Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Frans» va «Pariba» banklari, Yaponiyaning «Marubeni» va «Jey-Ji-Si» kompaniyalari va 
«Eksport – import banki», AQShning «Cheyz Manxetten» banki, Turkiyaning «Gama» 
kompaniyasi o‘z sarmoyalari, texnik asbob – uskunalari, mutaxassis – quruvchilari bilan faol 
qatnashdi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997 yil 22 avgust kuni ishga tushirildi va benzin, 
aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel yoqilg‘isi kabi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Zavod 
qurilishi jarayonida 262 mln. AQSH dollari o‘zlashtirildi. Zavod qurilishiga «O‘zbekneftgaz», 
«O‘zmontajmaxsusqurilish», «Neftgaz-qurilish» va boshqa sanoat, transport korxonalari, 
tegishli vazirliklar ulkan hissa qo‘shdilar. 
Respublikada neft mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, chetdan neft mahsulotlari 
sotib olish to‘xtildi. O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi, neft mahsulotlarini chetdan sotib 
oladigan mamlakatdan uni chetga sotadigan davlatga aylandi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish ham 
o‘sib bordi.
O‘zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish bilan bir qatorda kimyo sanoati ham rivojlandi. 
Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Chirchiq, Navoiy, Olmaliq kabi shaharlardagi kimyo 
sanoati korxonalari qayta ta’mirlandi. Qizilqum fosforit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, 


146 
Qo‘qon va Yangiyo‘l biokimyoviy zavodlari barpo etildi. Respublika kimyo sanoati qishloq 
xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlar, ekinlarni zararkunandalardan saqlovchi kimyoviy moddalar, 
sun’iy tolalar, bo‘yoqlar, poliyetilen, aholining kundalik turmushida kerak bo‘ladigan 
mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. 
Sho‘rtan gaz – kimyo majmuasiO‘zbekiston kimyo sanoatining faxri hisoblanadi. 1995 yil 
oktabrda O‘zbekiston bilan AQShning «ABB Lummus Global» kompaniyasi o‘rtasida 
Sho‘rtan gaz – kimyo majmuasini qurish bo‘yicha bitim tuzilgan edi. Tezda qurilish – montaj 
ishlari loyihasi ishlab chiqildi. 1997 – 2001 yillarda AQSH, Germaniya, Yaponiya, Italiya va 
boshqa davlatlarning nufuzli kompaniyalari ishtirokida qurilish ishlari amalga oshirildi. 
Sho‘rtan gaz – kimyo majmuasi qurilishida 1 mlrd. AQSH dollari hajmida investitsiya 
o‘zlashtirildi. 2001 yil 21 dekabr Sho‘rtan gaz – kimyo majmuasi (Qashqadaryo viloyatining 
G‘uzor tumanida) ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna 
suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 
dunyodagi eng yirik korxonalardan biridir. 
Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. Respublikamizdagi mavjud 
bo‘lgan bir necha o‘nlab mashinasozlik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish maqsadida 
1993 yilda O‘zbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi —«O‘zmashsanoat»
1996 yilda «O‘zqishloqxo‘jalikmash – xolding», 1998 yilda «O‘zneftgazmash» 
korporatsiyasi, «O‘zbekto‘qimachimash» birlashmasi tashkil etildi. 
Isloholar davrida «O‘zmashsanoat» uyushmasi tasarrufidagi 35 ta korxonaning 26 tasi 
ta’mirlanib, yangi texnik uskunalar bilan qayta qurildi. Toshkentdagi ekskavator, podyomnik, 
zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi «Andijonirmash» va 
Topoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ularda ekskavatorlar, 
ko‘tarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agregatlari, to‘qimachilik dastgohlari, 
avtomatika vositalari, muzlatgichlar, mebelga ishlov berish uskunalari, uy – ro‘zg‘or buyumlari 
va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda. 
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab mashinasozlik sanoatini rivojlantirish 
maqsadida xorijiy davlatlarning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga 
qo‘yildi. 1998 yilda O‘zbekiston «Amerika mobil grupp» firmasi bilan hamkorlikda qo‘shma 
korxona barpo etib, O‘zbekiston – Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga ega bo‘lgan ikki 
turdagi minitraktorlar va ularga uskunalar komplektlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Bu 
ixcham traktorlar fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida keng qo‘llanilmoqda. 
1994 yilda «UzLzmash» O‘zbekiston – Isroil qo‘shma korxonasi barpo etilib paxta terish 
mashinalarining gorizontal shpindelli yangi avlodi yaratildi. Bu mashinalar tik shpindelli 
mashinalarga nisbatan paxta terishga qulay va samarador, tannarxi arzon bo‘lib, jahon 
mashinasozligining eng yangi yutug‘i bo‘ldi. Qishloq xo‘jalik mashinalarini «Keys» 
ruso’midagi traktor va g‘alla o‘rish kombaynlari bilan to‘ldirish maqsadida AQSH »Keys Nyu – 
Xolland» kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida «O‘zKeysmash» va «O‘zKeystraktor» qo‘shma 
korxonalari barpo etildi. Ularda zamonaviy traktorlar va kombaynlar ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yildi. «O‘zqishloqxo‘jalikmash – xolding» kompaniyasi 2001 yilda 48,2 mlrd. so‘mlik tovar 
mahsulotlari ishlab chiqardi. 


147 
Aviatsiya ishlab chiqarish davlat aksiyadorlik jamiyatiga birlashgan korxonalar ham 
rivojlanmoqda. Uning bosh korxonasi V. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida 4 ta 
ruso’mdagi yuk va yo‘lovchi tashiydigan Il – 114», «Il – 114T», «IL – 76MF», «Il – 76TF» 
samolyotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Yuk tashish bo‘yicha dunyoda eng qulay deb 
e’tirof etilgan «Il – 76» ruso’mli 900 ta samolyot ishlab chiqarildi. 
Mustaqillik yillarida metallurgiya, oltin qazib olish sanoati ildam qadamlar bilan o‘sdi. 
Olmaliq kon – metallurgiya kombinati, Bekoboddagi metallurgiya zavodi, Zarafshondagi 2 – 
gidrometallurgiya zavodi, Chirchiqdagi qiyin eruvchan va o‘tga chidamli metallar kombinati 
qayta ta’mirlandi. Bekobod metallurgiya kombinatida yiliga 100 ming tonna po‘lat shar va 
metall prokat tayyorlovchi yangi quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3 – gidrometallurgiya 
zavodi barpo etildi. Amerikaning «Nyumont mayning» kompaniyasi ishtirokida Navoiy tog‘ – 
metallurgiya kombinati chiqitlaridan oltin ajratib olish bo‘yicha «Zarafshon – Nyumont» 
qo‘shma korxonasi qurilib, 1995 yil 25 mayda ishga tushirildi. 1991 – 2001 yillarda 
respublikada oltin qazib olish hajmi 1,7 baravar o‘sdi. Birgina «Zarafshon – Nyumont» qo‘shma 
korxonasi 1995 – 2003 yillarda 113 million tonna rudani qayta ishlab, 110 tonna yuqori sifatli 
oltin ishlab chiqardi. Korxonaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga bergan samarasi 500 mln AQSH 
dollarini tashkil etdi. Elektroyenergetika sanoati ancha rivojlandi. «O‘zbekenergo» davlat 
aksiyadorlik kompaniyasi mustaqillik yillarida issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini 
ta’mirlash va ular tarkibida yangi bloklar barpo etish ishlarini amalga oshirdi. Sirdaryo, Yangi 
Angren, Toshkent, Navoiy GRES lari energetika bloklarida texnologik jarayonlarni 
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ishga tushirildi. 
Germaniyaning «Simens» firmasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit 
hisobidan Sirdaryo GRESining 8 ta bloki ta’mirlandi. 2001 yilda 37 ta issiqlik va gidravlik 
elektr stansiyalaridan iborat O‘zbekiston energetika tizimi 55 mlrd kilovatt – soat yoki 1992 
yilga nisbatan 10 % ko‘p elektr energiya ishlab chiqardi. O‘zbekiston energetika tizimi 
respublika xalq xo‘jaligi va aholisini elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘la – to‘kis 
ta’minlamoqda, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, 
O‘zbekiston elektr energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va 
Afg‘onistonga ham uzatilmoqda. 
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi 
qo‘shma korxona barpo etish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasining «DAEWOO» 
korporatsiyasi raisi Kim U Jung bilan muzokaralar olib borildi. 1992 yil 24 avgustda 
Toshkentda Janubiy Koreyaning «DAEWOOMotors» korporatsiyasi va O‘zbekistonning 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling