Sopollitepa – O’zbekiston janubidagi bronza asri dehqonlari manzilgohidir (mil.av. II mingyillikda).
so’nggi paleolit - bu davr miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.
temir davri - miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlaridan boshlanadi.
urug’chilik – o’zaro qon-qarindosh bo’lgan kishilardan iborat dastlabki odamlar uyushmasi.
sivilizasiya - (lotincha «sivilis»-fuqaroviy, ijtimoiy, ya’ni harbiylar va dindorlar hukmronligisiz) —
jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarining hamda ularni
yanada ko’paytirib takomillashtirib borish usullarining majmui.
eneolit (mis-tosh davri) - miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar bilan chegaralanadi.
eng qadimgi urug’chilik tizimi - insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan,
hamma odamlar hamkorlikda mehnat qilgan bir davridir.
etnografiya – xalqlarning kelib chiqishini, xo’jaligini, turmush tarzini, madaniyatini o’rganadigan fan.
o’rta paleolit - bu davr miloddan avvalgi 100 - 40 ming yilliklarni o’z ichiga olib mustye davri deb
ataladi.
ark – shaharning devor bilan o’ralgan mustahkam qismi; ichki qal’a. Unda podsho va uning oilasi,
shuningdek, davlat muassasalari joylashgan.
Afrosiyob – hozirgi Samarqandning sharqiy qismida joylashgan shahar.
Baqtriya – Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati.
vaysa – “uy quli”. O’rta Osiyoda qadimgi qulchilik shakllaridan biri, ular dehqonchilik, uy chorvachiligi
va boshqa ishlab chiqarish vazifalarini bajarganlar.
varzana – “vis”lar birikuvidan vujudga kelgan yirik qo’shni jamoa
vis – “nmana”lar birikuvidan hosil bo’lgan urug’ jamoasi
daxyu – qabilalar ittifoqi
Dovon - Farg’ona vodiysining qadimgi nomlaridan biri
Yerqo’rg’on – hozirgi Qashqadaryo viloyati hududidagi qadimgi shahar.
Do'stlaringiz bilan baham: |