy-madaniy sohasidagi faoliyat. 


124 
Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlat boshqaruvi, xoʼjalik va ijtimoiy – madaniy 
qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi.Majlislar yilning har choragida kamida bir marta 
oʼtkaziladi. 
Ularni 
tayyorlash 
va 
oʼtkazish 
tartibi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“OʼzbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi toʼgʼrisidagi” qaroribilan 
belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchunmasalalar vazirlar, davlat 
qoʼmitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, kontserinlar, uyushmalarning 
rahbarlari,Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar vaToshkent 
shahar hokimlari, ular boʼlmagan hollarda ularning birinchioʼrinbosarlari tomonidan kiritiladi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling