Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi — tovarlar va xomashyo birjalari, biznes 
inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik 
idoralari, reklama firmalari, savdo – sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil 
etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam — mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat 
buyurtmasining tugatilishi bo‘ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini 
markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta’minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning 
o‘rniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. O‘zbekistonda 1991 
yilning 
avgustidan 
«O‘zbekiston» 
respublika 
universal 
agrosanoat 
birjasi, 
«O‘zulgurjibirjasavdo» — O‘zbekistonda ulgurji va birja savdosi bo‘yicha Respublika davlat – 
aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil mart), «Toshkent» Respublika tovar – xom ashyo birjasi 
(1994 yil 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 1992 yil 12 avgustda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. 
Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni 
to‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliya – kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi
infratuzilma — yangi bank tizimi, o‘z – o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari,
moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi. 
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi 
sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi 
«O‘zbekinvest» (1994 yil 13 aprel), «O‘zagrosug‘urta» (1997 yil 25 fevral), «Kafolat» (1997 
yil 14 mart)kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko‘plab xususiy sug‘urta 
kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo‘shma 


139 
sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002 yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga 
yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq 
yo‘nalish bo‘yicha sug‘urta xizmati ko‘rsatmoqdalar. «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonunning qabul qilinishi (2002 yil 5 aprel), Prezident farmoni bilan 2002 yil 1 fevralidan 
boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi 
mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat 
qilmoqda.2006 yil 1 yanvardagi holatiga ko‘ra O‘zbekiston sug‘urta bozorida 25 ta 
sug‘urtalovchi kompaniya va 1 ta sug‘urta brokeri faoliyat ko‘rsatadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga 
aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas, ma’lum 
ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday 
sharoitda ishsizlar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlari ko‘rildi. 1993 yildan 
O‘zbekistonda Mehnat birjalari paydo bo‘ldi. Respublika «Mehnat birjasi» va joylardagi 225 
dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat 
birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini o‘zgartirish mexanizmi yaratildi, 
ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga e’tibor 
berildi. 1993 yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish 
o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 
marta ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2000 yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji
hisobiga 192,5 ming yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2004 yilda 425 
mingdan oshdi. 2003 yil 1 yanvarda iqtisodiyot sohasida band bo‘lganlarning 76,6 % nodavlat 
sektor hissasiga to‘g‘ri keldi. 
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy 
larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun 
nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam suratda 
oshirib borildi. 
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita 
bog‘liq. 1992 yil 8 avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling