Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Kushon podsholigi va uning yurtimiz davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni. Kushon podsholigi 
– o‘zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (milodiy I – III asrlar). Milodiy I asrning 1 – 
yarmi yoxud o‘rtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga 
kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida – yuechji) mil. avv. 140 yil Sirdaryo ortidan 
Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon – Baqtriya podsholigi o‘rnida bir asr davomida 5 
qabilaga bo‘linib (Kushon, Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi) yashagan. Bulardan Kushon (Xitoy 
yilnomalarida Guyshuan) qabilasi jabg‘usi Kujula Kadfiz (Kadfiz I – mil. avv. I asr oxiri – 
milodiy I asr 1 – yarmi) mil. I asrda qolgan 4 qabilani bo‘ysundirib, o‘zini hukmdor deb e‘lon 
qilgan. 
«Kushon» atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo‘lib, u ilk bor mil. avv. I asr oxiri –
mil. I asr boshida hukmronlik qilgan podshoh «Geray» — Sanab zarb qildirgan tangalarda 
qo‘llangan. Mil. avv. I asrda Kosonsoy – Kushonlar saltanatining poytaxti bo‘lgan. 
Kushonlarninchqg dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda 
O‘zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubiy – sharqidagi yerlar) kirgan. Dastlab jabg‘u, 
keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon davlatiga asos solgan 
bo‘lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg‘oniston bilan Pokistonning ko‘pchilik qismini bosib 
olgan.
Kushon davlati Kujula Kadfizning o‘g‘li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan, 
Kanishka I (23 yil podsho bo‘lgan) va uning o‘g‘li Vasishka (4 yil podsholik davrini surgan) 
davrida har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Buni 
milodning III asriga oid budda matnidagi «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) 
bo‘lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi. Kushon davlati O‘rta Osiyoning kattagina hududlari, 
Shimoliy Hindiston, Qashqar, Afg‘oniston va Sharqiy Turkiston yerlarini o‘z tarkibiga qamrab 
olgan edi. Kanishka podsholigi davrida mamlakatning iqtisodiy – siyosiy va harbiy qudrati har 
tomonlama rivoj topdi. Mamlakatda oltin, kumush va mis tangalar zarb kilindi. Bu davrda 
ayniqsa Termiz, Samarqand, Naqshab, Buxoro, Choch, Dalvarzin, Peshovor va boshqa 
shaharlar rivojlandi. Xitoy, Rim va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari kengaydi. Bu 
borada «Ipak yo‘li»ning o‘rni va ahamiyati oshdi. Xitoy savdo – sotiqda o‘zining xom ipak va 


25 
ipak matolari, oltin va terilari bilan mashhur bo‘lsa, O‘rta Osiyolik savdogarlar noyob va nafis 
shishalari, qimmatbaho toshlari, zeb – ziynat buyumlari bilan dong taratgan edilar. 
O‘rta Osiyoning shimoli – sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V 
asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va 
Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol o‘ynagan. Eftaliylarning ilk ajdodlari xunlardan bo‘lishi 
taxmin etiladi. Mil. avv. VII asrda Xitoyning shimoli-g‘arbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, 
ko‘zi ko‘k xunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning tog‘li viloyatlariga 
kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham o‘zgartiradi. 
Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jung‘oriyaga, Ila havzalariga kelib 
o‘rnashgan va bu yerda Yueban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuebandan eftal etnik nomi 
bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, III asrda Movarounnahrga kelib o‘rnashdi. Eftaliylarning 
yana bir guruhi g‘arbga Kaspiy dengizining shimoliy hududlariga borib, keyinchalik bu 
yerlardagi boshqa turkiy xalqlarga aralashib ketadi. Eftaliylar IV asrning 2-yarmida ko‘payib, 
Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqa xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. V 
asrda ular Qang‘ davlatini mag‘lubiyatga uchratadi. Xurosonning talay qismini egallaydi. 
Xuroson yeri uchun eftaliylar Eron bilan qattiq urush olib borgan. V asrning o‘rtalarida 
diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga 
olinadi. «Eftal» degan nom ilk bor «xeptal» shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu 
nom aslida «Eftalon» deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar, 
u eftallar yurishiga boshchilik qilgan. 
Eftalitlar davri bo‘yicha rimlik va vizantiyalik tarixchilar ma`lumot beradi. Eftalitlar davlati 
haqida yagona nuqtai-nazar mavjud emas. Bu yangi ko’chmanchi aholidan tashkil topgan 
qavmni yozma manbalarda heptal, haytal, xetal, abtal, idal, i-da kabi qator nomlar bilan tilga 
olinadi. 
Ammo aksariyat ko`pchilik olimlar Eftalitlarni milodimizdan avvalgi I asr bilan 
milodimizning IV asri o`rtalarida Yettisuvdan va yanada sharqroqdagi rayonlardan Orol dеngizi 
bo’ylariga kеlib qolgan xunnlar bilan aralashib kеtgan holda Xun qabilalaridan turkiy tilini 
qabul qilgan Orol bo’yi sak-massagеt qabilalarining avlodlaridirlar, dеgan g’oyani ilgari 
suradilar. Eftalitlar tarixiga oid ma'lumotlar rimlik tarihchi Ammian Martsеllin (IV asr), 
vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V asr), Prokopiy Kеsariyskiy (VI asr), Fеofan Vi-
zantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi Zеnob Glak (VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar 
Lazar Parbski (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), Yerishе (V asr) asarlarida berilgan. Birmuncha 
kеinroq yozilgan Xitoy solnomalari «Vеy-Shu» (VI asr) va «Man-shu» (IX—X asr)da ham 
Eftalitlar to’g’risida qimmatli manbalar bor. 
Feofan Vizantiyskiyning yozishicha, eftalitlar o‘z nomini podshoxlaridan biri bo’lgan 
Vaxshunvar Eftalon nomi bilan atashgan. Arman tarixchilaridan biri esa eftalitlar nomi xaft 
(yetti) ya`ni massagetlar yettinchi qabilasi nomidan olingan deb hisoblaydilar.
Manbalarda 457 yildan ya`ni eftalitlar shoxi Vaxshunvar Choganiyon, Toxariston va 
Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirib olgan vaqtdan boshlab eftalitlar haqida ma`lumot bera 
boshlaydi. Sosoniy shoxi Peroz eftalitlarga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va asirga 
tushadi. U ikkinchi va uchinchi yurishlarda ham mag‘lub bo‘ladi va xalok bo‘ladi. 


26 
Eftalitlarning siyosiy markazi Poykand yoki Balx shahri bo’lgan. Davlat boshida podshox 
turgan. Odamlar asosan shaharlarda yashagan. Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan 
shug‘ullangan. Bu davrda yangi tipdagi shahar qal`alar qad ko‘tara boshlaydi. Bunday shaharlar 
feodal davlat uchun xos edi.
Eftalitlarda moddiy-madaniyat taraqqiy etgan. Binokorlik, naqqoshlik, tasviriy san`at 
rivojlangan. V asrga oid bo’lgan eftalit shoxlari saroyi bo’lgan Varaxsha yodgorligi bu davrda 
moddiy madaniyatning rivojlanganligidan darak beradi.
Eftaliylar, ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari XVsusida tarixiy manbalarda turli 
xil qarashlar mavjud. Shular orasida rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni 
turkiy qabila - massagetlarning so’nggi bo’g’inidan kelib chiqqan degan fikrlari haqiqatga 
yaqindir. Ba’zibir tarixchilar eftallar nomini V asirning ikkinchi yarimida podshohlik qilgan 
Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog’laydilar Nima bo’lganda ham shu narsa ma’lumki, 
eftaliylar Markaziy Osiyo mintaqasida yashab kelgan turkiy qavmlardir. Eftaliylarning O’rta 
Osiyo hududini eg’allashi asosan 457 yilda shoh Vaxshunvar boshchiligida boshlanadi. Qisqa 
muddatda ular Chag’oniyon, Tohariston va Badaxshonni bo’ysundiradilar, so’ngra So’g’dda 
ham mustahkamlanib oladilar. Ko’p o’tmay o’z yerlarini Qobul, Panjob vodiysi, Qashqar, 
Sharqiy Turkiston, Sharqiy Eron va Shimoliy Hindiston hisobiga kengaytirib oladilar. Shu tariqa 
V asrning ikkinchi yarimi va VI asr boshlarida ilk o’rta asrlarning yangi qudratli davlati-
Eftaliylar davlati tashkil topadi.
Eftaliylar davlatining asosiy dushmani Eron sosoniylari bo’lganligi tarixdan ma‘lum. 
Tobora kuchayib borayotgan eftaliylarning tojovuzidan xavfsiragan sosoniylar shohi Pero’z 
(hukumronligi 459-484 tillar) eftaliylar ustiga uch marta qo’shin tortadi, lekin har gal 
mag’lubiyatga uchragan va uning evaziga sosoniylar eftaliylarga katta miqdorda o’lpon to’lab 
turgan. Sosoniylar shohi Peroz halokatidan keyin uning o’g’li Kovad (hukumronligi 488-551 
yillar) va Kovadning o’g’li Xisrav Anushirvon I (hukmronligi 531-579 yillar) davrida ham Eron 
eftaliylarga xiroj to’lagan va xalq ommasiga og’ir soliqlar solingan, bu esa sinfiy ziddiyatlarni 
kuchaytirgan. 
Bu davrlarda fеodal ishlab chiqarish usuli hеch bir joyda biron tarzda to’liq shakllanmadi. 
VI- IX asrlar oralig’idagi davrda hududda ilk feodal davlat uzil-kеsil qaror topdi. Har bir 
mamlakat har qaysi xalq va davlat uni o`zining tabiiy sharoitlariga o’z ananalariga va hatto 
tarkib topgan o`z turmush tarziga moslashtirar edi. Jumladan Rossiyada fеodal yer egasi 
hisoblangan. Dеhqonlar fеodal yer egasi foydasiga tеkin ishlab berishga majbur edilar. Dеhqon-
lar dastlabki davrlarda xaftada bir kun, so`ngra ikki kun, undan kеyin uch kun, bora-bora esa 
butun xafta davomida fеodal yerida ishlashga majbur qilingan. Chunki, yuqorida ta'kidlaganimiz 
singari yer fеodalning xususiy mulki, dеhqon esa bunday mulkdan maxrum. Mamlakatimiz 
hududida esa fеodalizm ya'ni yerga egalak munosabatlar ma'lum darajada o`ziga xos 
xususiyatlarga ega bo`lgan. Bu yerda dеhqon Rossiyadagi singari mulkdor fеodal yer egasiga 
emas, balki yerga bog’lanib qolgan edi. Tеkin ishlab berish (barshchina) bu yerda iqtisodiy 
jihatdan foydali bo`lmaganligidan sug`oriladigan dеhqonchilik hukmron bo`lgan butun O’rta 
Osiyo hududida ekspluatatsiya shakli rеnta-soliq harakterini kasb etgan. Rеnta solig’ini ma'lum 
hududdagi jamoaga uyushgan erkin dеhqonlar to’laganlar. Bu erkin dеhqonlar «kashovarzlar» 
dеb atalganlar. Yer egasi bo’lib qolgan harbiy zodagonlar esa “dehqon” dеb atalgan. «Dеhqon» 


27 
qishloq ho’jayini ma'nosini anglatadi. Kashovarzlar jamoa boshligi «dеhqon»ga soliq 
to’laganlar. X asr tarixchisi Tabariy shu ma'noda bunday dеhqonlarning qayerdan kеlib 
chiqqanligini tushuntiradi. Go’yo afsonaviy podsho Monuchеhr har bir qishloqqa bir dеhqonni 
boshliq qilib tayinlab bu dishlod aholisiga shu dеxdonga bo‘ysunish va uning uchun ishlashni 
buyurgan ekan. Bu hol quldorlikka asoslangan eski shaharlarni tushkunlikka uchrashiga sabab 
bo`ldi va fеodallarning mulklari yonida juda ko`p mayda xo’jalik markazlari vujudga kеla 
boshladi. Kushon davlati inqirozga uchrab tarqab kеtgach, ayrim voxalarda mustaqil mulklar 
paydo bo`ldi. Bu mulklarning o`z podshochalari bor edi. Ularning nomlari har voxada har xil
bo`lgan. Jumladan, Buxoroda — buxorxudotlar, Choganiyonda — chog’anxudolar, Vardanzida 
vardonxudolart, Tostkеntda — tudunlar, Samarqand va Farg’onada — ixshidlar
Osrushanda — afshiniylar, Xorazmda — xorazmshohlar, Toharistonda- malikshohlar, Iloqda — 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling