Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


O‘rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

O‘rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga 
ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1 – davr. Miloddan avvalgi II ming yillikning II yarmi – O‘zbekiston janubida davlatchilik 
tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo‘ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo‘tonda topilgan.
2 – davr. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshi – Xorazm, Baqtriya, Sug‘d tarixiy – 
madaniy viloyatlarining shakllanishi. 
3 –davr. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Ahamoniylar bosqini va O‘rta Osiyoning 
Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi natijasidamahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.
4 – davr. Miloddan avvalgi IV – II asrning yarmi. Yunon – Makedon qo‘shinlari bosib 
olgandan boshlab, Yunon–Baqtriya podshohligining qulashigacha. Bir vaqtning o‘zida mahalliy 
davlatchilikning tiklana borishi. 


20 
5 – davr. Miloddan avvalgi II asrning yarmi va milodiy I asri boshi. Mahalliy davlatlar: 
Qang‘, Xorazm podshohligi, Sug‘d, Davan davlatlarining mustahkamlanishi va yanada 
rivojlanishi. 
6 – davr. Milodiy I asri boshidan III asr yarmigacha. Mahalliy davlatchilikning ravnaq 
topishi. O‘zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi. 
Salkam uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi davlatchiligining shakllanishi va 
rivojlanishining keyingi davrlari quyidagilardan iborat: 
1. 
Ilk o‘rta asr davlatchiligi tarixi (IV – VIII asr o‘rtalarigacha); 
2. 
Rivojlangan o‘rta asr davlatchiligi tarixi (IX – XIII asr boshlari); 
3. 
Amir Temur va temuriylar davlati (XIV asr ikkinchi yarmi – XVI asr boshlari); 
4. 
XVI – XIX asr birinchi yarmi davlatchiligi tarixi; 
5. 
O‘zbek davlatchiligi XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr mustamlakachiligi 
davrida; 
6. 
Mustaqil O‘zbekiston davlatchiligi bir necha ming yillik o‘zbek davlatchiligining 
davomi va vorisi sifatida. 
Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida paydo bo`lgan ilk 
davlat uyushmalari - bu "Katta Xorazm" va "Qadimgi Baqtriya" davlatlaridir. 
Ma‘lumki so`ngi bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro`y beradi. 
Dehqonchilik chorvachilikdan ajralib chiqadi hamda iqtisodiy hayotdagi siljishlar natijasida 
ortiqcha mahsulot paydo bo`lib,bu mahsulot ma‘lum shaxslar qo`lida to`plana boshlaydi. 
Qishloqlar kengayib shaharlarga borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat 
uyushmlarining ma‘muriy markaziga aylana boshlaydi. 
Markaziy Osiyo hududida tashkil topgan eng qadimgi davlatlar tarixini o`rganishda bizga 
arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar, yozma manbalar, masalan "Avesto", 
Beruniyning "Osorul-boqiya"..("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") kabi asarlar, ko`hna
Eroniy yozuvlar, yunon xitoy muarrixlarining yozib qoldirgan ma‘naviy meroslari yordam 
beradi. Manbalarning guvohlik berishicha o`tmish ajdodlarimiz miloddan avvalgi 1 ming yillik 
boshlarida temirni kashf etdilar. Natijada har qanday taraqqiyotning to`rt qism bo`lib kelgan 
mehnat qurollarining takomillashuvi uchun keng imkoniyat tug’ildi. Oqibatda inson faoliyati 
kengaydi va jadallashdi. O`tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, miloddan avvalgi 1-
ming yillikning birinchi yarmidayoq mintaqada tog’ jinslarini, xususan, temir, oltin, qalay, 
qo`rg’oshin va hokozolarni qayta ishlash, ulardan jang, mehnat qurollari yasash, kulolchilik
to`quvchilik, quruvchilik, zargarlik kabi sohalarda keng foydalanilgan bundan tashqari, 
miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda Xorazmda uzunligi bir necha o‘n kilometr, eni bir necha o‘n 
metrni tashkil etgan ulkan sun‘iy sug’orish kanallari mavjud bo`lganligi tarixdan ma‘lum. Bu 
hol sun‘iy sug’orish ishlarining ajdodlarimiz chiqishida hayotida katta o`rin tutganligini 
ko`rsatadi. Bunday katta hajmdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo`lgan ishlarni e‘tiborli 
va nufuzli kuchga ega bo`lgan davlat tuzilmasi mavjud bo`lgan taqdirdagina amalga oshirish 
mumkin edi. Demak, o`z-o`zidan xulosa chiqarish mumkinki, miloddan avvalgi birinchi ming 
yillikning birnchi yarmidayoq vatanimiz hududida dastlab davlat uyushmlari tashkil 
topganligiga shubha yo`q. 


21 
O‘zbekistonning miloddan avvalgi VII–VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat 
birlashmalari Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Bu davlatlar o‘ziga xos 
rivojlanish jarayonini bosib o‘tgan. Ayniqsa, bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror 
bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Katta Xorazm «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo‘lgan 
davlatlarning qadimgi sharq tipiga mansub edi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling