Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Download 4.49 Mb.
bet12/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Florens Laura Gudinaf
1886 yil AQSHda tug’ilgan. Doktorlik unvonini L.Termen rahbarligida Stenford Univesitetida 1924 yil olgan. Shundan so’ng uning psixologiya mutaxassisi sifatidagi karyerasi Minnesots Univesitetida boshlanadi. U yerda bolalar tomonidan chizilgan rasmlarni tahlilig asoslangan intellektni o’lchash shkalasini chop etgan. Test katta mashhurlik keltirib o’z mavqyeini ko’p yillar davomida saqlab turgan.1950 yilga kelib, Deyl Xarris bu testga ma’lum ma’nodagi o’zgarishlar va qo’shimchalarni kiritgan (Gudinaf – Xarris nomi bilan mashhur rasm testi). Gudinafning boshqa izlanishlari bolalarni ijtimoiy va emosinal rivojlanishini o’rganishga qaratilgan. 1947 yil kasalligi tufayli mehnat ta’tiliga chiqishga majbur bo’lganligiga qaramasdan, unga mashhurlik olib kelgan kitoblarining chiqishi davom etgan. U 1959 yil vafot etgan.
Stenli Devid Porteus
U 1883 yilda Boks–Xillda (Avstraliya) tug’ilgan. Birinchi professional avstraliyalik psixolog sifatida tan olingan. Oliy ma’lumotga egan bo’lganidan so’ng, u maxsus maktablarda inspektor bo’lib ishlagan (1913–1916) va keyinchalik Melburunsk universitetida antropologiya rivojlanishi laboratoriyasini boshqargan (1916–1917). AQSHga ko’chib kelganidan so’ng psixologiyadan dars bergan va Vaynlend voyaga yetmagan jinoyatchilar axloq tuzatuvchi maktabini psixologik laboratoriyasining direktori bo’lgan (1919–1925). Gavayi univesitetida klinik psixologiya professori va psixologik klinika direktori lavozimlarida ishlagan (1922–1948). Psixodiagnostika tarixiga “labirint”lar avtori sifatida kirib kelgan. Uning fikricha, bunday sifatlar o’z-o’zini boshqarish qobiliyati, rejalilik, taktiklik va oldindan ko’ra olishlilikni aniqlash imkoniyatini bergan hamda ijtimoiy moslashuv jarayonida intellektga nisbatan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Qobiliyatlarning individual farqlanishi, Porteus fikriga ko’ra, tug’ma hisoblangan. U 1972 yil vafot etgan.
Arnold Lyusius Gezell
Robert Session Vudvorts
1869 yil Belchertaun (Massachusets shtati)da tug’ilgan. Amxerst universitetidan 1819 yili bakalavr darajasiga ega bo’lgan. Keyinchalik buyuk amerikalik psixolog Vilyam Jem bilan Garvard universitetida tahsil olgan (bakalavr – 1896, magistr – 1897). Kolumbiya universitetida D. Kattell rahbarligida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan (1899).R. Vudvorts Kolumbiya universitetida asosiy ilmiy foaliyatini yuritgan bo’lib, u nafaqaga chiqqunga qadar shu yerda ishlagan (1942). 1914 yilda u Amerika psixologlar assosiasiyasini prezidenti etib tayinlangan. Bu olimning asosiy qiziqishlari umumiy va eksperimental psixologiya jabhalariga qaratilgan. U tomondan 1938 yil yozilgan “Tadbiqiy psixologiya” kitobi hozirgi kunda ham klassik adabiyot durdonasi hisoblanadi. U o’zining o’limiga qadar faol ravishda ilmiy faoliyat bilan shug’ullangan. 1962 yil vafot etgan.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling