Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 TARIX FAKULTETI 
O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI 
FANIDAN 
O`QUV-USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bilim sohasi:
100000 - Gumanitar soha 
 
 
Ta`lim sohasi:
120000- Gumanitar fanlar 
 
 
Ta`lim yo’nalishi: Barcha nomutaxassis yo’nalishlari uchun 
 
 
 
 
 
 
 
QARSHI – 2022 






 
MUNDARIJA: 
O`quv materiallari:
a) Ma`ruza matnlari 
b) Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari 
2. Mustaqil ta`lim mashg‘ulotlari 
3. Glossariy 
4. Ilovalar:
a) Fan dasturi 
b) Ishchi fan dasturi 
v) Tarqatma materiallar 
d) Testlar 
g) Baholash mezonlari
е) O`UMning elektron varianti
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
TARIX FAKULTETI 
 
O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI 
FANIDAN 
 
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
QARSHI-2022 



1-mavzu. Kirish. “Oʼzbekistonning eng yangi tarixi” oʼquv fanining predmeti, 
maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. 
 
Reja: 
1. “O`zbekistonning eng yangi tarixi” – O`zbekiston tarixining uzviy va ajralmas qismi. 
2. 
O`zbekistonning eng yangi tarixioʼquv fanining predmeti, maqsadva vazifalari.Fanni 
o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. 
3. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni 
voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.
4. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni 
tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
5. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual 
yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
 
Tayanch so‘z va iboralar: Sivilizatsiya, davrlashtirish, formatsiya, mustaqillik, tarixiy 
xotira, davlatchilik, globallashuv asri. 
 
O‘zbekiston tarixi umumjahon – insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. 
O‘zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida 
milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, erkin 
bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini 
o‘rgatadi. Shu bilan bir qatorda bu fan xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi 
ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma'naviy saboqlar majmuasidir.
O’zbekiston tarixini o`rganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda to`g’ri belgilash 
katta ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan O’zbekiston xalqlari, yer 
yuzining qator hududlaridagi xalqlar kabi O`z tarixida insoniy taraqqiyotida sodir bo`lgan 
barcha ijtimoiy-iqtisodiy bosqich (formatsiya)larni bosib o`tgan emas. Bundan chiqadigan 
xulosa shuki,biz o`z tariximizni shu ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida davrlashtirsak, 
tarixiy haqiqat soxtalashtirilgan bo`ladi. Shu sababdan biz O`z xalqimiz, Vatanimiz tarixini 
o`zbek davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bog’lab davrlashtiramiz va o`rganamiz.
Ma'lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, 
shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma – xil 
ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyoqarash va 
falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron 
o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘tmishda taqdir taqozosiga ko‘ra tariximiz, aniqrog‘i, 
Vatanimiz hududi jahon miqyosida kengayib va ma'lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu 
tariximizning o‘ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bo‘lganligidan dalolatdir. Shuni 
ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O‘zbekiston tarixining chegarasi va 
davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.
Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimovning «O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish» kerakligi haqidagi metodologik va 



konseptual g‘oyalariga amal qilgan holda ko‘p ming yillik Vatanimiz tarixining ilmiy 
asoslangan davrlashtirilishi amalga oshirildi: 
 
Ibtidoiy – jamoa tuzumi;
 
Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi;
 
O‘rta asrlar davri;
 
Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri; 
 
O‘zbekiston sovetlar hokimiyati davri; 
 
Oʼzbekistonning eng yangi tarixidavri 
Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy sohalarda katta oʼzgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, 
taʼlim sohasida ham bir qator islohotlar oʼtkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga 
yoʼnaltirilgan Milliy dastur izchillik bilan rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz 
berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil 
etish, turli xil yot gʼoyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy oʼrta taʼlimda oʼquvchilar Vatan tarixining mustaqillik 
davrini oxirgi sinfda besh-olti yil oldin yozilgan darslik asosida oʼqitilib kelinmoqda va 
bugungi jamiyatda kechayotgan jarayonlarni dasturga kiritish va ular haqida keng maʼlumot 
berish ancha qiyin kechmoqda. Shuning uchun OOʼYuda Oʼzbekistonning eng yangi davri 
tarixini chuqur oʼrganish oʼta dolzarb vazifa hisoblanadi, chunki yosh mutaxassislarning 
bugungi davr siyosati, davr qahramonlarini, ayniqsa oʼzining ham shu jarayon ishtirokchisi 
ekanligini toʼgʼri va toʼliq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fanida Oʼzbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi 
arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining eʼlon qilinishi, 
mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy 
sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, Oʼzbekistonning jahon hamjamiyatiga har 
tomonlama integratsiyasini, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni 
taʼminlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib 
beriladi. 
Fanni oʼqitishning maqsadi – Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida yuz bergan 
muhim oʼzgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini koʼrsatish va jamiyat hayotida 
talaba(mutaxassis)ning oʼrnini, oʼzligini anglatishdan iborat.
Fanni oʼqitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida Oʼzbekistonda yuzaga 
kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy va maʼnaviy va boshqa sohalardagi islohotlarning mohiyatini talabalarga tushuntirib 
berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. 
Tarixni o`rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi 
voqea va xodisalarni o`z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o`rganishni
taqoza etadi. Voqea, xodisalarni o`rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy uzviylik, tarixiy 
rivojlanish jarayoni qoidalariga rioya qilmoq zarur. Har bir narsa, voqea va xodisani boshqa 
voqea, xodisalar bilan bog’lab o`rgangandagina mazkur voqea, hodisaning umumiy tarixiy 
jarayondagi uning to`g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo`ladi. Har bir voqea, hodisaga
umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bo`lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday 



tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo`lganligini bu xodisa o`z taraqqiyotida qanday asosiy
bosqichlarni o`tganligini, keyinchalik u qanday bo`lib qolganligini bilish tarixiylik 
qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan 
turib baho bermoqchi bo`lsak, birinchidan, u qachon, qanday sharoitda paydo bo`ldi, 
ikkinchidan, u O`z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o`tdi, uchinchidan, u hali ham 
mavjudligi, hozir qay ahvolda, qanday bo`lib qoldi, degan savollarga aniq javob berish zarur 
bo`ladi Tarixiylik metodologiyasi xalqning o`tmishiga, hozirgi zamon va kelajagiga yagona 
tabiiy tarixiy jarayon deb, o`tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni 
yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo`ldan 
borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, turmush qurmoqchi bo`lgan avlod tarix fani orqali 
O`z o`tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O`tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi
bilsak, anglab yetsak hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal 
tushunamiz, kelajakni to`g’ri tasavvur etamiz. O`z navbatida hozirgi zamonni, bugungi 
avlodning bunyodkorlik faoliyatinito`g’ri idroq etilsa, bu o`tmishni tariximizni yanada 
chuqurroq anglashga ko`maklashadi. 
Tarixiylik metodologiyasining tarkibiga ezviylik va davriylik kiradi. Tarixiy fan bo`lgani 
uchun ham O’zbekiston tarixi fanini o`rgatish va o`qitish jarayonida tarixiy uzviylik va 
davriylik qoidasiga rioya qilish alohida ahamiyat kashf etadi. Insoniyat taraqqiyotining 
ma‘lum bosqichida urug’chilik tuzumi yemirilib, xususiy mulkchilik kelib chiqqach, urug’ 
jamolari turli ijtimoiy tabaqalarga bo`lingach, tarixiy voqea va xodisalar ana shu 
tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa O`z manfaati 
nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan to`qnashadigan,
g’alayonlar, qo`zg’olonlar ko`tariladigan bo’lib qoldi Bunday vaziyatda sodir bo`lgan voqea 
va hodisalarni, tarixiy jarayonni o`rganishda ijtimoiy yondoshuv printsipiga rioya qilish zarur 
bo`ladi. Bu ijtimoiy yondoshuv metodologiyasi bo`lib, tarixiy jarayonlarni, aholi barcha 
tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o`rganishni taqozo etadi.
Tarixni o`rganishda ijtimoiy yondoshuv qoidasiga amal qilish davlat arboblarining, siyosiy 
kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo`lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga 
ko`rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatni u yoki bu yo`ldan rivojlanishidagi o`rni va
rolini to`g’ri aniqlashga olib keladi va muhim ahamiyatga egadir. 
Mamlakatimiz tarixini o`rganishda milliy qadriyatlar xalq an‘analari va urf-odatlari, din, 
islom dini tarixini, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari 
faoliyatini tahlil qilishga, ularni yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo`lib, hurmat qilish, 
e‘zozlash nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida 
yaratgan ma‘naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga-ekspluatatorlik madaniyati va 
axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqqa bo`lish va birinchisini 
qoralashdan iborat lenincha yo`riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko`rsatdi. Ma‘naviy 
merosga bunday yondoshuv ma‘naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-
odatlarning oyoqosti qilinishiga, ko`pgina olimlarning badnom qilinishiga olib kelganligini 
hech qachon unutmaslik kerak. 
Tarixni o`rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni 
taqqoslash, mantiqiy - qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar 



o`tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham keng foydalanish maqsadga muvofiq 
bo`ladi.
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning 
shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo'lgan dunyoviy muammolar-u serqirra 
hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng 
shaxsiy yumushlarimizgacha bo'lgan barcha hodisalarni o'zida mujassam etadi. 
Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani 
oldiga ham yangi vazifalar qo'yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning 
mustaqillikka erishish yo'lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo'lga kiritish 
yo'llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni 
mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy omillarini o'rganish va milliy 
g'oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari 
lozim. 
2007-yil 30-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va 
Prezident devonining Mustaqillikning 16 yilligiga bag'ishlangan qo'shma majlisida Birinchi 
Prezident I.A.Karimov «O'zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo'li mavzusida ma'ruza 
qildi. Unda O'zbekiston mustaqilligi tasodifiy hodisa emasligi, u o'ziga xos kurashlar, 
ziddiyatlar, iztiroblar bilan birga juda katta tarixiy yutuq ekanligini alohida ta'kidladi. Shu 
bilan birga ushbu davr fanda butun ko'lami va salmog'i bilan yetarli darajada 
o'rganilmaganligini alohida ta'kidladi va «mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum 
inqirozga duchor bo'lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda 
tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o'zligimizni anglash va toptalgan 
milliy g'ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini 
qo'lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko'z bilan qarab baho 
beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo'qligini afsus bilan aytishga to'g'ri keladi» 
- dedi. 
Mustaqillik davrining xalq, millat va mamlakat taqdiridagi buyuk voqelik, noyob qadriyat 
ekanligi xususidagi fikrlarini davom ettirib, birinchi Prezident I. Karimov «Oʻzbekiston mana 
shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko'zda tutib, qanday amaliy 
chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy 
zamini va omillari, kerak bo'lsa, istiqlol o'zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani - bularning 
barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi 
kunda ham oʻzining dolzarbligi va ahamiyatini yo'qotmaganini qayd etishimiz zarur», degan 
talablarni qat'iy qilib qo'ydi. 
Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta'sir o'tkazadi, milliy g'oyaning 
shakllanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning 
rivojlanish bosqichlarini nechog'li o'rganish, undan saboq chiqarish bilan bogʻliq. Ulug' 
allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da'vat etadi, ulkan yaratuvchilikni 
rag'batlantiradi. Zotan, uning ulug murabbiylik, tarbiyachilik, yo'naltiruvchilik qudrati ham 
xuddi ana shunda. 
Xullas, “Oʼzbekistonning eng yangi tarixi” oʼquv fani ana shu tarixiy jarayonlarni to'laroq 
qamrab olish, uni jamlash, ma'lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni iloji 



boricha ko'proq o'rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darhaqiqat, mustaqillik davrida o'tgan 
kunlarimiz alohida o'rganishni, tadqiq etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chiqarishni taqozo 
etmoqda. Buning o'ziga xos asoslari bor. 
Birinchidan, O'zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida o'ziga xos 
nufuzga ega bo'ldi. U o'zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy 
salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini 
tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko'rsata oldi. 
Ikkinchidan, eng og'ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o'tish davrining o'ziga xos 
murakkabliklari mavjud bo'lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy 
barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil 
ekanligini ko'rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli 
aqidalar va g'oyalar ta'sirida bo'lgan aholining talab-ehtiyojlarini o'z vaqtida qondirish, 
ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat'iyatlilikni talab etadi. 
O'zbekiston hukumati xuddi ana shunday qat'iyatni ko'rsata bildi. 
Uchinchidan, bozor munosabatlariga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, 
dunyoviy davlat qurishning asosi bo'lgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida 
barchaning tengligini ta'minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub islohotlaming Respublikamiz 
birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyili istiqlolning 
dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqori baholandi va to'la tan olindi. 
To'rtinchidan, xorijiy investitsiyani jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni 
yo'lga qo'yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o'zgartirish, uni jahonning eng 
ilg'or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo'li tutildi. Bu O'zbekistonning jamiyatni bir 
holatdan ikkinchi bir holatga o'tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o'rtasida eng to'g'ri 
yo`l tanlaganini ko'rsatdi. 
Beshinchidan, O'zbekiston hukumatining islohchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, 
uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an'analari bilan uyg'un holda amalga 
oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir), 
«Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan 
ko'ra kuchli, aqlli, dono va, albatta, baxtli bo'lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-
istagi, umid va intilishlari bilan uyg'un holda dunyoga keldi. Bugungi kunda O'zbekistonning 
tom ma'noda ma'naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu 
niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg'unligi natijasidir. 
O'zbekiston umumbashariy o'zgarishlar jarayonlari oqimida o'zining betakror ijtimoiy-
siyosiy, ma'naviy yangilanishlari dasturiga ega bo'lgan mamlakat sifatida o'ziga xos va o'ziga 
mos mavqeni egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta'sir o'tkazishga 
qodir bo'lgan davlat sifatida o'zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. 
O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko'lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon 
sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. O'zbekistonda milliy, 
regional va umumplanetar mo'ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi 
o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni 
baholash, tahlil etish, hamda ilmiynazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni 
maqsadli boshqarish O'zbekistondagi yangilanishlar rivoji o'ziga xos kechayotganligini ifoda 


10 
etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni 
umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg'unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart-
sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da'vat etish orqali 
mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlariboshlanishiga nazariy poydevor qo'yildi. 
Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma'naviyati dunyosini tubdan isloh qilish 
yangilangan davlat, o'zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, 
jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog'li aqliy 
shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo'lib turibmiz. 
Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, 
mafkuraviy ta'sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari 
sharoitida amalga oshirildi. 
Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, oʻtish davrida 
davlat arbobining, siyosiy yetakchining o'mi yana ham yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Chunki, 
bu paytda ma'lum bir siyosiy tartibot ham, siyosiy qatlam ham, jamiyatni yo'naltiradigan oqim 
ham shakllanmagan, qarashlar bir o'zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar 
mavjud bo'lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o'z kelajagini asosan 
davlat rahbariga qarab belgilaydi. O'zining iymone'tiqodini, taqdirini u bilan bog'laydi. 
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o'tgan davrida mamlakatimizda 
amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, 
voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan bog'lanib ketgan. Davlat arbobining siyosiy qiyofasi 
o'tish davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida bosh islohotchi qiyofasida 
mustahkam o'rnashgan bo'ladi. 
Demak, mustaqillik davri tarixini o'rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Birinchi 
Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy bog'langanligini yaqqol ko'ramiz va uni sahifalarga 
aynan ko'chirishga intildik. Zotan, ana shu yillarda I.Karimov ismi sharifi bir shaxs nasl-nasabi 
doirasidan chiqib, ulkan ijtimoiy-siyosiy voqelik, millat mohiyatini o'zida mujassam etgan 
qadriyat maqomiga ega bo'ldi. Boshqacha qilib aytganda «O'zbekiston - Mustaqillik - Islom 
Karimov» atamalari yaxlit, bir-birini to'ldirib boradigan tushunchaga aylandi. 
Barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga 
egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu 
mamlakat xalqi hisoblanadi. 
O‘zbekistonimizning ko‘p asrlik tarixi va keyingi 
30
yillik rivojlanish davri, o‘z davlat 
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan taraqqiyoti bu haqiqatni yana bir 
bor yaqqol tasdiqlab berdi. Ana shu bunyodkorlik jarayonining qudratli va hal qiluvchi kuchi, 
hech shubhasiz, ko‘p millatli xalqimizdir. 
O‘zbek xalqining necha mingyillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar 
bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli 
xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga 
qodir, deb barilla aytishga to‘la asos beradi. 
Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy 
saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini 


11 
aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag‘ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, 
zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz. 
Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni har tomonlama chuqur o'rganish, ilmiy-
nazariy jihatdan tadqiq etish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma'naviy fazilatlarni 
kamol toptirish, milliy g'oyani shakllantirish, yoshlarni tarixiy an'analarga, umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga 
ko'maklashadi. 
Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor 
ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan 
boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi 
ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix 
bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas 
tarixiy xotira shunchalik buyuk ma’naviy kuchga aylana boradi. Zero, o‘tmish xotirasiga ega 
bo‘lmagan, o‘z xalqining tarixiy tajribasidan mahrum kishi butunlay tarixiy istiqbolni his 
qilishdan ayrilib qoladi. Teran va dono bir hikmat bor, o‘z qahramonlarining xotirasini 
muqaddas bilib e’zozlovchi xalqgina buyuk bo‘lishga, buyukman deb da’vo qilishga 
munosibdir. 
Xalqimizni o‘z tarixi bilan qurollantirish ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirish 
sohasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligi Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan 
mamlakatning tarixchi olimlari va jurnalistlari bilan o‘tkazilgan suhbat (1998 yil 26 iyun) 
hamda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarda (1998) o‘z ifodasini topgan. Zero, “tarix 
xalq ma’naviyatining asosidir”. Binobarin, mustaqillik sharofati bilan falsafa. tarix, ayniqsa, 
Vatan tarixini o‘rganish, uning uslubiyatiga,“oq dog‘lari”ga doir masalalar faol muhokama 
etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til 
muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan 
ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. 
Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev: 
“Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga 
erishganimizning ikkinchi yili Sharof Rashidovning nomi to‘la-to‘kis oqlandi. O‘sha yili u 
kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi. 
Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida 
fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat 
rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovdek 
insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan keyin 
er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya 
hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli 
adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, 
tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat 
mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru 
olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi 
mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar 
misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning 


12 
ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz 
kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining 
ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu 
achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini 
unutmasligimiz lozim. 
Tariximiz, eng avvalo o‘tgan buyuk siymolar xalq orasidan chiqqan shu omma taqdiri 
bilan hamnafas ajdodlarimiz hayot yo‘lida, ularning Vatan oldidagi benazir xizmatlarida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Ana shu buyuk zotlarimizning bebaho merosi hamisha boshimizni 
baland, qaddimizni tik qiladi, o‘zbek millatining kelajagi buyuk davlat qurishda jahon 
ayvonida turib, o‘z iymoni, e’tiqodlari, ma’naviy ruhlari bilan qo‘llab-quvvatlab, olg‘a 
etaklaydi. Mustaqillik bergan buyuk ne’matlardan biri ham shundaki, millatimizni o‘tmishi 
kamida uch ming yilga borib taqaladigan haqqoniy tarix bilan qurollantirish hamda uzoq va 
yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk zotlarimizni hotirlab, ularning hurmatini bajo keltirish 
imkoniyatini berdi. Bu esa, yoshlarni ajdodlarga munosib avlodlar ruhida tarbiyalashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Millat o‘zligini qanchalik chuqur anglasa, o‘zining izzatini, qadr-qimmatini joyiga qo‘ysa, 
uni boshqalar ham ulug‘laydi, hurmat qiladi. Azaliy qadriyatlarimiz, islom diniga xos qoidalar, 
qadimiy an’ana va qadriyatlarga sodiq o‘zbek millati o‘zining insonparvarlik g‘oyalari bilan 
asrlar osha nom qozonib kelmoqda. O‘zbek millatining bugungi kunida yaqqol namoyon 
bo‘layotgan insonparvarligi keksa yoshdagi ulug‘ kishilarga hurmat, kichiklarga mehr-shafqat, 
izzat, muhtojlarga xayr-sahovat qilish, ota-ona izmida turish, qarindosh-urug‘ning, qo‘ni-
qo‘shnining og‘irini engil qilib, tashvishu-quvonchlariga sherik bo‘lish kabi insoniylik 
fazilatlari behisobdir. Ana shu ezgu xislatlarga zid qarashlarni o‘zida shakllantirgan xudbinlar, 
millatfurushlar, xoinlar, qora niyatli kishilar oz bo‘lsa-da, uchraydi. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, millati uchun qayg‘urgan, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va 
bo‘xtonlardan himoya qilgan, o‘zbek xalqi boy madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib 
qilishda jonbozlik qilgan insonlarni, millat g‘ururiga aylangan insonlarni ulug‘lash, ularning 
nomlarini abadiylashtirish bugungi kundagi eng dolzarb masaladir. 
Hozirgi kunda ana shu noyob va mo‘‘tabar inson qoldirgan boy merosning qay darajada 
saqlanib, avaylanib kelinayotgani, uni har tomonlama o‘rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar 
ongiga singdirish, jahon jamoatchiligiga targ‘ib etish borasida amaliy ishlar faol olib 
borilmoqda. Vatanimiz kelajagi bo‘lgan barkamol avlodni etishtirish uchun millatimizning har 
bir vakili o‘z farzandini milliy g‘oyamiz, qadriyatlarimiz, tilimiz, qadimiy tariximiz, madaniy 
boy o‘tmishimizda chuqur iz qoldirgan buyuk siymolarimizga muhabbat va hurmat ruhida 
tarbiyalash bilan birga jahoniy o‘zigagina xos bo‘lgan insonparvarlik, baynalmilallik, 
samimiylik va bag‘rikenglik ruhida ham ta’lim va tarbiya berishimiz, bugungi kunda har 
qachongidan ham zarurroqdir. 
Dunyodagi har qanday millatning o‘zigagina xos milliy qiyofasini namoyish etadigan, 
belgilab turadigan xususiyatlari bo‘ladi: davlati, tili, dini, urf-odatlari, qadriyatlari, madaniyati, 
musiqasi, san’ati, mashhur shaxslari, ruhiyati, iftixor tuyg‘usi.. Nazarimizda milliy g‘oya 
tushunchasi millatga xos bo‘lgan, hozir sanab o‘tilgan xususiyatlar zaminida shakllanadi, 
muayyan bir qolipga tushadi, uning tarixini shakllantiradi. 


13 
Bugunga kelib dunyoda o‘ziga yarasha yuksak salohiyati, benazir nufuziga mos ravishda 
o‘rin egallayotgan mustaqil O‘zbekiston atalmish davlat bor ekan, bu yurtda ana shu nomga 
munosib millat yashamoqda. Bu yurtda uning ota-bobolari, avlod-ajdodlari, buyuk zotlari 
yashab o‘tgan. Dunyoda millatlar ko‘p, ular ichida buyuk tarixiy o‘tmishga ega bo‘lgan o‘zbek 
millati ham bor. Jahon ahli O‘zbekistonga qarab, bizning millat sifatidagi qiyofamizni, 
millatimizga xos bo‘lgan bag‘rikengligimizni ko‘radi. 
Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, 
ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan 
atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 mart kuni “Atoqli davlat 
arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi 
qarorga imzo chekdi. Hamda mazkur yubiley tantanalari yuqori saviyada nishonlandi. Bu bilan 
el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini 
ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan 
e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadr-qimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek o‘lmas 
qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. 
Shu munosabat bilan tarixni dohiylar emas, balki ongli va bunyodkor inson, xalq yaratishi 
haqidagi fikrlar yangicha mazmun va falsafiy ruh bilan bayon qilindi. Haqiqatdan ham, tarixni 
xalq yaratadi, uni yaratishda faol qatnashgan, xalq ruhida, ongida va qalbida o‘zlaridan chuqur 
va o‘chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar ham xalq farzandlaridir. Shu sababli tarixchi 
mutaxassislar ramziy ma’noda tarixni uni yaratgan va yaratayotgan xalqning tarjimai holiga 
qiyoslashadi. Shuning uchun ham qadimgi tarix, o‘rta asrlar tarixi, zamona tarixi kabi iboralar 
ishlatiladi. Bular yaxlit holatda Vatanimiz tarixini anglatadi. 
Ma’lumki, xalqimiz o‘zining ming yilliklar mobaynida shakllangan adolatparvar siyosati, 
ma’naviy barkamol milliy davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati 
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Xalq o‘z tarixini asosan o‘z davlatini qurishdan boshlab yaratishga kirishadi. Ma’lumki, 
turkiy tilli xalq o‘z tarixida ko‘plab buyuk va shavkatli saltanat qurgan xalqdir. Olis 
o‘tmishimizga nazar tashlab, uning butun borlig‘ini jamlab baholar ekanmiz xalqimizning 
voqealarga boy ko‘p ming yillik tarixi davomida ko‘p sinovlarni boshidan kechirganligi, 
madaniyat, ilm-fan, o‘z davlatchiligi yutuqlaridan bahra olganligiga amn bo‘lamiz. SHu bilan 
birga, tarixning o‘yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham 
xalqimizning insoniylik tabiatiga dog‘ tushira olmaganligini teran anglaymiz. 
Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, 
g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi, xalqimizning 
mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan-
yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirdi. 
Shuningdek, o‘tmishdagi buyuk zotlarimiz, Vatanni bosqinchilardan himoya qilgan, Jaloliddin 
Manguberdi, Temur Malik, buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur vasiyatlari va o‘gitlarini 
hamda qoldirgan ulkan ma’naviy merosidan o‘rnak va ibrat olishga hamda tariximizni 
haqqoniy o‘rganishga, unga munosib baho berishga imkon yaratildi. 


14 
Bu imkoniyat tufayli mamlakatimizda buyuk zotlarning tavallud to‘ylari har yili keng 
nishonlanib kelinmoqda. Darhaqiqat, buyuk zotlarni chuqur anglash, o‘rganish asnosida milliy 
qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan 
ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish 
imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda voyaga etayotgan kelajagimiz bo‘lgan yoshlarga ibrat va 
namuna sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz. 
Inson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug‘.Osmonimiz musaffoligi, el yurtimiz tinchligi, 
sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida fashizmga qarshi mardlarcha kurashib, Vataniga, xalqiga, 
Harbiy qasamyodiga sodiq qolib mardlik namunalarini ko‘rsatgan Vatan fidoyilari xotirasini 
yod etib, ezgu ishlarni davom ettirish xalqimizga xos fazilatdir. Mard va jasur ota-bobolarimiz 
dunyodagi ezgu niyatli xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik 
namunalarini ko‘rsatdilar. Ularning so‘nmas jasorati mana, 77 yildirki, biz uchun mardlik 
maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib 
qoladi.Mard va jasur ota-bobolarimiz dunyodagi ezgu niyatli xalqlar qatorida bu mudhish 
urushda chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Ularning so‘nmas jasorati mana, 77 
yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin 
ham shunday bo‘lib qoladi. 
Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib 
nishonlash, Ikkinchi jahon urushi va mehnat frontida ishtirok etgan mo‘tabar faxriylarimizga 
yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yosh avlod ongida eng katta, bebaho boylik –
tinchlikni asrab-avaylash hissini qaror toptirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
shuningdek fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini 
bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari 
xodimlarining xotirasini abadiylashtirish hamda barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish zarurligi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Ikkinchi jahon 
urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida 
ta’kidlanib, “Vatandoshlarimizning urush yillarida jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati, 
front ortidagi fidokorona mehnati, mamlakatimiz yoshlari uchun mardlik, matonat va 
olijanoblik hamda Vatanga muhabbat fazilatlarining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi”, 
dedi. Zero, fashizm ustidan erishilgan ulug‘ G‘alaba, eng avvalo, ona- Vatan muhofazasiga 
bardosh bera oladigan muqaddas va yengilmas kuchning tantanasi bo‘lib, u osonlik bilan 
qo‘lga kiritilgan emas. U millionlab begunoh insonlarning yostig‘ini quritdi. Bugun yoshlarga 
o‘tgan urushning saboqlaridan xulosa chiqarib, uning butun azobu-uqubatlari, dahshatu 
mashaqqatlari haqida gapirib berish kerak. Toki, ular tinchlik naqadar bebaho ne’mat 
ekanligini, el-yurt tinchligi, sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida kuyib, yonib yashash kerakligini, 
mardlik namunalarini ko‘rsatgan Vatan fidoyilari xotirasini yod etib, ezgu ishlarni davom 
ettirish muqaddas burch ekanligini yaxshiroq va teranroq anglab yetsinlar. 
Buyuk ajdodlarimizni teran anglash, chuqur o‘rganish asnosida milliy qadriyatlarimizni, 
qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni 
yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga 
ega bo‘lamiz hamda kelajagi porloq bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatamiz, 
buyuk zotlarga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz. Asrlar osha, dovonlar osha kelayotgan 


15 
bu ma’naviy boylikning umri boqiydir. Bag‘rikeng xalqimizning qadriyatlari – tinchlik, 
ma’rifat, yuksak ahloq-odob ifodachisi sifatida vaqtlar o‘tgan sayin, zamonlar kechgan sayin 
yulduzdek yarqirab, chiroy ochaveradi, kelajagi buyuk bo‘lgan yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy 
tarbiyalashda muhim omil sifatida xizmat qilaveradi. Bu haqiqatni chuqur anglagan 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren davlat o‘zining 
betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, 
yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbek xalqining necha ming 
yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli 
xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga 
qodir”.Zero, ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina 
ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik 
uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va ulug‘vor ishlarni bajarishga 
qodir bo‘ladi. Shu bois, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va 
saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining mazmun-mohiyatini 
talabalarga yetkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling