Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Birinchi bosqich (1997 – 2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy 
salohiyatini saqlab qolish asosida Ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, 
kadrlar jihatidan, ilmiy – uslubiy, moliyaviy – moddiy shart – sharoitlar yaratish vazifalari 
ro‘yobga chiqariladi. 
Ikkinchi bosqich (2001 – 2005 yillar)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat 
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga 
aniqliklar kiritiladi. 
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil etish va 
umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq 
kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. 
Prezidentning 
2004-yildagi 
farmoni 
asosida 
2004–2009-yillarda 
maktabta’limini 
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dasturdoirasida yangi maktablar qurildi, 
boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq vatabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar 
bilan jihozlandi.Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quvdasturlari, 
davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomilayangilandi hamda fan va 
amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yichatakomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv 
adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lgaqo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab 
turibdi. Ularningmoddiy-texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekistonRespublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq umumiyo‘rta 
ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz yillikmaktabni tugatgan 
barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasbhunarkollejlarida ta’lim olishni davom 
ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimigabosqichma-bosqich o‘tildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 


182 
1-bosqichi(1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqinyangi 
turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga 
yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi,ko‘pgina o‘qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg‘or 
tajribalarini o‘rganishmaqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi. O‘rta maxsus ta’lim 
sohasidaviloyatlarda, joylarda biznes maktabi,kichik va o‘rta maktab uchunkasb-hunar 
kurslarining ochilishi, bozoriqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan 
holda, yangi mutaxassislik (fermer,soliq va bojxona xodimi, audit vahokazo) lar 
kiritildi.Unga binoan,yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirgaqadar 1400 dan ortiq kasb-hunar 
kolleji, 200 ga yaqin akademik litseybunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar 
va oliy ta’limmuassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayonisamarali 
tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga e’tiborqaratilganiga qaramay, bu 
borada qoniqarli natijaga erishilmadi. 
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunarta’limi tizimida tub islohotlar yili 
bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentningvirtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, 
shuningdek, respublikamaktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan 
so‘rovnomanatijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan9+3, ya’ni 
12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi.2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari 
uchun 9 mln. nusxa darsliklarchop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11-yillik 
ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. 
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. 
Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim 
muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri 
davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda 
oladi. Shu bois,bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida 
bog‘chatarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.Maktabgacha ta’lim tizimini yanadatakomillashtirish, 
moddiy-texnika 
bazasinimustahkamlash, 
maktabgachata’lim 
muassasalari 
tarmog‘ini 
kengaytirish,malakali pedagog kadrlarbilan ta’minlash maqsadida O‘zbekistonPrezidenti 
Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgachata’lim tizimini boshqarishni 
takomillashtirishto‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’limvazirligi 
tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgachata’lim vazirligi, Toshkent 
shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi,viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari 
va ularning shahar vatumanlardagi bo‘limlari kiradi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling