Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-3-4 mavzu. O`zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. Reja
Savol va topshiriqlar 1. O`zbekistonning eng yangi tarixioʼquv fanining predmeti, maqsadva vazifalarinimalardan iborat? 2. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni haqida so`zlab bering? 3. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlaridan misollar keltiring? 4. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalarhaqida ma`lumot bering. . 2-3-4 mavzu. O`zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. Reja: 1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi. 2. Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari. O‘zbek davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari. 3. Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya. Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji. IX- XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar. 4. Amir Temur – buyuk davlat arbobi va sarkarda. O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabab va oqibatlari. 5. XVI-XIX asrlar birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. 6. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi. Milliy ozodlik harakatlari. Mustamlaka boshqaruv tartiboti va uning mohiyati. Sovet hukmronligi davrida O‘zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari. 16 7. Sovetlarning qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati va uning mohiyati. 8. Mamlakatimiz erki va ozodligi uchun kurashganlar: Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi. Jadid ma’rifatparvarlari. Tayanch so‘z va iboralar:Markaziy Osiyo, davlatchilik, O‘zbek davlatchiligi, Turkiston, Rossiya imperiyasi, qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati, jadid ma’rifatparvarlari. Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib, insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘chog‘laridan biri hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida bir umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan. Chunonchi, Markaziy Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar va elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir- biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, qadimgi davrlar haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston tarixi” atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir. Ma’lumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatikaga oid ko‘plab kashfiyotlar qilindi hamda tariximizni xolisona yoritish uchun xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ushbu ma’lumotlar va ashyolar o‘lka tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib, ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘lanadi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilazitson yondoshuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar e’tibor qaratgan bo‘lishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari to‘la yechimini topmagan. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Chunki, o‘rganilayogan tarixni avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‘lib, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtai nazaridan ma’ruzalar belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‘rinmasin, ushbu jihat ham murakkab masala hisoblanagan tarixni to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng 17 muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix fanidan ta’lim berishdir. Davlat, davlatchilik o‘z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o‘rnatish va unisaqlashga mo‘ljallangan dargoh, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning ma'lum huquqlarga ega bo‘lgan vakillar mavjud. Davlat jamiyatga tashqaridan, zo‘rlab kiritilgan emas, balki ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va taraqqiy etishi natijasida jamiyatnig o‘zida vujudga kelgan. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Bir faylasuf «davlatni barpo qilishdan maqsad odamlarga jannat yaratish emas, balki jamiyatda do‘zax bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir», degan ekan. Alloma xaqdir. Chunki, jamiyatda barqarorlik bo‘lsa, odamlar farovon hayotni o‘z mehnatlari bilan yaratadilar. Davlatlar kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi yoki ikkilamchi davlatlarga bo‘linadi. Birlamchi davlatlar deb, o‘zga davlatlarning ta'sirisiz, mustaqil tarzda yuzaga kelgan davlatlarga aytiladi. Ikkilamchi davlatlar o‘zga davlatlarning ta'siri ostida yuzaga kelgan davlatlar hisoblanadi. O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni mil. avv. 2 ming yillikning o‘rtalarida boshlandi. Ilk davlatlar paydo bo‘lishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin: Kishilik jamiyatining ishlab chiqarish munosabatlarida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, buning natijasida ijtimoiy – iqtisodiy hayotdagi siljishlar va o‘zgarishlar. Ma'lumki, so‘nggi bronza davrida (mil. avv. 2 ming yillik) mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro‘y beradi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo‘lib, bu mahsulot ma'lum shaxslar qo‘lida to‘plana boshlaydi. Odamlar orasida mulkiy tengsizlik holatlari yuzaga kela boshladi. Jamiyat va davlatning bosh yacheykasi hisoblangan oilaning yuzaga kelishi. Ota urug‘i – patriarxat davridan (miloddan avvalgi 3 ming yillik) boshlab urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug‘ a'zolaridan tashkil topgan er – xotin – juft oilalar vujudga keladi. Buning natijasida mulkchilikda ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Katta patriarxal oilalar urug‘ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug‘ jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug‘ jamoasining umumiy xo‘jaligi oilalar jamoasiga bo‘linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo‘lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug‘ va qabilalar ichida ayrim to‘q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Mulkiy tabaqalanish kengayib bordi. «Avesto» ma'lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda jamiyatning asosini katta patriarxal oilasi tashkil etgan. Bu «nmana» deb atalgan. Shunday oilaning bir nechtasi urug‘ jamoasini — «vis»ni tashkil etgan. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi «varzana» deb atalgan. Bunday jamoalar birlashib qabilani — «zantu» ni tashkil etgan. Qabilalar o‘rtasida muntazam kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. O‘z hududlarini himoya qilish maqsadida bir necha yirik qabilalar muayyan hudud (viloyat) da birgalashib yashaganlar. Bu birlashma dahyo(yu) degan nom olgan. Bu viloyatlarni boshliq («qavi») boshqargan. Ushbu viloyatlar dastavval harbiy – siyosiy birlashma sifatida paydo bo‘lgan. Ular o‘zi yashagan hududni mudofaa qilgan. Sug‘orish ishlarini 18 uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila boshliqlari vaqti – vaqtida to‘planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan. Davlatlar paydo bo‘lishining navbatdagi omili – osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan «Sharq yo‘li» bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Ishlab chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. V ming yillikdan milodiy I asrgacha daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining “yevropacha yo‘li” yevropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi yunon polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo‘ldi. Milloddan avvalgi IV ming yillik eneolit davridayoq O‘rta Osiyoning janubida sug‘orma dehqonchilik vujudga keldi, anhorlar va ariqlar ochildi, unumdor yerdan keng foydalanib, turli o‘simliklar (arpa, bug‘doy, javdar) ekildi, mevachilik ham rivojlandi. Bronza davrida esa sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etdi. Sug‘orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun'iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar – Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligi bilan bir qatorda hunurmandchilik, o‘zaro ayirboshlash, savdo – sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Dastavval shuni aytish joizki, O‘rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o‘zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu o‘rinda o‘sha davrda shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo‘llarning ahamiyati beqiyos bo‘ldi. O‘rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo‘shni davlatlar bilan ham o‘zaro aloqalarni rivojlantirganlar. Bu o‘rinda shuni ta'kidlash joizki, qimmatbaho Badaxshon (Tojikiston) lojuvard toshlari mil avv. III ming yillikdayoq Mesopotamiya va Misr shaharlarida nihoyatda qadrlangan va bu hududlar bilan o‘zaro mol ayirboshlash munosabatlari o‘rnatilgan. Undan tashqari, Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, O‘rta Osiyo yodgorliklaridagi so‘nggi bronza va ilk temir davri topilmalaridagi juda ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan dalolat beradiki, bu jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling