Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
xususiylashtirish qo‘mitasi
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»
- «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»
xususiylashtirish qo‘mitasi (Davlat mulk qo‘mitasi) tuzildi, 1994 yilda uning funksiyalari
kengaytirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab – quvvatlash davlat qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida» gi va «Davlat uy – joy» fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi (1993 yil 7 may) qonunlar va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi. Xususiylashtirish savdo, xizmat ko‘rsatish va mahalliy sanoat korxonalarini, uy – joy fondini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo‘jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi. 1993 – 1994 yillarda davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy – joy fondining 95 %dan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan bepul berildi. Urush faxriylari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002 yilga qadar Respublika uy – joy fondining 98 %ga yaqini xususiylashtirildi. 1994 yil 21 yanvarda e’lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994 yil 16 martda e’lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayonida yangi turtki bo‘ldi. 1992 – 1994 yillarda 54 mingga yaqin savdo, xizmat ko‘rsatish, avtomobil transporti, qurilish, qishloq xo‘jalik korxona va obyektlari davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara 141 korxonalariga aylandi. Qishloq xo‘jaligida bog‘larning yarmi, uzumzorlarning 40 % xususiy foydalanish uchun berildi. 14 mingdan ortiqroq fermer xo‘jaliklari tashkil topdi, ularga 193 ming gektar yer ajratib berildi. Xususiy tadbirkor subyektlarining soni 300 mingga yetdi, ularning 250 mingtasini patent asosida yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan kishilar tashkil etdi. 1994yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta tadbirkorlar tabaqasini paydo bo‘lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik bozorni zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Bu – yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan bandligini ta’minlash, aholi daromadlarining asosiy manbaidir. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda kichik biznesni, tadbirkorlikni rivojlantirishga iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor berildi. O‘zbekistonning har bir fuqarosi korxonalar va tashkilotlar tuzish, sotib olish, sotish, qayta qurish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyati yuritish huquqiga ega. Tadbirkor ish yuritish uchun boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida jalb qilish, mustaqil ravishda ishchilar yollash va bo‘shatishga haqlidir, tadbirkorlik daromadlaridan soliq to‘lab turadi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling