Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


«Hunarmand» assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

«Hunarmand» assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi ham ko‘maklashmoqda. 
Kichik biznesni rivojlantirishga chet ellik investorlarning va dunyodagi nufuzli banklarning, 
jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot 
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining kredit 
resurslari jalb etilmoqda. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko‘maklashish 
maqsadida nemis texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab – 
quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi esa amaliy aloqalar markazini 
ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk 
Britaniya 
investitsiya 
fondi 
o‘zbekistonlik 
tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan 
ko‘maklashdilar.
1998 yil 9 apreldaO‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning
«Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora – 
tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. 2001 yil 22 avgustda esa O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va 
hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika 
muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Kichik va o‘rta biznes subyektlariga Respublika 
tovar – xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, «O‘zulgurjisavdo» orqali moddiy – texnika 
resurslari sotildi.
Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo‘jalik 
subyektlarida «Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftari» joriy etildi. Kichik biznes 
subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi, ular o‘zi ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlarni naqd xorijiy valyutaga eksport qilishga ruxsat berildi.
Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab – quvvatlash 
borasida ko‘rilgan tadbirlar natijasida ularning soni yildan yilga ko‘payib bordi.
2010 yil 7 dekabr O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimda 2011 yilni – mamlakatimizda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb 
nomlashni taklif qildi.
Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonga sobiq tuzumdan barbod bo‘lgan 
iqtisodiy va moliyaviy tizim, izdan chiqqan iqtisodiy boshqaruv mexanizmi va iqtisodiy 
munosabatlar meros bo‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoqning boshqa 
mintaqalaridagi korxonalar bilan bog‘langan bo‘lib, Ittifoq parchalangach, ular o‘rtasidagi 
aloqalar uzildi. Mustaqil Respublikalardagi islohotlar jarayonida korxonalar xususiylashtirildi, 


143 
mulk egaligi, mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlari o‘zgardi. Natijada korxonalarning bir – 
biriga xomashyo, asbob – uskunalar yetkazib berish jarayoni to‘xtab qoldi. Bu barcha 
respublikalar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonning sanoat korxonalarida xomashyo va asbob – uskunalar taqchilligi vujudga 
kelib, xo‘jalik yuritish murakkablashib qoldi. Masalan, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik 
mashinasozligi zavodlari, to‘qimachilik va kimyo sanoati korxonalari, Toshkent aviatsiya ishlab 
chiqarish birlashmasi va boshqa korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin pasaydi. 
O‘zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarini oldini olish, inqirozga yo‘l qo‘ymaslik, 
makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turdi. Shuning uchun iqtisodiy 
sohada O‘zbekistonning iqtisodiy strategiyasi asosan eng muhim uch vazifani hal etishga 
yo‘naltirildi: 
1. Ishlab chikdrishning pasayishini to‘xtatish; 
2. Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; 
3. Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart – sharoit yaratish. 
O‘zbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992 yildayoq Prezident Islom Karimov 
O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar barqarorlik vaziyatida o‘tishi kerakligini alohida 
ta’kidlagan edi. 
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O‘zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar 
qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur 
investitsiyalar ajratish yo‘llaridan bordi.
O‘zbekistonda islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarida 
chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish chora – tadbirlari ko‘rila bordi: 
 o‘zak tarmoqlarni — neft va gaz sanoatini, energetikani, oltin qazib olish, rangli 
metallurgiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, yangilash; 
 transport va aloqa tizimini, muhandislik kommunikatsiyalarini va ishlab chiqarish 
infratuzilma tizimini yangilash; 
 qora metall va metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Bekobod metallurgiya kombinatini 
tubdan ta’mirlash; 
 qishloq xo‘jalik mashinasozligini, paxtachilik uchun chigit ekish, g‘o‘zaga ishlov berish 
va paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tarkiban qayta qurish va yangilash;
 samolyotsozlik, radioelektronika, elektrotexnika sohasini rivojlantirish; 
 O‘zbekiston uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatini barpo etish; 
 kimyo sanoati kompleksini qayta qurish; 
 qishloq xo‘jaligida va umuman agrosanoat kompleksida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va 
progressiv siljishlarga erishish; 
 paxta, pilla, meva va sabzavot, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlarni yangi texnika bilan 
qayta qurollantirish, ip yigirish va to‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
yangi korxonalar qurish va boshqalar. 
Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, yangi korxonalar barpo etish katta mablag‘larni talab 
qilishi tabiiydir. Shu boisdan islohot yillarida iqtisodiyotga mablag‘ – sarmoya jalb qilishning 
turli manbalari ishga solindi. Ular quyidagilardan iborat: 
 davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; 


144 
 respublika banklaridan olinadigan kreditlar; 
 korxonalarning o‘z sarmoyalari;
 aholi sarmoyalari;
 qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari;
 xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya–kredit resurslari; 
 chet el firmalari va kompaniyalarining kiritayotgan bevosita investitsiyalari. 
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish uchun barcha 
mablag‘lar hisobiga sarmoya solish yildan-yilga o‘sib bordi.O‘zbekistonda xorijiy va mahalliy 
sarmoyadorlar uchun qulay, imtiyozli investitsiya muhiti yaratildi. Natijada mustaqil taraqqiyot 
yillarida iqtisodiyotga 100 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb qilindi. Buning 25 mlrd 
dollaridan ziyodini xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘lari tashkil etadi. Bu mablag‘lar yuksak 
texnologiyalar bilan ishlaydigan yangi korxonalar qurishga, ishlab chiqarish tarmoqlarini 
zamonaviy texnologiyalar va asbob – uskunalar bilan jihozlashga, sotsial sohalarni 
rivojlantirishga sarflandi. 
Xalq xo‘jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari 
ko‘rildi. 1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari 
to‘g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida»gi 
Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar chet ellik investorlarning respublikamizda yaratiladigan 
mulklarining daxlsizligi va erkin faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustahkamlab berdi. Chet 
ellik tadbirkorlarga O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar barpo etish, o‘z kompaniya va 
firmalarining bo‘linmalari, sho‘balarini ochish imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona 
to‘lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy 
investitsiyalar departamenti, 1995 yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan xorijiy 
sarmoyalar bo‘yicha agentlik respublika tadbirkorlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qo‘shma 
korxonalar barpo etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga 
ko‘maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf – xatarlardan sug‘urtalash bo‘yicha 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling