Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona) davlatlari


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona) davlatlari.


19 
Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‘rinishida paydo bo‘lgan. 
Bu jarayon sug‘orishga asoslangan barcha dehqonchilik hududlari – O‘rta va Yaqin Sharq, shu 
jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Dastlab, O‘rta Osiyodagi ilk davlatlar 
deyilganda, yaqin yillargacha miloddan avvalgi VII – VI asrlarda vujudga kelgan “Katta 
Xorazm” va “Qadimgi Baqtriya” podshohliklari tushunilib kelingan. Ular davlatchiligimiz 
rivojining ikkinchi bosqichiga tegishli davlatlardir. So‘nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar 
Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‘rinishida bo‘lib, ular miloddan 
avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bunga misol 
tariqasida shu davrda yuzaga kelgan Jarqo‘ton shaharsozlik madaniyatini aytish mumkin. 
Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz 
taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining 
shakllanishi, uzoq, bosqichma – bosqich davrlarni bosib o‘tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid 
O‘rta Osiyodagi Jarqo‘ton, Sopollitepa, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‘tepa 
kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar 
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi: 
 
aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi; 
 
hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi
 
qadimgi savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar 
hamda savdo – sotiqning taraqqiy etishi
 
tabiiy – geografik hamda harbiy – strategik shart – sharoitlar. 
Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O‘zbekistondagi ayrim ko‘hna 
shaharlarning yoshi 2700 – 3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Ko‘zaliqir 
(Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. 
Qadimgi shaharlar – tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi.
Davlat paydo bo‘lishida uning tabiiy – geografik hududi va joylashuvi ham muhim omil 
hisoblanadi. O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘i – alohida tarixiy – geografik va tarixiy – 
madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‘p ming yilliklar 
mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o‘rta 
asrlarda ham umumiy belgilar bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi 
davlatlardan o‘ziga xos belgilariga ko‘ra ajralib turgan. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling