Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Oliy majlis va uning faoliyati


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Oliy majlis va uning faoliyati. “Oʼzbekiston Respublikasi Oliymajlisiga saylov 
toʼgʼrisidagi” Qonun loyihasi 1993 yil 4 sentyabrdamatbuotda eʼlon qilindi. Respublikadagi 
koʼplab yetakchi olimlar,huquqshunoslar, mutaxassislar uning muhokamasida ishtirok 
etdilar.Natijada mazkur Qonun loyihasiga bir qancha oʼzgartirishlar kiritildi.1993 yil 28 
dekabrdagi Oliy kengashning oʼn toʼrtinchi sessiyasi “OʼzbekistonRespublikasi Oliy majlisiga 
saylov toʼgʼrisida”gi Qonunni qabul qildi.Oliy majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda 
boʼlib oʼtdi.Birinchi turda 205 ta deputat, qolgan ikki turda (1995 yil 8 va 22 yanvar) 45ta 
deputat (jami 250 ta) saylandi. 
Oliy majlis - Oʼzbekiston Respublikasining oliy vakillik va qonunchiqaruvchi organi 
hisoblanadi. U ikki palatadan iborat boʼlib, quyi palata –Qonunchilik palatasi, yuqori palata – 
Senat deb nomlanadi. Qonunchilikpalatasi saylov okruglari boʼyicha koʼppartiyaviylik asosida 


122 
saylanadigan120 
nafar 
deputatdan 
iborat. 
Qonunchilik 
palatasini 
ishi 
palata 
barchadeputatlarning professional doimiy faoliyat koʼrsatishiga asoslanadi.Qonunchilik 
palatasining vakolat muddati – besh yil. Vakolat muddati tugagach, u yangi Qonunchilik 
palatasi ishi boshlaguniga qadar oʼz faoliyatinidavom ettirib turadi. Oʼzbekiston 
Respublikasining saylov kuniga qadar 25yoshga toʼlgan hamda kamida besh yil Oʼzbekiston 
hududida muqim yashayotganRespublika fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʼlishi 
mumkin. 
Senat – hududiy vakillik palatasi hisoblanib, senatorlar Qoraqalpogʼiston Respublikasi 
Joʼqorgʼi Kengesi, viloyatlar, tumanlar vashaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari 
deputatlarining tegishliqoʼshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish 
yoʼlibilan Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tengmiqdorda – 6 
kishidan saylanadi. Yuqori palataning 16 nafar aʼzosi fan,sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish 
sohasida hamda davlat va jamiyatfaoliyatining boshqa tarmoqlarida katta tajribaga ega boʼlgan 
hamda 
alohidaxizmat 
koʼrsatgan 
eng 
obroʼli 
fuqarolar 
orasidan 
Oʼzbekiston 
RespublikasiPrezidenti tomonidan tayinlanadi. 
Oliy majlis tarkibida 12 ta qoʼmita va 4 ta doimiy komissiya mavjud. 
Qoʼmitalar: 
1. Byudjet, bank va moliya masalalari. 
2. Qonunchilik va sud – huquq masalalari. 
3. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar. 
4. Agrar, suv xoʼjaligi masalalari va oziq-ovqat. 
5. Sanoat, qurilish, transport va aloqa. 
6. Iqtisodiyotni isloh qilish va tadbirkorlik masalalari. 
7. Ijtimoiy masalalar va bandlik. 
8. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari. 
9. Atrof – muhit va tabiatni muhofaza qilish. 
10.Matbuot va axborot. 
11.Mudofaa va xavfsizlik. 
12.Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning 
oʼzini-oʼzi boshqarish organlari. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling