Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


«Iveko»ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi va «Kochxolding» kompaniyasi a’zosi —  «Otayo‘l»


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

«Iveko»ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi va «Kochxolding» kompaniyasi a’zosi — 
«Otayo‘l» zavodida O‘zbekiston sharoitiga moslab takomillashtirildi. 
1999 yil mart oyida «SamKochavto» qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. O‘sha yili 
foydalanishga qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili, 2000 yilda esa 483 
avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Respublika aholisi uchun «Otayo‘l»
ruso’mli avtobuslar asosiy transport vositasiga aylandi. 
2001 yilda O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatida band bo‘lgan ishchi va xizmatchilar soni 
14 mingtaga yetdi. Eng muhimi, o‘zbek avtomobilsozlarining butun bir avlodi shakllandi. 
1991 yil maydan Toshkent, Farg‘ona, Buxoro to‘qimachilik kombinatlari, Andijon va 
Nukus ip – gazlama kombinatlari, ular tasarrufidagi kichik va o‘rta korxonalarni birlashtirgan 
«O‘zbekengilsanoat» davlat uyushmasi tashkil etildi. BU uyushma, bir tomondan, mavjud 
korxonalarni aksiyadorlir jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni ta’mirlash, yangi texnik 
jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish tadbirlarini amalga 
oshirdi. Masalan: «Buxoroteks» aksiyadorlik jamiyati 1994 yilda o‘z mablag‘lari hisobidan 
Shveysariyaning «Riter» firmasidan 2592 ta yigiruv g‘altagi quvvatiga ega bo‘lgan uskunalar 
sotib oldi. 1996 yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln. shved frankiga ikkinchi yigiruv 
majmuyi sotib olib korxonani jihozladi. Natijada 1997 yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab 
chiqarishga erishdi. 
Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xom-ashyolarni, birinchi 
navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar 
barpo etish har tomonlama qo‘llab – quvvatlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yil aprel oyida «Mahalliy va yengil 
sanoatni davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorga 
muvofiq tarmoq bo‘yicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish 
jarayonida 152 mlrd so‘m, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida chet el sarmoyalari 
o‘zlashtirildi. Natijada 1996 – 2001 yillarda Janubiy Koreya ishtirokida «Kobul – Uzbek Ko» 
qo‘shma korxonasiga birlashgan To‘ytepa va Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesida 2 ta yirik 
qo‘shma korxona, «Kobul – Farg’ona Ko» qo‘shma korxonalari qurilib ishga tushirildi. 
Turkiya to‘qimachilik kompaniyalari ishtirokida Nukus shahrida «Kateks» to‘qimachilik 
majmuasi, Namangan viloyatida «Asnamtekstil»«Tap – fen», «Kosonsoy-Tekmen»«Atlas 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling