Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Psixodiagnostikaning yuzaga kelishdagi asosiy sabablar


Download 4.49 Mb.
bet10/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Psixodiagnostikaning yuzaga kelishdagi asosiy sabablar

Psixodiagnostika yuzaga kelishi bevosita psixologiya fanining tarixi bilan uzviy bog’liq, ya’ni uning amaliy jihatdan namoyon bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. Zero, inson psixikasining tarixi har qanday psixik taraqqiyotni asosi bo’la oladi...


Ma’lumki, psixologiya qadimiy fanlardan hisoblanib, u bundan 2,5 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Qadimgi grek faylasuflaridan Geraklit, Demokrit, Gippokrat,Sokrat, Platonlarni asarlarida kishining joni va ruhiy hayoti to’g’risida xilma-xil fikrlar bayon qilinganini uchratish mumkin. Inson ruhiy hayoti haqidagi ayrim fikrlarni qadimgi xitoy va hind mutafakkirlarining asarlarida ham uchratish mumkin. Lekin inson psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta yunon faylasufi Aristotel (Arastu) yaratgan. U “Jon haqida” degan asarida psixika haqida batafsil to’xtalib, uning muhim qirralarini tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan bir qatorda, o’zidan oldin yashab o’tgan olimlarning qarashlariga ilmiy sharh bergan. Shu sababli ham u psixologiya fanining “otasi” hisoblanadi.
Qadimgi davrda vrachlar va boshqa tadqiqotchilar psixik hodisalarni miya faoliyatining mahsuli ekanligi haqida taxmin qilishib, turli ruhiy kasalliklarni uning buzilishi, deb to’g’ri talqin qilishgan. Har qanday psixik jarayon o’z-o’zicha hosil bo’lishi mumkin emas, ya’ni psixika faqat u yoki bu qo’zg’otuvchining miyaga ta’siri tufayligina vujudga keladi. Psixika boshlanishi qo’zg’otuvchini ta’sirida bo’lsa, uning natijasi organizmni unga nisbatan javob reaksiyasidir. Shu bois ham psixik faoliyat miyaning aks ettiruvchi, reflektor faoliyatidangina iboratdir.
Psixologik bilimlarning klinik davri
Psixika bosh miya va nerv sistemasining mahsuli ekanligi borasidagi fikrlarni hozirgi zamon psixodiagnostikasining tarixi hamda XIX asrning chorak yarmida psixologik bilimlarning shakllanishidagi klinik davri bilan bog’lash mumkin. Bu davr shaxs haqidagi empirik psixologik bilimlarning to’planishi va tahlilida asosiy vazifa tabiblar yordamida amalga oshirilganligi bilan xarakterlanadi. Tabiblarni, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida tarqalayotgan ruhiy va asab kasalliklarni kelib chiqish sababi qiziqtirar edi. Shu bois, psixiatrlar Yevropa shifoxonalaridagi bemorlarni uzluksiz nazorat qilish bilan bir qatorda, o’z xulosalarini qayd qilib borardilar. Natijada, psixodiagnostikaning kuzatish, so’rov, hujjatlar tahlili kabi metodlari shakllanishi ortib bordi. Mazkur vaqtda psixodiagnostikaning rivojlanishi erkin xarakter kasb etib, bu holat metodlarni miqdoriy ko’rsatkichi bilan uzviy bog’langan edi.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling