Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Savol va topshiriqlar 
1. Oʼzbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yoʼnalishlari 
haqida nimalarni bilasiz? 
2. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi deganda nimani 
tushunasiz? 
3. Mamlakatimizda qishloq xoʼjaligidagi islohotlar haqida gapirib bering? 
4. Kuchli ijtimoiy siyosat bu – 
5. Nodavlat, notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoyani amalga oshirishdagi ishtiroki 
haqida so`zlab bering? 
 
9-mavzu. Oʻzbekiston Respublikasidagi ijtimoiy oʻzgarishlar. 
Reja: 
1.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. 
2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini takomillashtirish. 
3.Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga 
oshirishdagi ishtiroki. 
4.Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 
mazmun-mohiyati. 
 
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng, jamiyatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
jarayonida aholini ijtimoiy himoya-sini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi bo‘lib 
qoldi. Binobarin, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga 
munosib turmush sharoitlarini vu-judga keltirishdir. 
Birinchi prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan olgan besh 
tamoyilning muhim qismi aqolini kuchli ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir. 
O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy 
himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini 
keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi hamda respublikada osoyishtalik 
va barqarorlikni saklash omili bo‘ldi. 
Masalan, mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning 
turmush darajasini normallashtirish maqsadida davlat yo‘li bilan boshqarishning ko‘pdan-ko‘p 


154 
usullari va uslublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori doimo o‘zgartirib turilgan ish haqi, 
pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi be-vosita pul 
to‘lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzida-gi to‘lovlarni joriy qilish usuli keng 
qo‘llanildi. 
1991-1996 yillarda eng kam ish haqi va gtensiyalardan soliq olinmaydigan bo‘ldi. 
Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi 
budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarning ko‘pgina 
qismi bo‘yicha narxlardagi tafovutlarning o‘rni qoplandi. Shu bilan birga qo‘shimcha ijtimoiy 
imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar 
uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, maktab o‘quvchilari 
va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar berildi. Shuningdek, kupgina 
toifadagi fuqarolarga turarjoyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal 
xizmatlar haqini to‘lashda yengilliklar joriy etildi va hokazo. 
Aholining ijtimoiy ximoyalanishiga muntazam e’tibor berar ekan, respublika hukumati 
islohotlarning birinchi bos-qichidagi tajriba asosida inson va oila hayotining barcha so halarini 
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir tizimini shakllantirishga erishdi. Aytish 
mumkinki, musta-qillik yillarida narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadr-sizlanish darajasi 
keskin ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini 
muntazam oshi-rish ijtimoiy qimoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng ustun yo‘nalishlardan 
biri bo‘lib keldi va hozirgi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalish aholining barcha 
tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlarning lastlabki davrida keng miqyosda 
qo‘llanildi. Boshqa mamlakatlardan farq-li o‘laroq, O‘zbekistonda daromadlar nisbatini 
o‘zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamgarma banklaridagi aholi omonatlari 
stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o‘zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‘rib 
chiqish yo‘li bilan amalga oshirildi. 1995 yilda Respublika davlat budjetining 29,3 foizi 
ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga ajratildi. 
1992-1998 yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqsori bir necha bor 
oshirildi. Masalan: eng kam ish haqi 1995 yilda 1994 yilga nisbatan 2,5 marta ortdi, 1996 
yilning 1-yarmida esa 1995 yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko‘paydi. Nafaqaxo‘rlarning 
ijtimoiy ahvolini e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqsori ish haqining eng kam 
miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamoyillariga 
to‘la mos kelar edi. Masalan, 1998 yil, 1 iyuldan ish haqining eng oz miqsori 1100 so‘m 
bo‘lgani holda, qarilik pensiyasining eng kam miqdori 2100 so‘mni tashkil etadi, nogironlik 
pensiyasi esa bundan ham ortiqsir. 
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, istiklol yillarida eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar 
odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan boglab olib borildi, bu esa 
aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minla-di va turmush darajasining keskin 
pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning oylik o‘rtacha ish haqi 
birgina 1996 yil dekabriga kelib, 1995 yil dekabriga nisbatan 2,6 barobarga o‘sdi. 
Daromadlar mikdorini o‘zgartirish orqali aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari 
tizimida 1993 yilda joriy etilgan yangi Yagona tarif setkasi ham axrli ijtimoiy qimoyasida katta 


155 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu chora barcha toifadagi xodimlarning ish haqi miqdorlarini tarif 
koeffitsiyentlari orqali eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro boglash imkonini berdi. 
Natijada ish haqini oshirish yo‘li bilan aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari o‘z-
o‘zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda 
oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari is-te’molini muayyan darajada sakdab turish 
chora-tadbirlari ko‘rilganligi ham aholini ijtimoiy jihatdan qimoyalashning ikkinchi eng muhim 
yo‘nalishi bo‘ldi. 
Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan bir 
muncha mo‘tadil siyosat o‘tkazilganligi iste’mol bozorini himoyalash zaruratini keltirib 
chiqardi. Bu O‘zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda niqoyatda muhim edi. Aksariyat 
rsspublika ehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan un, o‘simlik moyi, qand-shakar va boshqa 
taqchil mahsulotlar respublika tashqarisiga olib chi-qib ketilishi hollari yuz berdi. 
Iste’mol bozori barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarish 
yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muqim masala sifatida qaraldi, maqsulotlarni 
tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qatiy nazorat qilish va yuqori boj to‘lovlari 
joriy etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Dastlab. murakkab bir paytda iste’-mol mollarini sotib 
olish uchun bir marta, so‘ngra esa ko‘p marta ishlatiladigan kuponlarni muomalaga kiritish
kunda-lik zarur tovarlarning cheklangan turlarini meyorlangan tarzda sotishni tashkil etish 
ko‘zda tutilgan edi. Bu tizim o‘zini to‘la oqladi. U bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina 
qolmay, savdo tarmog‘iga barcha zarur oziq-ovqat maxsulotlarini va kunda-lik xarid mollarini 
muntazam ravishda chiqarib turishni ta’-minlash, ularni iste’mol qilish hajmlarini 
kamaytirmaslik imkonini berdi. 
O‘tish davri qanchalik murakkab bo‘lmasin, bu tizim res-publikaning barcha aholisiga 
qayotiy muhim mahsulotlarni is-te’mol qilish va xizmatlardan baxramand bo‘lish sohasida 
ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta’minlab berdi. 
1992-1996 yillarda non va go‘sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o‘simlik moyi, kir sovun, 
bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transnort xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman 
sautab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turli-cha bo‘lgan oilalar bulardan bir qadar 
foydalanish imkoniya-tiga ega bo‘ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning 
ko‘pgina mamlakatlarida aholining asosiy qis-mi yoppasiga qashshoqdashgan bir paytda 
O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy axamiyatga ega bo‘ldi. Odamlarning 
islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi. 
Ayni vaqtda respublikada iste’molchilarning manfaatla-rini himoya qilishning mutlaqo 
yangi tizimiga o‘tishga tayyor-garlik ishlari olib borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki 
narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga 
muvofiq ravishda oshi-rishni ko‘zda tutadi. Bunday islohot sharoitida ijtimoiy himoyaning 
yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqo-zo etadi. Jumladan, milliy valyutani 
muomalaga kiritish, uning ichki almashuvini ta’minlash sohasida amalga oshiril-gan 
tashkshshy va iqtisodiy chora-tadbirlarning ko‘rilishi ay-niqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Mamlakatda ichki bozorni, xalqimiz manfaatlarini faqat baquvvat milliy valyutagina 
himoya qilishi mumkin, degan qat-iy xulosaga kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, 


156 
asosan, o‘zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng eksport faoliyati 
hisobiga to‘plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak edi. 
Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bos-qichining oxirlariga kelib (1995 yil), 
oziq-ovqat mahsulotla-rini meyorlangan tarzda sotishdan butunlay voz kechish va er-kin 
narxlarga o‘tish imkoniyati tugildi. 
Meyorlash tizimiga barham berish tadbirlari aholi ta’-minotini yomonlashtirmasdan, 
unchalik qiyinchiliklarga yo‘l quymasdan o‘tkazildi. Erkin narxlarga esa «esankirashlarsiz» 
o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. Buni O’zbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining 
muhim natijasi deb baho-lash mumkin. 
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta’minlangan qismini qo‘llab-
quvatlash borasida ko‘ril-gan chora-tadbirlar, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim 
yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. 
«Biz, - degan edi I.Karimov, - aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari - pensionerlar, 
nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oidalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar, shuningdek qayd 
etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish davlatning muqaddas burchidir, 
degan qoidaga asos-lanib ish tutdik». 
Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi mak-tablarning muallimlari, bolalar uylari, 
maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv 
yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy 
himoya-lash va ularning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida ularga qo‘shimcha moddiy 
ne’matlar - kvartira xaqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-
joy qurib olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratila-digan bo‘ldi. 
Masalan, shu kungacha 120403 o‘qituvchining davlat va tash-kilotlar tomonidan berilgan 
uylari bepul xususiylashtiril-di, 35841 kishiga shaxsiy qurilish uchun yer uchastkasi berildi, 
489256 o‘qituvchi imtiyozli kommunal xizmatdan foydalanayo tirlar, 83353 o‘qituvchi shahar 
transportidan bepul foydalana-yotir. Ayni chog‘da yolg‘iz pensionerlarni turar-joy va kommu-
nal xizmatlar uchun xaq to‘lashdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ular dori-
darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida te-kin 
yurish huquqidan foydalanadigan bo‘ldilar. Ularga madad berish uchun respublikada maxsus 
ijtimoiy yordam bo‘limlari tuzildi. Bu bo‘limlar yolg‘iz pensionerlar va nogironlarning uyida 
ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni uyushtirmoqsa. 
Hozirgi vaqtda respublikada 27 mingdan ko‘proq yolg‘iz qariya bor. Ulardan 24 ming 
nafardan ko‘prog‘i o‘zgalar parvarishiga muhtoj... Shu toifadagi kishilarga ijtimoiy xizmat 
ko‘rsata-digan xodimlar biriktirilgan bo‘lib, ulardan 3 mingdan or-tig‘i yolg‘izlarga ijtimoiy-
maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsat-moqdalar3. 
Nogironlar va qariyalarni sog‘lomlashtirish ularning sa-natoriya va kurortlarda dam 
olishlarini tashkil etish borasi-da ham ma’lum ishlar amalga oshirildi. Masalan, keyingi ikki yil 
ichida shu toifadagi 35 ming kishi dam olish uyda-rida va sanatoriyalarda davolanib qaytdilar. 
Yana shuni aytish o‘rinliki, mustaqillik yillarida o‘quv-chi yoshlarni ijtimoiy 
himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajralgan xrlda o‘qib, bilim olish uchun zarur sharoit 
yaratish-ga xam doimo e’tibor berildi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari-ning, texnikumlar va 
hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchila-rining, aspirantlarning stipendiyalari keyingi 5 yil mo-


157 
baynida bir necha marta oshirildi. Bundan tashqari yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa 
shakllari ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxona-lari va 
tamaddi xonalari qo‘shimcha xarajatlarining bir qis-mini budjet mablag‘lari hisobidan qoplash, 
jamoat transpor-tida arzon haq to‘lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an’analarni 
nazarda tutib, birinchi bor nikoxdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam 
mahsulotlari so-tib olishning imtiyozli tartibi belgilandi. 
Biroq ayrim joylarda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar chetda qolib, muhtoj 
bo‘lmagan oilalar ham moddiy yordam ola boshladi. Shunday sharoitda ijtimoiy siyosatni 
amal-ga oshirishda, yangicha yo‘l tutish zarur bo‘lib qoldi. Shu muno-sabat bilan ommaviy-
ijtimoiy himoyalash tartibidan ishonch-li ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvat-
lash tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq deb topildi. Bunday yangi tartib avvalo adolat 
tamoyiliga rioya qilishni talab qilardi. Bu qoidaning mohiyati shundan iboratki, davlat to-
monidan qo‘llab-quvvatlanishiga haqiqatan ham muhtoj bo‘lgan kishilarni aniqpash, ularga 
yordam uyushtirish lozim edi. Buni aniqlash albatta adolat bilan ish tutishni taqozo qiladi. Bu 
borada hokimlar, mahalla qo‘mitalarining mas’uliyati oshi- rildi. Ular aholining moddiy 
yordamga muhtoj qismini aniq-lashda bunday yerdamni uyushtirishning qushimcha chora-
tadbir-larini joriy etishga qaqli buldilar. Chunki vazifa g‘oyat mu-rakkab va mas’uliyatli edi. 
«Biz ijgimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish ti-zimidan qatiyan voz kechib, 
Sharkda iyecha ming yillar davo-mida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush 
tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq keladigan o‘z yo‘li-mizni tanlab oldik» - - deb 
yozgan edi I.Karimov o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘li-da» 
kitobida. 
Shunga binoan 1994 yilga kelib O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan 
o‘zgartirildi, Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantiril-di. Bu 
tizimning mohiyati shundan iboratki. mamlakatimiz-ning kelajagi hisoblanmish bolalar va kam 
daromadli oila-lar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar bo‘lib qoldi. Endi 
hamma nafaqalar va moddiy yordam faqat oila orqali yetkazib beriladigan bo‘ldi. Oila asosiy 
mavqega ega bo‘ldi. Bunday yondoshuv umuminsoniy qadriyatlarga, milliy an’-analarga va 
ruhiyatga mos keladi, fuqarolar jamiyatining ij-timoiy tashkiloti tizimida oila egallaydigan 
o‘rniga muvo-fiq keladi. 
Ijtimoiy ko‘maklashuvning yangi tizimida farzand tugil-ganda, bir yo‘la beriladigan 
to‘lovlar saqiab qolinishi bilan birga nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi turi x,am amalga 
oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, birinchidan, bola boquvchi ona-larga to‘lanayotgan nafaqaning 
mikdori ko‘paytirilibgina qol-may, uning muddati ham uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir 
yarim yilgacha to‘langan bo‘lsa, endi bu muddat ikki yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar 
ham, ishlamaydigan onalar ham, bu nafaqadan foydalanadigan bo‘ldilar, masalan 1995 yil ij-
timoiy himoyaga ajratilgan mablagning 3 foizi onalarga ikki yeshtacha farzandlarini parvarish 
kilish uchun ajratildi. Bosh-qa davlatlardan farkli o‘laroq Uzbekistonda bu nafaqa ish haqining 
eng oz miqdoriga bog‘liq qilib qo‘yildi. Bu avval boshdanoq pulning qadrsizlanishi oshganda 
nafaqalarning ana shu turining indeksatsiyalanishini ta’minlaydi. Bolalarga be-riladigan 
yigirmadan ziyod turli nafaqalar o‘rniga 1994 yil-ning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar 
uchun yagona nafaqa joriy etildi. Masalan, 1995 yilda ijtimoiy qimoyaga ajratilgai mablagning 


158 
51 foizi oilalarga ularning farzand-lariga ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajra-
tildi. 
1996 yil 1 apreldan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oila-lar uchun nafaqalar ota-
onasining va umuman oilaning daro-madlari mikdoridan qat’i nazar, barcha oilalarga to‘lana 
bosh-ladi. Boshqacha aytganda, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar turli dast- labki omillar va 
sabablardan qat’iy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat yordami beriladigan obyektga aylanib 
bormoqda. 
Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qili-nadigan sarf-xarajatlarning bir 
qismini oilalarga kompen-satsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalarning mas’-uliyati 
kuchaytirildi. Beshta va undan ko‘proq bolali oila uchun nafaqaning eng ko‘p miqdori avvaliga 
eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996 yilga kelib eng kam ish haqining to‘la stavkasi 
darajasida belgilab qo‘yildi. 
1994 yil 24 avgustda Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni 
kuchaytirishga oid tad-birlar to‘grisida»gi Farmoni qabul qilindi. 
Shu Farmonga ko‘ra 1994 yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam 
bera boshladi, mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Respublikada kam da-
romadli oilalarga nafaqa tayin etilishi aslida misli ko‘ril-magan ish, zamonaviy ijtimoiy himoya 
tizimini vujudga kel-tirish edi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla yig‘inlarida 
amalga oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, 1995 yilda 500 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga 
mahalla komitetlari orqali jami 6 mlrd. so‘m moddiy yordam berildi. 
1996 yil 10 dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishini kuchaytirish, aholini 
ijtimoiy himoya qilish bo-rasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqarolarningo‘zi-ni-
o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshi-rish maqsadida «Bolali oilalarni 
davlattomonidan qo‘llab-quv-vatlashni yanada kuchaytirish to‘grisida» yana bir muhim 
Farmon qabul qilindi. Unda 1997 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish 
yiginlari orqali yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab eng oz ish haqining 
50 foi-zidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. Bu borada ijtimoiy adolat 
tamoyillariga og‘ishmay rioya etish, keng oshkorachik va ochiklikni ta’minlash, ajratilgan 
mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishga erishish lozimligi qayd qilindi. 1997 yilda 
16 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor oilalarga nafaqa to‘lash uchun 9,6 milliard so‘m sarflandi. 
Axolining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat to-monidan moddiy ta’minlash doimiy 
ravishda takomillashti-rib bormokda. 1997 yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1 sinf 
o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi kam ta’minlangan 
oilalarning boshlangich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish 
yo‘lga qo‘yildi. 
Hukumat tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oila-lar uchun belgilangan ayrim imtiyoz, 
kafolat va qo‘shimchalar-ning ro‘yxati: 
oilalarga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 minimal ish xaqi miqdorida yordam puli 
to‘lash. Ushbu to‘lovlar hajmi uzluksiz oshmoqda, 1998 yilda 521 ming nafar ayolga 10,4 
mlrd. so‘m miqdorida nafaqa to‘landi; 
homiladorlik va farzand ko‘rish davrida ayollarga ishjoyidan 125 kalendar kuni uchun 
o‘rtacha ish haqi mikdorida yordam puli berish; 


159 
bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlarga beriladigan yordam puli; 
kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartiradan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50 % 
miqdorida haq to‘lash (nogironlar oilasi uchun); 
qishloq joylarida yashayotganlarni kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqlaridan 
to‘la ozod etish va shaqarlarda istiqomat qiluvchilarga (maktab o‘qituvchilari, bog‘cha 
tarbiyachilari va o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari 
o‘qituvchilari) 50 % miqdorida imtiyoz berish; 
kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqi to‘lashdan to‘liq ozod etish (1-darajali 
«Soglom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlanganlar oilasi, yolkiz pensionerlar); 
elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50 % chegirma berish (oyiga 110 kv.s.) 
(nogironlar oilasi); 
yer solig‘i to‘lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo‘lgan 5 va undan ortiq ko‘p bolali oilalar, 
nogironlar oilalari); 
olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan minimal daromadning 4 karrasi 
mikdorida (16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandli yolg‘iz onalar); 16 yoshgacha 
bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz ota, bevalar va boquvchisini yo‘qotganligi 
uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlarining 30 % dan; yoshligidan nogiron bo‘lib 
qolgan bolalarni tarbiya qilayotgan ota yoki onadan birortasi daromad solig‘ining 30 % ni 
to‘lashdan ozod etiladi. 
Serfarzand va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi o‘ziga xosligi bilan 
ajralib turadi. 
Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oila-larga moddiy yordam to‘lovlarini 
moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va mahalliy budjet vositalaridir. Kam 
ta’minlangan oilalarga 1998 yilda tulangan nafaqalarning umumiy miqdori 3 mlrd. so‘mni 
tashkil qildi, 16 yoshgacha bo‘lgan farzandli oilalarga to‘langan nafaqalar - 15,6 mlrd. so‘mni 
tashkil qildi. 
1998 yilda 36 % bolali oilalar nafaqa olishdi. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 
1483 so‘mga to‘gri keladi yoki (1996 yilga nisbatan) besh barobar o‘sdi. 1998 yilda mahal-liy 
o‘z-o‘zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming yeki umumiy oilalarning 11,8 
foiziga kam ta’minlangan uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan moddiy yordam miq-
dori har oilaga xisoblaganda har oyda 1730 so‘mdan ortiq tash-kil etadi. 
Bu borada yana shuni aytish kerakki, davlatimiz mustah-kamlana borgan sari uning 
xalqparvarlik siyosati yanada ku-chayib bordi, 1995 yil, 20 dekabrda qabul qilgan «Aholining 
omonatlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida»gi 
Farmoni ana shunday inson-parvar siyosatning yorqin dalili bo‘ldi. Farmonga binoan 1992 
yilning yanvariga qadar jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan milli-onlab fuqarolarning mablag‘lari 
yana qadrlandi. Farmon aso-sida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur 
Farmon va qaror vatanimizda yashayotgan bironta keksayu yoshni befarq qoldirmadi. 5 
milliondan ortiq omonatchilar, o‘z pul-larini qaytarib oladigan bo‘ldi. 
Shuni alohida aytish kerakki, mustaqillikning birinchi kunidan boshlab, hukumatimiz 
ijtimoiy hayotni yaxshilashga qaratilgan har bir chora tadbirni o‘z vaqtida amalga oshirib: xalq 
oldida bergan va’dasini qat’iy ravishda bajarib keldi. 


160 
Indeksaiiyalangan pul mablag‘larining 1996 yil 1 iyuldan fuqarolarga qaytarila boshlagani 
ham ushbu insonparvar siyo-satning yorqin namunasidir. 
1994 yilga kelib aholining real pul daromadi mamlakat bo‘yicha 1989 yilga nisbatan qariyb 
2 barobar pasayib ketdi. 
1997-99 yillarda davlatning daromad siyosati mamlakat umumiy iqtisodiy rivojlanishi 
darajasini hisobga olgan xrlda aholi daromadini ko‘paytirish, inflyatsiya darajasini tushirish, 
qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlikning barcha turlarini, o‘rta va 
kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling