Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Qadimgi Baqtriya – O‘zbekiston janubi, Janubiy – sharqiy O‘rta Osiyoning katta 
hududlarini, jumladan, hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman Zarafshon, Amudaryo yuqori 
oqimi, shuningdek, Afg‘oniston shimolini o‘z nazoratida tutgan qabilalar konfederatsiyasi 
hisoblangan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb 
nomlangan. Yunon – rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Baqtriyaning 
o‘tmishda «Ming bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning ko‘p bo‘lganligidan 
guvohlik beradi.
Baqtriyadagi ko‘pdan – ko‘p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo‘lib, mamlakatning 
poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda 
podshoh qal‘asi alohida ajralib turgan. 


22 
Ba‘zi yozma manbalarda qayd etilishicha, bu davlat tarkibiga So‘g‘d va Marg‘iyona 
hududlari ham kirgan. Qadimgi Baqtriya davlati to‘g‘risida yunon olimi Ktesiy ma‘lumotlari 
qimmatlidir. U Baqtriyadagi ko‘plab shaharlar, uning poytaxti Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi 
Oksiard, unga qarashli behisob boyliklar haqida ma‘lumotlar beradi. Yana bir yunon tarixchisi 
Gerodot ham Baqtriya davlati haqida qimmatli ma‘lumotlar yozib qoldirgan. U Baqtriya xalqi, 
bu davlatning qudrati jihatidan Misr va Bobil davlatlari bilan teng bo‘lganligi haqida yozadi. 
Qadimgi So‘g‘diyona – bu davlat uyushmasi ham Baqtriya singari qadimdan mustaqil 
faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlariga qadimda hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va 
Buxoro viloyatlari yerlari kirgan. Davlatning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Arxeologlar 
bergan ma‘lumotlarga qaraganda tub yerli aholi shaharni Smarakansa (Smarakansa) deb atagan. 
Bu shahar qadimgi «Buyuk Ipak yo‘li»da joylashgan bo‘lib, savdo – iqtisodiy jihatdan Sharq va 
G‘arbni bog‘lagan. Sug‘d tili qadimda va ilk o‘rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga 
ega bo‘lgan. So‘g‘diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va 
hunarmandchilik madaniyatiga ega bo‘lgan. 
Mil. avv. VI asrda Eron hududida yashovchi xalqlar mil. avv. 558 yilda podsho Kayxusrav 
II boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Bu davlat ikki asr mobaynida, ya‘ni, mil. avv. 330 
yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli – G‘arbiy Hindistonga qadar 
cho‘zilgan edi. Axomaniylar (ko‘plab adabiyotlarda ahamoniylar) saltanatini Kir II (qad. eron – 
Kurush, grek. – Kyros) barpo etdi. Mil. avv. 558 – 530 yillarda esa Axomaniylar davlatini 
boshqargan. Axomaniylar davlati qisqa davr ichida Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha 
bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining 
bir qismini bosib oladi. Kir II O‘rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko‘radi. 
Kirning sharqiy hududlarga, xususan, O‘rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki bosqichga bo‘lish 
mumkin. Uning birinchi bosqichi miloddan avvalgi 545 – 540 yillarga to‘g‘ri keladi. Kir II ning 
O‘rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan avvalgi 539 – 530 yillarni o‘z ichiga oladi. 
Harbiy yurishlarning birinchi bosqichida Parfiya, Baqtriya, Marg‘iyona hududlarini bosib oladi. 
Ammo O‘rta Osiyo xalqlari har doim erk, ozodlik va hurlikni hamma narsadan ustun 
qo‘yganlar. Shu bois ular bosqinchi Axomaniylar zulmiga qarshi muttasil kurash olib borganlar. 
Miloddan avvalgi 530 yilda massagetlar yo‘lboshchisi malika To‘marisning Kir II ustidan 
qozongan yorqin g‘alabasi bunga misol bo‘la oladi. Axomaniylar shohi Kir II ning tanadan judo 
etilgan boshini odamlar qoni bilan to‘ldirilgan mesh — qopga solar ekan, To‘maris shunday 
deydi: «Ey, Kir! Umr bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana, endi to‘yganingcha 
ich!».
Ammo Kir II ning o‘limi O‘rta Osiyo xalqlariga kutilgan ozodlikni olib kelmadi. Kir II 
o‘limi uchun uning avlodlari o‘ch oldilar. Xususan, o‘rta osiyoliklar axomaniylar podshosi Doro 
I davrida qattiq jafo chekdilar. Axomaniylar shohi Doro I (522 – 486) davrida O‘rta Osiyo 
hududlari bosib olinadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, mil. avv. 522 yilda podsholik taxtini 
egallagan Doro I ga qarshi Marg‘iyonada Frada boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Doro I 
qo‘zg‘olonni bostirish uchun Baqtriya satrapi Dodarshishni yubordi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlik 
bilan bostirildi, 55 ming qo‘zg‘olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham 
qo‘lga olinib, mil. avv. 521 yilda qiynab o‘ldiriladi. Ammo qo‘zgolonlar davom etavergan. 


23 
Axomaniylar shohi Doro I ning shaxsan o‘zi mil. avv. 519 yilda parfiyonaliklar va sak qabilalari 
ustiga qo‘shin tortib borishga majbur bo‘lgan. 
Doro I O‘rta Osiyo xalqlaridan qattiq o‘ch oldi, ammo ayni paytda o‘zi ham katta talafotlar 
ko‘rdi. Bu o‘rinda muarrix Polienning «Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning (asarda Shiroq — 
Siyrak deb nomlangan) afsonaviy harbiy jasorati diqqatga molikdir. Manbada hikoya 
qilinishicha, yilqiboqar Shiroq o‘z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni hiyla ishlatib, 
chalg‘itib, Qizilqumning halokatli jazirama dashtlariga boshlab boradi va o‘z jonini qurbon qilib 
bo‘lsa–da, vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi. O‘rta Osiyo xalqlari Eron 
axomaniylariga qarshi qat‘iy kurash harakatlari olib borilayotgan bir davrda chetdan yangi xavf 
kirib kelayotgan edi. Mil. avv. IV asrning o‘rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi 
shahar – davlatlar kuchaya boshlaydi. Mil. avv. 359 yilda Fillip II (mil.av. taxm. 382 – 336) 
Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. U kuchli armiya tuzadi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling