Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi haqida so`zlab bering? 2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni haqida gapirib bering? 3. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari to`g`risida nimalarni bilasiz? 4. O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni deganda nimani tushunasiz? 5. O‘zbekistonning SHHT bilan, Markaziy Osiyodavlatlari bilan shartnomalari, hamkorligi haqida so`zlab bering? 199 14-mavzu.Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. Reja: 1. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasininghayotga tatbiq etilishi. 2.Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor yo`nalishlari. 2017-2021-yillarga moʻljallangan strategiyadan koʻzlangan maqsad – olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga koʻtarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish boʻyicha eng muhim ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishdan iborat. Xujjatda qayd etilishicha, mamlakat bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻlining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida konyunktura oʻzgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari. 1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarini yanada kengaytirish; qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq isloxotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga yoʻnaltirgan holda tubdan oshirish; siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling