Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasidavlat mulkini boshqarish va
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan
bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan antimonopol va narx – navo siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi. Iqtisodiy islohotlar borasida qo‘yilgan yana bir muhim qadam – 1994 yil 1 iyuldan milliy valyutamiz – so‘mning muomalaga kiritilishi bo‘ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lmagan davlat chinakam mustaqil bo‘la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini ta’minlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003 yil 15 oktabrdan boshlab so‘m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko‘tarildi. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro‘yobga chiqdi. 2004 yil boshlarida 140 respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori (xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xo‘jaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari)ning ulushi 90,2 %ga yetdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2 %ga tushdi. Bozor iqtisodiyoti, avvalo, turli xil mulk shakllariga, ko‘p ukladli iqtisodiyotga asoslanadi. Shu boisdan O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkdorlar tabaqasini shakllantirish iqtisodiy islohotlarda birinchi o‘rinda turdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida iqtisodiyot xilma – xil mulk shakllaridan iborat bo‘lishi, har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi. O‘zbekistonda chek (vaucher) asosida xususiylashtirishga yo‘l qo‘yilmadi. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish yo‘li tutildi. Shu bilan birga xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo‘jaligi davlat xo‘jaliklarining mol – mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi. Xususiylashtirishga davlat boshchilik qildi. Bu jarayonni tashkil etish va rahbarlik qilish uchun 1992 yil 10 fevralda O‘zbekiston Respublikasidavlat mulkini boshqarish va Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling