Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston
Savol va topshiriqlar 191 1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʼiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar haqida so`zlab bering? 2. Qoraqalpogʼiston Respublikasida qishloq xoʼjaligi sohasidagi oʼzgarishlar haqida nimalarni bilasiz? 3. Maʼnaviy-madaniy sohadagi oʼzgarishlar haqida so`zlab bering? 4. Qoraqalpogʼiston Respublikasi oliy taʼlim tizimi va undagi islohotlar haqida so`zlang? 5. Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʼiston Respublikasida ekologik ahvolni yaxshilash borasidagi davlat siyosatihaqida nimalarni bilasiz? 13-mavzu. Oʼzbekiston va jahon hamjamiyati. Reja: 1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. 2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi. 3. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi. O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o‘rni. 4. O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi olib borgan siyosati. 5. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faoliyati. 6. O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi. Mustaqillikning qo`lga kiritilishi tufayli O`zbekistonning xalqaro maydondagi siyosati tarixida ham mutlaqo yangi davr boshlandi. O`zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon jamiyatida o`zigamunosib o`rinni egallashga intilmoqda. Bu jarayonni idrok qilish uchun, avvalo, XXI asr bo`sag’asida dunyoda qanday o`zgarishlar sodir bo`lganini, dunyoning qiyofasi qanday ekanligini bilish zarur. Darhaqiqat, XXI asr bo`sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni tubdan o`zgardi. Ilgari mafko`raviy jihatdan bir-biriga zid, sobiq SSSR va AQSh yetakchiligida sotsialistik va kapitalistik tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok (ya‘ni NATO va Varshava shartnomasi) mavjud bo`lib, dunyo xavfsizligi ular orasidagi o`zaro muholiflik muvozanatiga asoslangan edi. Sobiq SSSRning parchalanishi, sotsialistik tuzumning xalokatga uchrashi, Varshava shartnomasining tarqalib ketishi, yangi mustaqil davlatlarni paydo bo`lishi natijasida yangi g’oyat murakkab va qaltis bir davr keldi. Dunyoning qaltis, taxlikali ekanligini Birinchi Prezident I.Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida tahlil qilib berilgan. Dunyoning taxlikali ekanligidan dalolat beruvchi qo`yidagi omillar mavjud: Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimida muvozanat bo`zildi. Dunyoda siyosiy, iqtisodiy 192 bo`linish ro`y berdi. Ilgari kuchlar markazi ikki joyda bo`lsa (SSSR va AQSh), endi ko`pqutbli bo`lib qoldi va nazorat qilish qiyinlashdi. Ikkinchidan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notekislik va ziddiyatlar o`sdi. Uchinchidan, ko`pgina davlatlarda ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf-xatarlar o`sib borayapti. Mulkiy tafovut kuchaydi, ishsizlik, qashshoqlik avj olmoqda. To`rtinchidan, bir qator mintaqalarda, Hatto bir mamlakat fuqarolari o`rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib, mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Jumladan, O`zbekiston xavfsizligiga ham Afg’oniston va Tojikistondagi mojarolar tahdid solmoqda. Beshinchidan, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka diniy ekstremizm va fundamentalizm ham tahdid qilmoqda. Oltinchidan, ayrim davlatlardagi muayyan siyosiy kuchlar tomonidan yuritilayotgan buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik siyosati ham mavjud. Yettinchidan, yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo`lsa-da, ekologik tanglik, biogenetik bo`zilishlar xavfi saqlanib qoldi. O`zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o`rinni egallashida, uning geopolitik shart-sharoitlari qanday degan savol tugiladi. O`zbekiston geografik-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. Bu, birinchidan, respublikamiz Markaziy Osiyo mintaqasining transport, energetika va suv tizimlari markazida joylashgan. Ikkinchidan, aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa jihatlar bo`yicha qo`shnilaridan ma‘lum darajada ustunligi bor. Uchinchidan, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy mineral xom ashyo resurslariga ega. To`rtinchidan, respublika nafaqat o`zini- o`zi ta‘minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, gaz, rangli metall va iqtisodiyotning boshqa asosiy tarmoqlariga ega. Beshinchidan, O`zbekistonning jahonga mashhur boy ma‘naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat tsivilizatsiyasida salmoqli o`rin egallab, nafaqat mintaqada, balki dunyoning ma‘naviy va siyosiy jarayonlariga ta‘sir o`tkazib kelgan. Shu bilan birga, geopolitik jihatdan O`zbekistonga qiyinchiliklarni tug’diruvchi omillar ham mavjud. Bu, birinchidan, O`zbekiston geografik-strategik jihatidan qaraganda Markaziy Osiyoda suv resurslari tanqisligi, Orol ekologiyasi ta‘siri kuchayganligidir. Ikkinchidan, bu mintaqada xavfsizlik tizimi yo`lga qo`yilmagan. Uchinchidan, musulmon dunyosidagi ba‘zi kuchli davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan mafaatlari bizning mintaqamizda ham sodir bo`lishi ehtimoldan holi emas. Bizning davlatimiz mintaqada xavf-xatarning bugungi kundagi ikki uchog’i - Afg’oniston va Tojikiston bilan chegaradosh. To`rtinchidan, mintaqada kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgani, uning tarmoqlari talabga javob bermasligi. Ayniqsa, O`zbekistonni bevosita dengizga chiqa olmasligi, uning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi. O`zbekistonning geopolitik imkoniyatlarini inobatga olib, davlat rahbariyati milliy manfaatlarimizga mos keladigan puxta tashqi siyosat olib bormoqda. O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) mafko`raviy qarashlardan qat‘iynazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 3)boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 4) nizolarni tinch yo`l bilan xal etish; 5) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 6) inson huquqlarini va erkinliklarini hurmatlash; 7) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan qoidalar va normalari ustuvorligi; 8) tajovo`zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 9)davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar to`zish, hamdustliklarga kirish va 193 ulardan ajralib chiqish; 10) davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 11) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`ptomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish. Ushbu tamoyillar asosida olib borilayotgan tashqisiyosat natijasida O`zbekistonning xalqaro munosabatlari tobora kuchayib, uning jahon siyosati maydonidagi o`rni va mavqei mustahkamlanib borayapti. Hozir O`zbekistonni 166 davlat tan olgan, dunyodagi 133 ta mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari o`rnatilgan. O`zbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar a’zosi. O`zbekistonda 88 ta chet davlat elchixonasi va vakolatxonalari ro`yxatdan o`tgan, 24ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. 2. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo`lgakiritgan dastlabki kunlaridanoq jahon hamjamiyatiga qo`shildi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. 1992 yil 2 martda O`zbekiston eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qabul qilindi. 1993 yil fevralida Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochilib, ish boshladi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti BMT sessiyalarida xalqaro hayotning muhim masalalarini tinch vositalar bilan hal qilish muammolarini ko`tarib chiqishi va bu borada O`zbekiston Respublikasi va BMT hamkorligida qator tadbirlarning o`tkazilishi mamlakatimizning jahon maydonida ta‘sir doirasining kengayib borayotganidan guvohlik beradi. O`zbekistonda BMTning taraqqiyot dasturi, qochqinlar ishi bo`yicha oliy komissari boshqarmasi, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon oziq-ovqat jamg’armasi, Afg’onistonga insonparvarlik yordami ko`rsatish ishini muvofiqlashtirish vakolatxonasi, giyoxvand moddalarni nazorat qilish bo`yicha dasturi, sanoatni rivojlantirish bo`yicha dasturi, bolalar jamg’armasi vakolatxonasi faoliyat ko`rsatayapti. BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikada xalqaro tadbirlar o`tkazilib turibdi. Jumladan, 1995 yil 15-16 sentyabr kunlari BMT rahnamoligida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan xalqaro seminar bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotlar vakillari mintaqa xavfsizligi, majorolarning oldini olishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. O`zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan holi zonaga aylantirish masalasida ifodasini topdi. O`zbekiston Birinchi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida ushbu tashabbus bilan chiqqan edi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1997 yil fevralida Alma-Atada bo`lgan uchrashuvida mintaqani yadro qurolidan holi zonaga aylantirishga ahdlashildi va ifodasini qabul qilingan Deklaratsiyada topdi. 1997 yil sentyabr oyida Toshkentda “Markaziy Osiyo - yadro qurolidan holi zona” mavzusida xalqaro konferentsiya bo`lib, unda 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan itegratsiyalashuvi, BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. BMTning xomiyligida ta‘lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot- YuNYeSKOga O`zbekiston 1993 yil 29 Oktyabrda a‘zo bo`ldi 1994 yil dekabrda respublikamizda YuNYeSKO ishlari bo`yicha o`z.R. milliy komissiyasi tashkil etildi. YuNYeSKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va ommalashtirishga ahamiyat berilmoqda. Shu bois, uning qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi. YuNYeSKO raxnamoligida 194 Samarqand, Buxoro, Xivaning me‘moriy majmualarini qayta ta‘mirlash ishlari ham olib borilmoqda. Xiva va Buxoro YuNYeSKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. YuNeSKO qarori bilan Mirzo Ulug’bek (1994), Amir Temur (1996) bobokalonlarimizning tavalludlari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi (1997) xalqaro miqyosida nishonlandi. Undan tashqari O`zbekiston Jahon pochta ittifoqi, Jahon Sog’likni saqlash tashkiloti, Osiyo va Tinch Okean xavzasi bo`yicha iqtisodiy va ijtimoiy xay‘at, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Elektr aloqasi bo`yicha xalqaro ittifoq, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO), Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXXT), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, qo`shilmaslik harakati, Bojxonalar hamkoriligi kengashi, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro olimpiya qo`mitasi va boshqa tashkilotlarning a‘zosi bo`ldi Toshkentda Jahon banki, Tinchlik korpusi, Qizil Xoch Xalqaro qo`mitasi, Konrad Adenauer jamg’armasi, Xalqaro valyuta jamg’armasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari ishlab turibdi. O`zbekiston 1992 yilning 30 yanvarda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a‘zo bo`ldi Shundan buyon u ana shu nufuzli xalqaro tashkilot ishlari jarayoniga faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, YeXXT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta sog’lomlashtirish bo`yicha seminarlar o`tkazdi. Orol muammosini xal qilishda ko`maklashmoqda. Shuningdek, Toshkentda YeXXTning aloqalar bo`yicha mintaqaviy byurosi ochildi. O`zbekistonning tashabbusi bilan 1996 yilning sentyabr oyida Toshkentda YeXXT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo`yicha Byurosi (DICHXB)ning “Inson huquq lari bo`yicha milliy muassasalar” mavzusida xalqaro seminar kengashi bo`lib o`tdi. Seminar kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada Ombudsman instituti, inson huquq lari bo`yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish kabi masalalar ko`rib chiqildi. 1996 yil iyul oyida Florentsiya shahrida Yevropa Ittifoqi- bilan O`zbekiston o`rtasida sherikchilik va hamkorlik to`g’risida Bitim imzolandi. 1999 yil may oyida Frantsiya Milliy Kengashi - parlamentining qo`yi palatasi bu Bitimni qo`rib chiqdi va qabul qildi Shunday qilib, O`zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi - o`rtasida sherikchilik va hamkorlik bobidagi bitimni Yevropa Ittifoqiga a‘zo bo`lgan 15 mamlakatning eng so`ngi si bo`lib qabul qildi. MDXga kirgan mamlakatlar orasida bunday sharafga faqat bizning mamlakat va Rossiya muyassar bo`lgan. 1993 yil O`zbekiston azon qatlamini muhofaza qilish bo`yicha Vena Konventsiyasi, azon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoli, atrof- muhitga ta‘sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo`llashni ta‘qiqlovchi konventsiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo`shildi. 1995 yil iyul oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lidahamkorlik” dasturiga qo`shilgandan so`ng bu tashkilot bilan munosabatlari samarali olib borilmoqda. Bu dastur asosida 1995 yilda AQShda 1997 yilda Qozog’iston va O`zbekistonda o`tkazilgan harbiy mashklarida O`zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarining harbiy-texnik tayyorgarligini yanada ko`tarishga xizmat qildi Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston mustaqillik yillarida qisqa vaqt ichida jahonning nufuzli tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, xalqaro miqyosida obrui tobora oshmoqda. 1991 yil 7 sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga binoan O‘zbekiston Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling