Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
Savol va topshiriqlar
1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi haqida ma`lumot bering? 2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini takomillashtirish haqida nimalarni ayta olasiz? 3. Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida ma`lumot bering? 10-mavzu. Mustaqillik yillarida Oʼzbekistondagi maʼnaviy va madaniy taraqqiyoti. Reja: 1. Madaniy uyg‘onish (renessans). Mamlakat hududida sodir bo‘lgan renessanslar (IX-XII, XIV-XV asr) mohiyati. 2. Yangi O‘zbekiston uchinchi renessans tomon tutilgan yo‘l. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. 3. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. 4. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni. IX—XII asrlarda O’rta Osiyo hududida dunyoviy fan va madaniyat bilan bir qatorda islom madaniyati ham rivojlandi va taraqqiy etdi. Jamiyatda mahalliy dinlar, zardushtiylik, buddizm va boshqalar surib chiqarildi. Arab tili va arab yozuvi davlat ahamiyatiga ega bo’lgan til va yozuv darajasiga ko’tarildi. Kishi nomlari, joy nomlari, sanalar, o’lchov birliklari arabchaga o’zgartirildi. Hatto ona yеrimiz Movarounnahr (ikki daryo oralig’idagi joy) nomini oldi. Islom mafkurasi somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar hukmdorlarining ichki va tashqi siyosatda yurg’izgan siyosatida bosh yo’naltiruvchi g’oyaviy kuch bo’lib xizmat qildi. Ular o’zlarining barcha faoliyatlarini islom himoyasi, Muhammad Alayhissalom va Allohu taolo yo’liga sodiqlik bayrog’i ostida amalga oshirar edilar. Jamiyat a'zolari o’rtasida islom diniga, Qur'oni Karimga ehtiyoj kuchaydi, ammo hamma ham Qur'oni Karimni o’qiy olmas, uning mazmunini chaqa olmas edi. Bu Qur'onning mazmunini sharhlash va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada o’lkamizda Qur'oni Karimni sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan ulug’ islomshunos allomalar yеtishib chiqdi. Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Abu Lays ibn Muhammad Samarqandiy, Imom Zamahshariy, Imom 161 Nasafiylar ana shular jumlasidandir. Islom madaniyatining Qur'oni Karimdan kеyin ikkinchi o’rinda turadigan nodir manbalaridan biri Hadislar, ya'ni Muhammad alayhissalomning diniy va ahlokiy ko’rsatmalari, hikmatli so’zlaridir. Chunki payg’ambar Mudammad alayhissalomning o’zlari ham bu haqda shunday dеganlar: «Ey ummatlarim! Mеn sizlar uchun Qur'oni Karim bilan o’zimning sunnatim – yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Siz bu ikkalasini qattiq ushlab, ularga amal qilsangiz, to’g’ri yo’ldan aslo adashmaysiz». Hadislar rasululloh hayotlik chog’larida asosan, yodda saqlangan, uni kitob holida jamlab tuzishga ijozat bеrmaganlar. Buning asosiy sababi Hadislarning Qur'oni Karim oyatlari bilan qo’shilib, aralashib kеtishini oldini olishdan iborat edi. Muhammad alayhissalom hadislari insonlar hayotida, ularning turmush tarzida katta ahamiyatga ega ekanligiga ham diqqatni qaratganlar. Uch xil yo’nalishdagi Hadislar to’g’risida fikr yuritishadi: bu «Musnad», «Sahiyh» va «Sunan»dir. 1. «Musnad» yo’nalishida tasnif etilgan to’plamlarda turli mavzulardagi hadislar bir joyda kеltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko’pa yoki alifbo tartibida joylashtiriladi. 2. «Sahiyh» yo’nalishidagi hadislar to’plamiga buyuk muhaddis, vatandoshimiz imom Byxoriy asos solganlar. Bu yo’nalishda ta’rif etilgan to’plamlarga faqat to’g’ri, ishonarli hadislar kiritilgan. 3. «Sunan» yo’nalishidagi to’plamlarda to’g’ri, ishonarli xadislar bilan bir qatorda «zaif» hadislar ham kеltirilgan. Hadischilikning rivojlanishida IX asr oltin davr hisoblanadi. Buning sababi butun Islom dunyosida eng nufuzli dеb tan olingan oltita ishonchli xadislar to’plamining mualliflari ham xuddi shu asrda yashab ijod qilganlar. Yana shu narsa diqqatga loyiqki, mazkur olti muhaddisning ham dеyarli hammasi O’rta Osiyo tuprog’ida yеtishib chiqqanlar. Ular Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Tеrmiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom Ahmad An-Nasoiy, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazit ibn Mojja kabi zotlardir. Ularning har biri Hadis ilmi rivojiga munosib hissa qo’shgan olimlardan hisoblanadilar. Hozirgi kunda ham butun islom olami ularning ilmiga katta hurmat va ehtirom bilan qarab o’rganib kеlmoqda. Bu davrda Turonzamin hududida moddiy madaniyatning boshqa turlari ham rivojlanib boradi. IX asrdan boshlab O’rta Osiyo qulolchiligida muxim siljish yuz bеradi. IX — XII asrlar badiiy kеramikaning butunlay yangi shakllari paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi. Endilikda badiiy qulolchilik buyumlari bozor uchun ishlab chiqarila boshlanadi hamda shahar va qishloq aholisining kundalik xayotiga kirib boradi. Qulolchilik maxsulotlari tayyorlash bilan hunarmand qulolsozlarning uyushmalari shug’ullana boshlaydi. Ularning ustaxonalari butun boshli ishlab chiqarish mavzеlarini qamrab olgan. O’rta asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma'mun akadеmiyasining porloq yulduzlaridan biri, buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon ibn Ahmad Bеruniydir. U 973 yil 4 sеntyabrda Urganch shahridan 120 km naridagi qadimgi janubiy Xorazmning poytaxti Kat (hozirgi Bеruniy) shahri yaqinida tug’ilgan. Dastlabki ta'limni Urganchda olgan. Hozircha olimning ma'lum bo’lgan 154 nomdagi asarlari gеografiya, astronomiya, tarix gеologiya, gidrogеologiya, gеodеziya, minеralogiya, fizika, kimyo, botanika, farmakologiya kabi soxalarga aloqadordir. Ana shu asarlardan bizgacha faqat 30 tasigina yеtib kеlgan xolos. «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minеralogiya», «Gеodеziya» kabi yirik asarlar olimga tom ma'noda jahon shumul shuhrat va obro’ kеltirdi. U kishilik jamiyati tarixida ilk bor yеrning dumaloq shaklda ekanligini aniqlab, globusni yaratdi. Bu paytda ulug’ alloma endigina 21 162 bahorni qarshilagan edi. Bеruniy chizgan dunyoning gеografik Haritasi ko’p yillar sayyoxlarga yo’llanma bo’lib kеlgan. U yеrning radiusini aniqlagan, hatto proеktsiyaning (buyumning tеkislikdagi aksi, tasviri) uch xilini topganligi ma'lum. Buyuk mutafakkir o’z asarlarida Xristofor Kolumbdan 460 yil avval Amеrika qit'asi borligini bashorat qilgan. Bеruniy o’zining 45 dan ortiq falakiyotga oid asarlarida Kopеrnikdan qariyb bеsh asr ilgari olamning markazi Еr emas, Quyoshdir dеgan xulosa chiqardi, Yerning Quyosh atrofida aylanishini birinchi bor o’rtaga qo’ydi. Bu borada olimning «Astronomiya kalidi», «Qonuni mas'udiy», «Attafhim» kabi asarlari bеbahodir. Bеruniyning yirik asarlaridan biri «Al osorul boqiya anil qurunil xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»)dir. 27 yoshlik chog’ida yozgan bu asarda alloma o’zining hayotiy kuzatuvlari asosida yunonlar, Rumoliklar, forslar, so’rdiylar, xorazmiylar, yahudiylar, arablar va boshqa xalqlarning yilnoma (kalеndar) tizimlarini bir-biriga taqqoslab, ularning kеlib chiqish tarihini tahlil qilib bеradi. Bu asarda yana Turonzamin xalqlarining tarixi, urf-odati va madaniyatiga oid masalalar ham o’z ifodasini topgan. IX asrda yashab ijod etgan vatandoshimiz ulug` siymo va allomalardan biri Ahmad Farg`oniydir. U haqida ma'lumot bеruvchi tarjima hujjatlar dеyarli yo`q darajada. Ahmad Farg`oniy filolog olim Aziz Qayumovning («Ahmad al-Farg`oniy», T.: Fan, 1990) ma'lumotlariga qaraganda yoshlikdan fanga, ilm olishga chanqoq bo`lib o`sgan. U asosan tabiiy fanlar: falakiyotshunosliq matеmatika, gеografiya kabi fanlar bo`yicha ijod qilgan. Ahmad Farg`oniyning ijodiy faoliyati Bag`dod bilan, ulur mutafakkir olim Muhammad Ibn Muso al- Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko`rsatgan «Baytul Hikma» bilan bog`liqdir. U arab atamashunosligining paydo bo`lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo`shdi. Bag`dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga shaxsan qatnashdi. Bag`dodning Raqoq, nomi bilan ataluvchi mavzеsida qurilgan Rasadxona qoshida tashkil etilgan falakiyotshunoslik maktabiga rahbarlik qildi. Ahmad Farg`oniy zamondosh, kasbdosh olimlar va shogirdlari bilan hamkorlikda Ptolеmеy «Yulduzlar jadvali»dagi ma'lumotlarni tеkshirish ishlarini olib bordi. Uning fa'lakiyotshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot ishlari ijodiy samaralar bеrdi. Taniqli olim Omunulla Fayzullaеv («Ahmad al-Farg`oniy» — «Fan va turmush», 1992, 9—10-sonlar) ma'lumotlariga qaraganda Axmad Farg`oniyning oltita kitobi dunyoga ma'lum va mashhurdir. «Kitob Fi Usul ilm an-Nujum» («Falakiyot ilmining usullari haqida kitob»). Bu risolaning asl qo`lyozmalari matni bir xil bo`lsada, bеsh nom ostida saqlanadi. Ya'ni Almajistiyga bag`ishlangan «Falakiyot risolasi», «Falak sfеralari sababiyati», «Al-Majistiy» (Ptolеmеyning «Almagеst» asari), «Ilm al-haya» («Falakiyot ilmi») dеb ataladi. Bu nodir qo`lyozmalar Angliya, Frantsiya, AQSh, Marokash, Misr va Sankt-Pеtеrburgda saqlanmoqda. Olimning “Al-Farg`oniy jadvallari” (qo`lyozmasi) «Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob» Hindistonda, «Oy, Yerning ustida va ostida bo’lganida vaqtni aniqlash risolasining qo`lyozmasi Qoxirada, «Yetti iqlim hidi asarining qo`lyozmasi Olmoniyada, «Usturlob yasash haqidagi kitob» qo`lyozmasining to`rtta nushasi Bеrlin va Parijdadir. Ahmad Farg`oniy bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo`shdi. Hususan, uning 812 yilda Quyosh tutilishini oldindan bashorat qilishi, Yerning dumaloq shar shaklida ekanligini ochganligi olimga shuhrat kеltirdi. Kеyinroq Misrda yashagan chog`ida Nil daryosi suvini o`lchaydigan asbob yasagan. Bu 163 asbob tutash idishlar qoidasiga asoslangan bo`lib, hozirgacha saqlanadi. Ahmad Farg`oniyning falakiyotga oid yirik ilmiy asarlaridan biri «Samoviy Harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob»dir. Bu asar «Astronomiya nеgizlari» dеb ham yuritiladi. Unda buyik mutafakkir o`zi yashagan davrdagi falakiyotga oid bilimlarni tartibga soldi. O`zi-ning yangi xulosa va natijalari bilan boyitdi. Falakiyot ilmiga oid asboblar, Quyosh soatlarining bayonini bеrdi. O`sha davr an'anasiga muvofiq mamlakatlarni еtti iqlimga bo`lib o`rgandi, joylarning gеografiyaga oid koordinatlarini Sharqdan G`arbga yo`nalishda bеrdi. Falakiyotga oid bilimlar qomusi hisoblanmish mazkur asar Ovrupoda Kopеrnikkacha bo`lgan falakiyot ilmidan asosiy qo`llanma bo`lib hizmat qildi. O`zidan kеyingi olimlar uchun ijobiy samaralar bеrdi. Olimning stеrеografik proеktsiyalar nazariyasini undan ming yil kеyin buyuk matеmatik Eylеr XVIII asrda gеografiyaga oid xaritalar tuzish nazariyasiga tatbiq qildi va «Katta gеografik xarita»ni tuzishda ishlatdi. Undan tashqari komplеks o`zgaruvchan miqdorlar tеkisligi, noеvklid gеomеtriyalar, Lobachеvskiy tеkisligining Bеlt-rami-Klеyn proеktsiyasi kosmografiyalarning zaminida ham Ahmad Farg`oniyning shu nazariyasi yotadi. XII asrdayoq alloma asarlarining lotin tiliga tarjima qilinishi va butun Еvropaga tarqalishi bu fikrimizning isbotidir. Еvropa ilmiy muhiti farg`onalik allomaga katta hurmat bajo kеltirgan. Еvropaliklar Ahmad Farg`oniyni o`zlaricha talaffuz etib, «Al Fraganus» dеb ataganlar. Hatto bu nomni buyuk Dantе ham ehtirom ila tilga olgan. Ahmad Farg`oniy asarlari lotin, olmon, ingliz frantsuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Mustaqillik sharofati bilan allomaning 1998 yili 1200 yillik yubiley sanasi nishonlandi. XI asrda yashab ijod qilgan Mahmud Koshg’ariyning hayoti va ijodiy faoliyati to’g’risida yеtarli ma'lumotlar bizgacha yеtib kеlmagan. Shu bois olimning to’g’ilgan yili va vafoti sanasi ham ma'lum emas. Uning to’liq ismi Mahmud ibn Muhammad Koshg’ariydir. Bobosi Muhammad va otasi Xusayn, Koshg’ardagi Bеrеgon shahridan bo’lgan. Koshg’ariylar oilasi Bolasog’unga (Qirg’izistonning hozirgi To’qmoq shahri) ko’chib kеlishganda Mahmud hali yosh bola edi. Bo’lajak olim o’z davrining madaniy va ilmiy markazlaridan biri bo’lgan bu shaharda qunt bilan o’qidi, arab, fors tillarini o’rgandi. U yoshlik chog’ida xalq jonli tilidagi so’z va iboralarni, xikmatli so’z, maqollarni astoydil o’rgandi, ularni qunt bilan yozib bordi, Har bir so’z, iborani sharhlash va ma'nosini aniqlashga intildi. Ana shu qiziqish tufayli Mahmud Koshg’ariy turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarini puxta o’rganish maqsadida butun O’rta Osiyoni kеzib chiqdi. O’zi to’plagan boy dalillar asosida xalqimizning buyuk olimi «Javohirun nahv fi lug’ati turk» («Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari») va «Dеvonu lug’atit turk» («Turk tilining lug’ati») asarini yozgan. Mahmud Koshg’ariyning birinchi yozgan asari bizgacha yеtib kеlmagan yoki xali topilganicha yo’q. Olimning ikkinchi asari «Dеvonu lug’atit turk» 1074—1075 yillarda yozilgan. Bu xaqda asarning o’zida quyidagi fikrlar beyon etiladi: «Bu kitobni yozgan yilimiz to’rt yuz oltmish oltinchi yilning muharram oyida ilon yili kirgan edi». Bu nodir qo’lyozma asar hozir Istambulda saqlanmoqda. Asar muqaddima va lug’at qismdan iborat bo’lib, madaniy mеrosimizda aloxida o’rinni egallaydi. Chunki unda olim dunyo Haritasini ham ilova qiladi va Rus (kichik Osiyo) dan to Xitri hududlarigacha cho’zilib kеtgan yеrlarda yashovchi turkiy xalqlar tarixi, gеografiyasi, etnogеnеzi, urf-odatlari, turmush tarzi, madaniyati to’g’risida g’oyatda qimmatli ma'lumotlarni bеradi. Asarda turkiy qavm-urug’lar: qipchoq, ug’uz, yamak, boshqirt, basmil, qay, yaboku, 164 tatar, qirg’iz, chigil, yag’mo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uyg’ur, tangut, tabg’ochlardan tashkari, yana fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma'lumotlar bor. «Dеvonu lug’atit turk»da turkiy xalqlar og’zaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ortiq shе'riy parchalar, maqollar, xikmatli so’zlar va lavxalar bеrilgan. Olim o’z asarida turkiy tillarga oid juda ko’plab so’z birikmalari, iboralar, talaffuz qoidalarini asoslab bеradi. Bu jixatdan mazkur asarni oddiy lug’at dеb emas, balki mukammal ishlangan grammatik qo’llanma sifatida qaramoq lozim bo’ladi, Mahmud Koshg’ariyning asarida Turkistondagi ba'zi shaharlarning nomlari, sharh-izoxlar ham bеrib o’tilgan. Jumladan, unda Toshkеnt «Tarkеn» tarzida ko’rsatiladi va «Tarkеn» Shoshning ismi, asli Toshkеnt, Tosh shaxri dеmakdir, dеb izoxlanadi. Samarqandning asli nomi «Samiz kand» — katta shahar dеb ta'riflanadi. «Dеvonu lug’atit turk»da olim turkiy yozuv to’g’risida g’oyatda qimmatli fikrlarni bayon qiladi va 18 harfdan iborat turk (uygur) alifbosini kеltiradi. Asarda imlo masalasida ham muxim ma'lumotlar bor. Xullas, shе'riy usulda qalamga olingan buyuk muta-.fakkir Mahmud Koshgariyning asarida yuksak ezgulik goyalari, mеxnatsеvarliq shaxsiy kaxramonliq ganimlarga nafrat kabi kdrashlar o’z ifodasini topgan. «Dеvonu lugatit turk» jahondagi juda kuplab xalqlarning til-lariga (tu jumladan nеmis, turk va ozarbayjon tiliga) tarjima qilingan. Asarning ahamiyatiga baxo bеrib, V. V. Bartold kuyidagilarni yozgan edi: «Mahmud xaеt vokеalarini, fakt va dalillarii o’z ko’zi bilan kurib, bilib yozgani uchun bu asar hamon o’zining ilmiy, tarixiy, ma'rifiy kimmatiii saklab kеlmokda». Qoraxoniylar saltanati davrining buyuk siymolaridan biri bolasog’unlik ulug’ olim Yusuf Xos Hojib bo’lib, u o’zining hozircha bizga ma'lum bo’lgan yagona didaktik badiiy-falsafiy «Qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari bilan jahonga mashxur va ma'lum bo`ldi. Adabiyotshunos olim Qayumjon Karimov Yusuf Xos Hojibning dunyoga kеlishi va ulug’ bir siymo sifatida tanilishi ob'еktiv hayotiy va qonuniy zarurat bo’lganligini quyidagicha ifoda etadi: «O’sha vaqtda yagona qo’l ostida birlashgan ulkan davlatni boshqarish, xayotni to’g’ri izga solish yo’l-yo’riqlarini ko’rsatib bеruvchi donishmand kеrak edi, Shunday kishi topildi. Bu Yusuf edi. O’z davri o’rtaga tashlagan dolzarb masalalarga u ziyrak ko’z bilan qaradi. Shu bois uning 13,5 ming misradan iborat kеng Xajmli «Qutadg’u bilig» nomli chuqur g’oyaviy-falsafiy- didaktik asari maydonga kеldi». Yusuf Xos Hojibning xayotiy yo’li va faoliyatidan darak bеruvchi birorta manba yo’q, to’g’ilgan yili va vafoti ma'lum emas. Faqat ulug’ adibning «Qutadg’u bilig» asaridagi ma'lumotlar asosidagina uning to’g’risida ba'zi bir xulosalar chiqarish mumkin. Yusuf Bolasog’unda, ziyoli oilasida to’g’ilgan. Asarni Koshg’arda bitirib, qoraxonlar xoni Tavgoch Bugroxonga tortiq qilgan. Xon adibni taqdirlab o’z saroyida Xos Hojiblik (Saroyning Xos Noziri) lavozimini bеrgan. Shundan so’ng Yusuf Ulug’ Xos Xojib nomi va laqabi bilan shuxrat topgan. U o’z asarini xijriy 462 (milodiy 1069—70) yilda ellik yoshlik chog’ida o’n sakkiz oyda yozgan: Tеgurdi mеnga elgi ellik yashim, Qug’u qildi quzg’un tusitеt bashim. Dеmak, adibning so’zlariga qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, asar (1069—70) yozilgan paytda u 50 yoshlarda bo’lsa, bundan ayon bo’ladiki, Yusuf xijriy 412 (milodiy 1019 — 20) yilda to’g’ilgan. O’z davrining yirik ma'rifat va madaniyat o’chog’i bo’lgan Bolasog’unda 165 bo’lg’usi adib maktab va madrasalarda o’qib mukammal bilim olgan, arab, fors, tojik tillarini o’rgangan, falsafa, mantiq matе-matika, va boshqa fanlarni egallagan. U davlat va idora ishlari bilan qiziqqan. Sharq alloma va donishmandlarining bu soxadagi fikr-mulohazalarini kuzatgan. Turkiy tilda yozilgan didaktik pandnoma-falsafiy «Qutadg’u bilig» asari muqaddima va xotimadan tashqari 73 bobdan iborat. Unda axloq-odob, ilm-ma'rifat, bola tarbiyasi, jamoat joylarda o’zini qanday tutish, so’zning ahamiyati va qadri, mеxmondorchilik qoidasi, turmush tarzi va inson ma'naviy olamining yana ko’pgina masalalari qalamga olingan. Ma'rifat jarchisi bo’lgan Yusuf Xos Hojib markazlashgan kuchli davlat barpo etish uchun kurashuvchi donishmand, adolatli hukmdor qiyofasini ham chizadi. U xalq va davlat, davlat boshlig’i va fuqaro, olim va hokim, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar, hukmron tabaqalarning hokimiyat, xalq oldidagi burchi haqida g’oyatda zarur muammolarni ilgari suradi. Ulug’ olim o’ta ziyraklik va donishmandlik bilan ziyolilar, dеhqonlar, chorvadorlar, kosib- hunarmandlar, savdogarlar, kambag’al-qashshoklar va boshqa barcha ijtimoiy guruh toifa va tabaqalarning xayot tarzlari, dunyoqarashlari, odatlari, axloqlari haqida falsafiy mulohazalar silsilasini yaratdi. Falakiyot, gеografiya, tarix mardumshunosliq etnografiya, tibbiyot, jabru muqobala, riyoziyot, xandasa, ilmi nujum, huquqshunoslik, ijtimoiyot kabi fanlardan ma'lumotli bo’lishni tashviq-targ’ib etadi. Bularning har qaysi biri yana alohida-alohida nomlarga ega. Adolatning nomi Kuntug’di. U asarda elig, ya'ni podsho vazifasida kеladi. Davlatning nomi Oyto’ldidir. U vazir mansabida bеriladi. Aql, zakovat esa O’gdulmish bo’lib, Oyto’ldining o’g’li sifatida namoyon bo’ladi. Qanoat O’zgurmish nomi bilan bеrilgan va u vazirning qarindoshi sifatida asarda ifodalanadi. Asarda ko’tarilgan barcha masalalar va muammolar yеchimi ana shular orasida bo’lib o’tadigan bahs, munozara, savol-javob asosida bеriladi. Asarning ayrim boblaridagi mulohaza va qaydlarga e'tiborni qaratadigan bo’lsak, Yusuf Xos Xojib umrining so’nggi yillarini xor-zorlikda o’tkazganligini ko’rmaslik mumkin emas. Jumladan, «Kitob egasi Yusuf Ulug’ Hojib o’ziga pand bеradi». «Zamona buzuqligini, do’stlar jafo-sini aytadi» boblarida mazkur fikrni tasdiqlovchi lavxalarni uchratish mumkin. «Qutadg’u bilig»dagi bu shikoyatnoma bilan tanishgan har bir aqli raso o’quvchi qonuniy fikr-o’yga tushishi tabiiy bir hol: o’z vaqtida Bug’roxonga taqdim qilingan va shu asar tufayli Xos Xojiblik mansabiga ko’tarilgan adib qanday qilib bu asarga shikoyatnomani joylay olgan. Bizningcha, mazkur asarning bir nusxasi shoirning tasarrufida saqlangan bo’lishi mumkin. Xayotining so’nggi g’am-hasrat bilan to’la kunlarida kitobi unga hamdard va hamroh bo’lgan. Ana o’sha paytlarda yuqorida zikr qilingan hasbihol shikoyatnomani adib o’z asariga ilova tarzida kiritgan. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari xalqaro maydonda tan olingan asardir. Bu kitobni chinlilar (xitoyliklar) «Adabul muluk», mochinlilar (turkistonliklar) «Zaynatul umaro», eronliklar «Shohnomai turkiy», turonlar «Qutadg’u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk» dеb bеjiz atamaganlar. Dunyodagi juda ko’p xalqlarning tillariga tarjima qilingan «Qutadg’u bilig» dostoni V. Radlov, S.3.Maloе, A. Fitrat, A.A.Valitova, N.M.Malayеv, Q.Karimov, Boqijon To’xliеvlar diqqatini tortgan va puxta o’rganilgan. Xullas, Yusuf Xos Hojibning mazkur dostoni xalqimiz ma'naviy boyligining eng muxim durdonalaridan hisoblanadi. 166 Turkiy adabiyotning yirik va zabardast vakillaridan biri Ahmad Yugnakiydir. Uning xayotiy va ijodiy yo’li to’g’risida dеyarli hеch narsa sakanib qolmagan. Adibning bizgacha yеtib kеlgan yagona mеrosi «Hibatul-Haqoyiq» («Haqiqatlar armug’oni»)dir. Ana shu asarning faqat bir baytida shoir o’z nomini tilga oladi. Taniqli adabiyotshunos olim Natan Mallayеvning bеrgan ma'lumotlariga qaraganda: «Adib Ahmad, otasining ismi Mahmud, vatani Yugnak (Yugnak yoki yug’noq nomli joy Farg’ona vodiysida ham, Turkiston va Samarqand atrofida ham bo’lgan. Lеkin Ahmad Yugnakiyning bulardan qaysi birida tavallud topgani aniq emas, kitobning nomi «Hibatul haqoyiq» («Haqiqatlar armug’oni») ekani ma'lum». «Hibatul-haqoyiq» ning 1480 yilda ko’chirilgan nusxasidagi noma'lum shahs tomonidan yozilgan qaydda dostonning 254 bayt 14 bobdan iborat ekanligi aytiladi. Ammo «Hibatul-haqoyik»ning o’sha 1480 yilda ko’chirilgan nusxasi esa 235 bayt va II bob-dan iboratdir. Ehtimol, dostonni ko’chirgan kotib Abdurazzok Baxshiy uni qisqartirilgan nusxasidan ko’chirgan bo’lishi mumkin. «Hibatul-haqoyiq»ning birinchi bobi (1 — 10 baytlar) Xudoga, ikkinchi bobi (11 — 19 baytlar) payg’ambar va to’rt xalifaga bag’ishlab yozilgan. Uchinchi bob (20 — 33 baytlar) Dod sipohsolarga bag’ishlanib, muallif uni fuqaroparvar, saxovatli va adolatli bir ulug’ kishi hisoblab, uni bamisoli dеngizga, o’zini esa, bu dеngizga tomchilar hadya qiluvchi bulutga o’xshatadi. To’rtinchi bob (34 — 39 baytlar) asarning yozilishi sabablariga bag’ishlangan. Asosiy qism bеshinchi bob (40 — 62 baytlar) dan boshlanadi. U bilim maqtovi va joxillikning zarariga bag’ishlangan. Oltinchi bob (87 — 110 baytlar) dunyoning foniyligi, sakkizinchi bob saxiylik va baxillik to’qqizinchi va o’ninchi boblar (176 — 226 baytlar) turli xil masalalarga bag’ishlangan. Va, nixoyat, o’n birinchi — o’n to’rtnpchi boblar (227 — 235 baytlar) kitobning xotimasidir, Ahmad Yugnakiyning shе'riy uslubda yozilgan «Xiba-asari o’zbеk adabiy mеrosining buyuk namunasi sifatida uning kеyingi taraqqiyotiga katta xissa qo’shdi. Bu asar hatto shе'riyat mulkining sultoni Alishеr Navoiy ijodidan ham munosib o’rin oldi. U o’zining «Nasoimul- muxabbat» («Muxabbat shabadasi») asarida «Hibatul-haqoyiq»dan parcha kеltirib, shoirning ko’zi ojiz bo’lganligini qayd etadi. Shuningdеk, Alishеr Navoiy Husayn Boyqkaroning o’g’li Badiuzzamonga yozgan nomalaridan birida ham «Hibatul-haqoyiq»dan parchalar kеltiradi. Doston dunyo xalqlarining bir nеcha tillariga tarjima qilingan. Rus olimlari Е. E. Bеrtеls, S. Е. Malov va boshqalar Ahmad Yugnakiy dostonini chuqur o’rganib, unga yuksak baho bеrganlar. Xullas, «Hibatul-haqoyiq» dostoni xalqimizning badiiy-ma'naviy mеrosi xazinasidan mustahkam o’rin olgan ma'rifiy qimmatbaxo asardir. Xorazmiy, Abu Ja'far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy – o‘rtaosiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma'lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo‘lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so‘ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an'analari asosiy rol o‘ynagan. Xalifa Horun ar – Rashidning o‘g‘li va uning Xurosondagi voliysi al – Ma'mun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819 yilda Bag‘dodni egallagan al – Ma'mun turkistonlik olimlardan Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy, Ahmad al – Farg‘oniy, Habash al – Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o‘zi bilan olib ketib, o‘ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa – «Bayt ul – hikmat» («Donishmandlik uyi») ning o‘zagini tashkil etgan. Bu akademiyada al – Xorazmiy 167 yetakchi olim va ilmiy rahbar bo‘lgan. U shu davrdan boshlab Bag‘dodda al – Ma'mun (813 – 833), so‘ng al – Mo‘tasim (833 – 842), al – Vosiq (842 – 847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan. Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular «Al–jabr va al–muqobala hisobi haqida qisqacha kitob» – algebraik asar, «Hisob al– Hind» («Hind hisobi haqida kitob») yoki «Qo‘shish va ayirish haqida kitob» – arifmetik asar, «Kitob surat–ul–arz» («er surati haqida kitob») – geografiyaga oid asar. Astronomiyagaoidasarlari: «Zij» («Astronomik jadval»), «Kitab al–Amal Bil Usturlabat» («Usturlob bilan ishlash haqida kitob»), «Quyosh soati haqida risola». Tarixga doir asrlari: «Kitob at–ta'rix» («Tarix kitobi»), «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola». Xorazmiyning algebraik risolasining to‘liq nomi – «Al–kitob al–muxtasar fi hisob al–jabr va al– muqobala». Risolaning nomidagi «al – jabr» va «al–muqobala» so‘zlari «to‘ldirish» va «ro‘para qo‘yish» – o‘rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi. «Aljabr» so‘zi lotincha transkripsiyada «algebra» bo‘lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi. Burhoniddin Marg‘inoniy (to‘liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al – Farg‘oniy al – Rishtoniy al – Marg‘inoniy (Marg‘ilon – tarixiy manbalarda Marg‘inon deb yozilgan)) – buyuk faqh olimi, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so‘ng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta'lim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqhi sifatida nom qozondi. Shayxulislom bo‘lib yetishdi. 1149 yil haj safariga bordi. Burhoniddin Marg‘inoniy Samarqand shahardagi Chokardiza qabristonga dafn etilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning ilmiy merosi ham boy bo‘lib, uning mohir qalamiga mansub quyidagi asarlar mavjud: «Bidoyat ul – mubtadiy» («Boshlovchilar uchun qo‘llanma») – fiqh bo‘yicha asosiy asari. Bu asarni Burhoniddin Marg‘inoniy hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al – Quduriy (1029 yilda vafot etgan) va Muhammad ash – Shayboniy (884 yilda vafot etgan) asarlariga tayanib yozgan. «Bidoyat ul – mubtadiy» kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo‘lgan. Shu sababli Burhoniddin Marg‘inoniy 8 jildli sharh – «Kifoyat ul – Muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta'limot»)ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida 1178 yil «Kitob al – Hidoya» (qisqacha nomi «Hidoya» – «To‘g‘ri yo‘l»)ni yaratadi. «Nashr al – mazhab» («Mazhabning tarqalishi»). «Kitob at – tajnis val – maziyd» («Fuqarolik huquqini taqdim etish»). «Kitob ul – faroiz» («Majburiyatlar haqida kitob»). «Maziyd fi furu ul – hanafiy («Hanafiya mazhabiga qo‘shimchalar») kabi asarlarini yozib qoldirgan. Burhoniddin Marg‘inoniy o‘z asarlarida ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuyg‘usi, o‘z 168 davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, o‘zganing mol – mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr – oqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo‘lidagi fidoyiligi, kamtarligi o‘z asarlarida biron marta ham «men» degan so‘zni ishlatmay, «bu zaif banda aytadi», deya hokisorlik bilan izoh berishida ham ko‘rinib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin Marg‘inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo‘yicha) 2000 yilda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg‘ilon shahrida markazida Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o‘rnatildi. O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri madaniyati xususida gap borar ekan, bunda uning muhim tarkibiy qismi, xalq dahosi mahsuli bo‘lgan badiiy adabiyot va uning ajoyib namoyandalarining serqirra ijodi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. IX – XII asrlar davri madaniyati ayni paytda yuksak darajada ravnaq topgan badiiy adabiyot namoyandalari ijodida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu davrda O‘rta Osiyoda forsiy va turkiy adabiyotning ajoyib durdona asarlari yaratildi. Garchi o‘lkada rasmiy davlat tili sifatida arab tili va uning grammatikasi hukm surgan bo‘lsa-da, biroq o‘lkada mustaqil davlatlarning tashkil topishi va rivojlanib borishi davomida fors va turkiy adabiyot ham o‘sib, uning zabardast vakillari ijodi sayqal topib bordi. Somoniylar va g‘aznaviylar hukmronligi davrida yashab ijod qilgan Abu Abdullo Rudakiy, Daqiqiy, Abu Shukur Balxiy, Abulqosim Firdavsiy kabi daho shoirlarning forsiydagi ijodi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Garchi XV asr boshidan ichki nizolar, o‘zaro kurashlar mamlakat ichki hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazgan bo‘lsa-da, lekin temuriy hukmdorlardan Shohrux Mirzo (1405-1447), Mirzo Ulug‘bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-1469) davrilarda ichki osoyishtalik, ma’rifat va madaniyatga katta e’tibor berilishi tufayli ilmu-fan va madaniyat sohasi yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana Sharqning ma’rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oldi. Bu vaqtda nafaqat poytaxt Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, shoiru-me’morlar, bastakoru-naqqoshlar guruhlari to‘plana boshlaydi. Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, SHeroz ham o‘ziga xos madaniy markazlar rolini o‘ynay boshlaydi. Tarixda ma’rifatparvar va oqilligi bilan nom chiqargan Shohrux (1405-1447) davrida asriy ilm-fan, madaniyat, an’analari qayta jonlana boshlagan edi. Shohrux Hirot, Balx shaharlarini qayta tikladi, Chingizxon yurishi vaqtida vayron bo‘lgan Marv shahri qayta barpo etildi, unga Murg‘ob daryosidan ariq qazdirilib, shahar suv bilan ta’minlandi. Xurosonning barcha shaharlarida obodonchilik, qurilish ishlariga katta e’tibor berildi, qator madaniy-ma’naviy xarakterdagi imoratlar qurildi. Shohruxning o‘g‘illari Mirzo Boysunqur Hirotda, Ibrohim Sulton SHerozda ilm-fan, ma’rifat yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Shohruxning xotini Gavharshodbegim Hirotda barpo etgan me’moriy majmuasi hozirda shaharning eng diqqatga sazovor joyi hisoblanadi. Hirotdagi eng gavjum joylardan biri Shohruxning o‘g‘li Boysunqur tashkil etgan «Kitobxona» nomini olgan joy bo‘lib qoldi. Bu yerda o‘z davrining eng sara kitoblari qayta 169 ko‘chirilar, sotib olinar va sotilar edi. Bu paytda hukmdor va amaldorlarning homiyligi natijasida tasviriy san’at, amaliy san’at, hattotlik san’ati ayniqsa o‘z rivojini maromiga yetkazdi. Mirak naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san’ati ham o‘z faoliyatini shu yerdan boshlagan edi. Hirotlik va xurosonlik ko‘plab badavlat zodagonlar, savdogarlar ham ilm-fan, madaniyatga homiylik qila boshlaydilar. Masalan, Shohrux davrida yashagan taniqli zodagon Hoji Arslon tarxon o‘zining ma’rifatparvarligi bilan nom chiqargan edi. Lekin, har holda hukmdorlar ichida ilm-fan, ma’rifat va madaniyatga yetarli homiylik qilgan shaxs-bu o‘zi ham buyuk olim bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek hisoblanadi. Birinchi Prezident I.Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida buyuk olim va davlat arbobi xususida jumladan quyidagi yuksak ehtiromni aks ettiruvchi e’tirofni qayd etgan edi: «Buyuk Amir Temurning nabirasi, benazir alloma Mirzo Ulug‘bekning o‘rta asrlar sharoitida namoyon etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan qo‘ymaydi». Mirzo Ulug‘bek uning zamondoshlari, muarrixlarning xabar berishlaricha, sharq mutafakkirlari, ular orqali yunon mumtoz ilmiy asarlaridan xabardor bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek zamondoshi G‘iyosiddin Koshiyning yozishiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek o‘ta zukko va juda ilmli shaxs bo‘lib, Qur’oni karimni yod bilgan, arab va fors tillarini yaxshi bilib, tafsir va hadis ilmi bobida bilimdon inson, fikh, mantiq, adabiyot, musiqa, riyoziyot va falakiyot ilmlarini chuqur bilgan qomusiy olim bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek islom olamida ilk bora hukmdorlik va olimlik darajasini birgalikda olib bordi. U Movarounnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. Xususan Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz) ilm-fan markazlariga aylandi. U 1417 yil Buxoro, 1420 yili Samarqandda, 1433 yillarda G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandning obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo‘lib, Go‘ri Amir, Shohizinda me’moriy majmualarini oxiriga yetkazadi. Shohi Zinda majmuasida masjid, peshtoq, chortoq quriladi. Mirzo Ulug‘bek davrida Registon maydoni shakllandi, unga Ulug‘bek madrasasidan tashqari xonakoh, karvonsaroy, o‘ymakor yog‘ochlar bilan bezalgan Muqatta masjidi bino etildi. Shuningdek, Ko‘kaldosh jome masjidi ham qurib bitkazildi. Ushbu me’moriy binolardan faqat Ulug‘bek madrasasi asrlar silkinishlariga dosh berib, majmuadan yagona yodgorlik bo‘lib qoldi. Shuningek, Samarqandda barpo etilgan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, Chilustun (qirq ustun) va Chinnixona saroylari o‘zlarining me’moriy qurilishi kompozitsiyalari bilan ajralib turgan. Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur Chilustun va Chinnixona saroylarining ko‘rkam va juda muhtasham bo‘lganligini ta’kidlab o‘tgan edi. Mirzo Ulug‘bek boshqa shaharlardagi me’moriy obidalar qurilishi masalasiga ham e’tibor bilan qaragan. Ular orasida Shahrisabzdagi Ko‘k gumbaz masjidi o‘zining hashamatliligi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi Gumbazi Sayidon yodgorligi qayta tiklandi. Hadisi sharifdagi ”Ilm olmakka intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarz” degan ibora Buxoro madrasasi peshtoqiga shior sifatida o‘yib yozdirib qo‘yiladi. Xususan, u Samarqandga o‘z zamonasining yirik, taniqli olimlarini chorlashga harakat qilgan. Uning sa’yi-harakatlari tufayli zamonasining 100 dan oshiq olimlari Samarqandga yig‘ildilar. Ular orasida Taftazoniy, Mavlono Ahmad, o‘z zamonasining “Aflotuni” deb nom 170 olgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, Muhammad Hafoviylar va boshqa taniqli zotlar ham bor edi. 1420 yil Samarqand madrasasi ochilganda, unda 100 dan ziyod talaba o‘qigan, madrasada 50 tadan ko‘proq talabalar uchun maxsus hujralar mavjud bo‘lgan. Zayniddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yili Samarqand madrasasi ochilganida unda 90 tadan oshiq olim qatnashgan. Ilk ma’ruzani Mavlono Hafoviy o‘qigan. Keyinchalik o‘z zamonining taniqli kishilari Abdurahmon Jomiy, Xo‘ja Axror va boshqalar ham Samarqand madrasalarida tahsil olganlar. Shuningdek, Samarqandda bu davrda bir necha boshqa madrasalar ham bo‘lib (Xonim, Feruzshoh, Shohmalik, Qutbiddin va boshqalar) u yerlarda ham salohiyatli olimlar dars berishar edi. 1424-1429 yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori bo‘yida Mirzo Ulug‘bek rasadxona qurdiradi. Rasadxona o‘sha davrning noyob inshootlaridan bo‘lib, u doira shaklida barpo etilgan, imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m.dan iborat 3 qavatli bino bo‘lgan. Binoning ichi bir necha xona, aylana zal, maxsus tekshirish xonalaridan iborat bo‘lib, u yerlarda maxsus asbob-uskunalar joylantirilgan. Rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezalgan bo‘lib, xalq ichida shuning uchun “Naqshi jahon” degan nom bilan shuhrat topgan edi. Samoni kuzatish va o‘rganish borasida G‘iyosiddin Jamshid yordamida astronomik o‘lchov asbobi-ulkan sekstant o‘rnatilingan. Bu sekstant, o‘z navbatida, Sharqdagi eng katta astronomik asbob o‘lchovi hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy, Abu Mahmud Xo‘jandiy, usta Ibrohim) qo‘li bilan ko‘plab zaruriy astronomik o‘lchov asboblari ham yasaldi va o‘rnatildi. Rasadxona qoshida shuningdek 15.000 jilddan iborat kitob saqlanadigan boy kutubxona ham bo‘lgan. Uning atrofida olimlar yashaydigan yer-chorbog‘lar Bog‘imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topdi. Ulug‘bek Samarqandda o‘ziga xos astronomiya maktabini yaratdi. Rasadxonada Ulug‘bek bilan bir qatorda o‘z zamonasining mashhur matematigi va astronomlari Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad), G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bekning shogirdi o‘z davrining “Ptolemey”i nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi (Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar yelkama-yelka turib ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Rasadxonadagi tadqiqotlar natijasida 1018 ta yulduzning o‘rni va holati (koordinatlari) aniqlanib, astronomik jadvali tuzildi. O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq o‘lkalari bo‘ylab joylashgan 683 geografik punktlarning joylashuvi Samarqand kenglik koordinatlari bilan belgilab chiqildi. Matematika fani sohasida Ulug‘bek maktabi yaratgan - o‘nlik darajali algebrali tenglama yechilib, bir darajali yoyning sinusi aniqlangan. Shu jihatdan buyuk olimning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali) nomli asari diqqatga sazovordir. Bu asar 1437 yil yozib tugatilgan bo‘lsa-da, olim umrining oxiriga qadar unga yangi natijalarni kiritib borgan. Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi jahon ilm-fan olamida hamisha yuqori baholanganligini, hozirda ham uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari kompyuter yordamida tekshirib ko‘rilganda atigi bir necha daqiqa farq qilinganligini 1996 yil YUNESKOning bosh kotibi Federiko Mayor Birinchi Prezidenti I.Karimov bilan bo‘lgan muloqotda faxr bilan ta’kidlaganini Yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida alohida qayd etib, buyuk vatandoshimiz merosiga yuksak baho bergan edi. Ulug‘bek rasadxonasi yodgorligi mustaqillik 171 yillarida qayta ta’mirlandi, rasadxona atrofi obodonlashtirilib, buyuk olim hurmatiga bag‘ishlangan monumental kompozitsiya barpo etildi. Ulug‘bek davrida, shuningdek Samarqand Sharqning madaniy markaziga aylanganligi uchun mashhur faylasuf Ali ibn Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli namoyondasi o‘zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim Xorazmiy va boshqalar Ulug‘bek homiyligi ostida Samarqandda yashab ijod qildilar. Shuningdek, Sharqning ko‘plab taniqli olim va shoirlari fuzaloi-ulamolari Samarqandga tez-tez kelib turdilar. Ulug‘bek davrida o‘ziga xos tarixnavislik maktabi ham paydo bo‘ldi. XV asrdagi taniqli tarixchilar, “Zubdat at tavorix” (Tarixlarning yuqori qismi) asarining muallifi Hofizi Abro‘, “Matla as-sa’dayn va majma al-bahrayn” (Ikki dengizning qo‘shilishi va ikki saodatli yulduzning bolqishi) asarining muallifi Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as safo” (Jannat bog‘lari) asarining muallifi Mirxond, “Habib us siyar” (Do‘stga maktub) va boshqa qator asarlarning muallifi Xondamir Ulug‘bek yaratgan madaniy sharoitda o‘sib ulg‘aydilar. Ulug‘bek davridagi madaniy markaz keyinchalik ”Ulug‘bek akademiyasi” nomini olib, dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan e’tirof etilgan edi. Ajdodlarimiz tarixida 1004 yilda tuzilgan Ma’mun akademiyasidan so‘ng, Ulug‘bek akademiyasi O‘rta Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida yuzaga keldi. Mirzo Ulug‘bekning vafotidan so‘ng madaniy markaz Xurosonga, jumladan uning poytaxti Hirotga ko‘chdi. Hirot madaniy va ilmiy markazining shakllanishida Xuroson hukmdori Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506) va ayniqsa buyuk shoir va mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning (1441-1501) roli nihoyatda beqiyos bo‘ldi. Ma’rifatli hukmdor bo‘lmish Sulton Husayn (Boyqaro) butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylanadi. Uning o‘zi “Husayniy” taxallusi ostida g‘azallar yozgan. Bizning kunlargacha uning she’riy “Devon”i va nasriy “Risola” asarlari yetib kelgan. Ta’kidlash joiz-ki, Sulton Husayn (Boyqaro) hayrihohligi va homiyligi madaniy yuksalishga katta turtki bo‘lgan. Buyuk mutaffakir va davlat arbobi, o‘zbek adabiyoti asoschisi Alisher Navoiy 1441 yili Hirotda taniqli barlos bahodiri G‘iyosiddin xonadonida dunyoga kelgan. U yoshligidanoq nihoyatda zakovatli va zehnli bola bo‘lgan. Uning besh yoshida yozgan g‘azaliga taniqli o‘zbek shoiri Lutfiy o‘z vaqtida katta baho bergan edi. Yoshligidanoq u temuriy shahzoda Sulton Husayn bilan do‘st bo‘lib, keyinchalik ular Xuroson hokimi Abulqosim Bobur (1451-1457) xizmatida birga bo‘lganlar. Husaynning xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil ko‘radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi Sulton Abu Said tazyiqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo‘lib, u yerda ikki yilcha turib, o‘z bilimini yanada takomillashtiradi. 1469 yili Xuroson taxti Sulton Husaynga tekkandan so‘ng, uning taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga kelib, avval muhrdorlik so‘ngra vazirlik lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, Alisher Navoiy o‘zining vazirlik lavozimini egallagan vaqtida (1472-1476) mamlakatda imkon boricha osoyishtalik va adolat o‘rnatishga harakat qiladi. Uning hatti- harakatlari natijasida shaharlar yuksaldi, suv chiqarilib, ko‘pgina yerlar obod qilindi, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma’rifat va madaniyat ahliga shaxsan o‘zi homiylik ko‘rsatdi. Garchi toju-taxt uchun kurashlarda va fitna- nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn bilan oralari bir oz sovugan bo‘lsa-da, lekin 172 Navoiy umrining oxiriga qadar davlatning tayanch shaxslaridan biri bo‘lib qoladi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan ketar ekan, sulton Navoiyga shohona to‘n kiygizib, uning hech bir iltimosi hech qachon yerda qolmasligini aytadi. Alisher Navoiyning birgina o‘zi 300 tadan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo‘ladi. Hirotdagi Injil daryosi bo‘yida uning qurilish ishlari uchun maxsus yer ham ajratib beriladi. U barpo etgan Hirotdagi “Ixlosiya”, “Shifoiya” majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi qator sug‘orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa shular jumlasidandir. El-yurt farovonligini o‘ylagan Navoiy o‘z daromadlarining aksariyat qismini hayriya ishlariga sarflaydi. Odamiy dersang demagil odamiy, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami, deb, o‘z ta’rifini bergan edi shoir. Shaxsan uning mablag‘lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko‘prik, 9 ta hammom va boshqalar qurildi. Shuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan oshiq ahamiyatli bo‘lgan va ta’mirlanishga muhtoj masjid, minora, rabot va boshqalarni ta’mir etib o‘z holiga qaytaradi. Jumladan, Navoiy ta’mir etgan Hirotdagi jome masjidi hozirgi kunga qadar Hirot shahrining go‘zal inshootlaridan biri hisoblanadi. Alisher Navoiy homiyligi ostida Sharq miniatyurasi maktabining yetuk namoyondasi “Sharq Rafaeli” nomini olgan Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan - Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan - Husayn Uddiy, shoir va tarixchilardan-Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar yetishib chiqdilar. Alisher Navoiy ilk bora o‘zga shoirlardan farqli ravishda turkiy tilda 1483-1485 yillarda beshta dostondan iborat “Xamsa” asarini yozdi. Buyuk shoirning 20 tadan ziyod yirik asarlari mavjuddir. Ular “Xazoyinul maoniy”, “Lison ut tayr”, “Mahbub ul qulub”, “Majolisun nafois”, “Munshaot”, “Muhokamatul lug‘atayn”, “Mezonul avzon” va boshqalardir. Bular tarixiy, falsafiy, ahloqiy mezonlarni o‘z ichiga olib, ularda insoniyatga xos bo‘lgan barcha ijobiy xislatlar ulug‘lanadi. Navoiy o‘z asarlarida Vatanga, tug‘ilib o‘sgan yeriga nisbatan buyuk muhabbatni kuylaydi, muhabbat va sadoqat, halollik va poklik, do‘stlik va hamkorlik, ezgulik va adolat kabi o‘chmas g‘oyalar tarannum etiladi. Buyuk mutafakkir insonlarni o‘zaro mehr-oqibatli, insof-diyonatli, bag‘rikeng, olijanob, mehnatsevar bo‘lishga chaqirib, aynan yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan insongina mamlakat ravnaqiga bevosita hissa qo‘shishi mumkinligini, har bir kishi o‘z ahloqi va odobi ila jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishi mumkinligini uqtirib o‘tadi. Ilm olishga intilmak, xat- savodli bo‘lish, o‘z halol mehnati, pok kalbi bilan umr kechirish haqidagi ezgu fikrlar uning asarlaridan keng joy olgan. Navoiyning o‘zi esa barkamol, komil inson qiyofasi uchun buyuk ramzdir. Alisher Navoiy o‘z umri va ijodini xalq osoyishtaligi va farovonligi, davlat ravnaqi va obodligi, madaniyat, fan, adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishlaydi. Jahon ahli Navoiyni nafaqat ulug‘ shoir va davlat arbobi, balki buyuk insonparvar shaxs, qomusiy olim, betakror so‘z san’atkori, Gomer, Nizomiy, Shota Rustaveli, Shekspir, Balzak, Pushkin, Tolstoy, Tagor kabi adabiy dunyo daholari qatoridan joy olganligini e’tirof etadi. Moskva, Tokio, Boku shaharlarida ushbu mutafakkirga haykallar o‘rnatilganligi, asarlarining o‘nlab jahon 173 xalqlari tillariga tarjima qilinganligi yuqoridagi fikrning tasdig‘i bo‘lib qoladi. Ulug‘ shoirning o‘lmas merosini o‘rganish mustaqillik yillarida o‘zining haqiqiy darajasiga chiqdi, adibning barcha asarlari qayta chop etildi. Hukumatimiz qaroriga binoan, xalqimizning buyuk mukofoti ramzida Navoiy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi. O‘lkamizda Navoiyning ulug‘ nomini bilmagan zot yo‘qdir. Xalqimiz Alisher Navoiy buyuk nomiga yuksak hurmat va ehtiromi Birinchi Prezident I.Karimovning «Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir», degan so‘zlarida to‘laqonli o‘zining ifodasini topgan. I.A.Karimov tashabbusiga ko‘ra, 1991 yili Alisher Navoiyning 560 yilligi juda katta tantanalar bilan nishonlanib, shoirning mahobatli haykali xalqimizning ulug‘ mutafakkirga muqaddas ramzi sifatida poytaxtimizning markazida qad ko‘tardi. XV asrning zabardast o‘zbek shoirlari ichida, shuningdek Lutfiy, Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy va boshqalarning ham nomlari ma’lum va mashhur bo‘lgan. Jumladan, Navoiydan avval turkigo‘y shoir Lutfiy (1366-1465) bo‘lgan. Uning o‘z vaqtida 20 dan ziyod ajoyib asarlari mavjud bo‘lib, bizgacha faqat mashhur “Gul va Navro‘z” va g‘azallar devoni etib kelgan xolos. Bu davrlarda shuningdek, Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454 yili vafot etgan) Temur tarixiga bag‘ishlangan, Nizomiddin Shomiydan so‘ng yozilgan bir xil nomdagi “Zafarnoma” asari yaratildi. Fors-tojik adabiyotida ayniqsa mashhur shoir va olim, Navoiyning zamondoshi hamda do‘sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk bo‘ldi. Jomiy va Navoiyning do‘stligi esa, tarixda xalqlarimiz ittifoqligining buyuk ramzi bo‘lib qoldi. O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg’usini kamol toptirish: Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta‘minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy tazyiqlarning oldini olish, ta‘bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug’vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish. Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat 174 butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) endi milliy mafko`raning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga o`tish kerakligiga alohida e‘tibor berildi. Milliy mafkura eng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining g’oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan g’oyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz milliy mafkuramiz, ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning azaliy an‘analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan oziqlangan, ularni o`zigaqamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog’i darkorligini ta‘kidladi. Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g’ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib obru-e‘tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma‘lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang’ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg’usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g’oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma‘naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta‘lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g’oya ruhi bilan sug’orilsa uning ta‘sir doirasi kengayib boradi. Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug’umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma‘naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma‘naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg’oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: 175 “Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz ma‘naviy saviyasi, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak bo`lishiga bog’liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, “Ta‘lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmuzey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‘at markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg’armalarning tuzilishi respublika ma‘naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham 176 xissasini qo`shdi. 2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi. 2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy- madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`qotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski 177 machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) diniy e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish. Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma- yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling