Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


«O‘zbekinvest Interneyshnl»


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

«O‘zbekinvest Interneyshnl» qo‘shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Chet el investitsiyasini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, 
davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning 
investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Respublikamizda 
yaratilgan qulay vaziyat va rag‘batlantirish tadbirlari natijasida iqtisodiyotga kiritilayotgan 
xorijiy investitsiya salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda. O‘zbekistonga eng ko‘p sarmoya 
kiritayotgan mamlakatlar qatoriga Rossiya, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya va 
boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. 
Dastlab chet el investitsiyalari davlatga qarashli yoki davlat ishtirokidagi og‘ir sanoat 
korxonalariga jalb qilindi. Iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichlarida chet el investitsiyalari 
kichik va o‘rta biznesga, xususiy sektorga keng jalb etildi. Chet el investitsiyalari ishtirokida 
barpo etilgan va faoliyat yuritayotgan qo‘shma korxonalar soni 2002 yil boshlarida 2087 taga 
yetdi. Ularning ish va xizmat hajmi 2002 yilda 1044 mlrd so‘mni tashkil etdi. 
Islohot yillarida kiritilgan investitsiyalar respublikaning energetika, metallurgiya, 
mashinasozlik, qurilish materiallari va boshqa sanoat tarmoqlarining tanglikdan chiqib o‘zini 


145 
o‘nglab olishiga, xalq xo‘jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarish suratlarini izchil 
o‘sishiga ko‘maklashdi. 
Mustaqillikning davtlabki yillaridan boshlab iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlarini 
rivojlantirish bilan bir qatarda mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishga alohida e’tibor 
qaratildi. O‘zbekiston hududida 2 trillion kubometrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft 
koni mavjud. Biroq mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qaram bo‘lgan. 
Xususan, XX asrning 90 – yillari boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari 
keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun 
berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi.
O‘zbekistonning neft mustaqilligini ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida ilgari surildi. 
Respublikada tarqoq holda faoliyat yuritayotgan neft hamda gazni qazib chiqarish va qayta 
ishlash korxonalari 1992 yilda tashkil etilgan «O‘zbekneftgaz» konserniga birlashtirildi. 1998 
yilda esa u «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur kompaniya 
rivojlangan davlatlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatib, 1995 – 2000 yillarda tarmoqqa 
1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorij sarmoyasini jalb etdi. Natijada respublikamizning 
Ustyurt, Buxoro – Xiva, janubi – g‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalarida gaz, neft 
va gaz kondensati qazib oluvchi 92 ta korxona kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan 
jihozlandi. 
Yaponiyaning «Mitsuiy» firmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 
jahon andozalari darajasida ta’mirlandi. Mazkur korxonaning dizel yoqilg‘isi uskunasini 
zamonaviy qismlar bilan jihozlashga 178 mln. AQSH dollari sarflandi. Bu korxonada 50 dan 
ortiq turdagi yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Neft mustaqilligiga erishishda 
AQShning «Dresser» va «M.Y.KoIIogg» hamda Yaponiyaning «Nisho Ivali» kompaniyalari 
ishtirokida 1997 yilda barpo etilgan, yiliga 2,5 mlrd. kubometr gaz haydash quvvatiga ega 
bo‘lgan Ko‘k – dumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro viloyatidagi Qorovul – bozor shahrida 
barpo etilgan neftni qayta ishlash zavodining o‘rni katta bo‘ldi. Buxoro neftni qayta ishlash 
zavodini bunyod etishda Fransiyaning «Texnip» kompaniyasi hamda «Kredi Kommersial de 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling