Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
– Men», Qashqadaryo viloyatida «Qashteks»
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tyan-Din- Du»
- «Beruniy teks», «Baliqchiteks», «Bursel – Toshkent»
- «Namangan qog‘ozi»
- «O‘zbekqog‘ozsanoat»
- «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni
– Men», Qashqadaryo viloyatida «Qashteks», «Oqsaroy – to‘qimachi» qo‘shma korxonalari
barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998 yilda Andijonda «Anteks», Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida «Pfaff-Zinger» qo‘shma korxonalari qurildi. 1999 yilda Xo‘jaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan «Tyan-Din- Du»O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi, 2000 yilda yiliga 3800 tonna kalava ip ishlab chiqaradigan «Qorako‘lteks»O‘zbekiston – Amerika qo‘shma korxonasi barpo etildi. 2002 yilda Respublika to‘qimachilik sanoatida 17 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatdi. Tarmoq bo‘yicha 32 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. 2004 yilda 17 ta to‘qimachilik korxonalari, jumladan «Beruniy teks», «Baliqchiteks», «Bursel – Toshkent» kabi yirik qo‘shma korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi. 150 2002 yil boshlarida «O‘zbekengilsanoat» davlat uyushmasiga birlashgan 15 ta kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta tolasini qayta ishlab yiliga 130 ming tonna yigirilgan ip, 50 mln kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln dona trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi. Agar 1991 yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 %ni tashkil etgan boisa, 2005 yilda bu raqam 30 %ga yetdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va shoyi gazlamalar eksport qilishga erishildi. Respublikamizda qog‘oz tanqisligi muammosini hal qilishga qaratilgan zavodlar qurildi. Namanganda barpo etilgan «Namangan qog‘ozi», Yangiyo‘lda qurilgan «O‘zbek qog‘ozi» qo‘shma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 20 iyundagi «Respublika qog‘oz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zbekqog‘ozsanoat» uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga «Sanoatqalinqog‘ozsavdo», «O‘zbek qog‘ozi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyo‘l selluloza – qog‘oz fabrikasi, «Namanganqog‘oz» qo‘shma korxonasi va boshqalar kiradi. «O‘zbek qog‘ozi» korxonasi yiliga 11 ming tonna qog‘oz, 3,5 ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65 millionta o‘quv daftari ishlab chiqarmoqda. Yangiyo‘l selluloza – qog‘oz fabrikasi yiliga 20 ming tonna paxta sellulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yozuv qog‘ozi ishlab chiqarmoqda. Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Qurilish materiallari sanoati bazasi mustahkamlanib, baland binolar, uy – joy qurilishi kengaydi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda transport tizimi – temiryo‘li, avtomobil yo‘li, havo, quvur va suv transporti rivoj topdi. O‘zbekistonda paxtachilik qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln. tonnasi o‘zbek paxtasi tolasidir. O‘zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari va sun’iy kanallar qurilmoqda, yerning meleorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi hisobga olinib, 1998 yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanilmoqda. Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori hosil yetishtirishga mustahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonnadan ortiq paxta xom – ashyosi tayyorlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qo‘yildi. Ekin ekiladigan maydonlarda tarkibiy o‘zgarishlar qilinib, xo‘jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo‘ldilar. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991 yilda 18,8 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 1998 yilda 36 %ga o‘sdi, natijada g‘alla yetishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991 yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna bug‘doy etishtirilgan bo‘lsa, 2002 yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan 151 5,0 mln tonnadan ortiq bug‘doy, 2007 yilda 6,25 mln tonna g‘alla yetishtirildi. Sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi — har gektardan 75 sentnerdan ortiq xirmon ko‘tarildi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbir tufayli tom ma’noda mamlakatimizning g‘alla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va xalqimizni o‘z g‘allamiz, o‘zimizning nonimiz bilan ta’minlashdek tarixiy vazifa bajarildi. Bu yutuq qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning natijasidir. Respublikamizda un va un mahsulotlari, go‘sht va sut mahsulotlari, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish izchil o‘sib bormoqda. Shuningdek, sabzavot, meva, uzum etishtirish bo‘yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda. Yiliga 5 mln. tonnaga yaqin sabzavot – meva mahsulotlari yetishtiriladi. O‘zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xo‘jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo‘jaliklari jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xo‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshladi. Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martda «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling