Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Psixodiagnostikaning XX asrdagi shakllanish davri


Download 4.49 Mb.
bet15/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Psixodiagnostikaning XX asrdagi shakllanish davri
Psixodiagnostika XIX asrning oxirida vujudga kelgan va individual-psixologik tafovutlarni o’rganuvchi fan sifatida, ularni o’lchashga, baholashga talabgor, intelekt o’lchamlari haqidagi bahs-munozaralarda toblangan holda yangi asr boshiga yetib keldi. Qisqa vaqt mobaynida esa, aqliy Galton shkalalaridan Bine testlarigacha bo’lgan masofani bosib o’tdi. Ma’lumki, psixodiagnostika yuzaga kelgan vaqtidan boshlab XIX asr oxiriga qadar “intelekt”ni o’rganishdagi individual tafovutlarni o’lchashga mo’ljallangan edi. Oldinda esa, XX asr, psixodiagnostikani rivojlanishini belgilab beruvchi yangi yutuqlar, omadsizliklar, diskussiya va kashfiyotlar davri turardi.

Yuqorida aytib o’tilganidek, XX asr boshlarida individual tafovutni aniqlashga qaratilgan hamda ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadigan A.Bine testi natijalari bo’lgan. Shu bois, intelektning birinchi krizisini testlash ham uning nomi bilan bog’liqdir. Natijada, Bine shkalasini barcha mutaxassislar turli xil yurtlarda keng ko’lamda qo’llasha boshlashgan.

Birinchilar qatorida bu testni AQSHda Genri Goddart qo’llagan. Shu maqsadda u Yevropadan keluvchi immigrantlarni tekshirishga mo’ljallangan metodikalar guruhini yaratgan. Tadqiqot ishlarining demonstrasiyalashishiga ko’ra, ya’ni mazkur moslashmagan test orqali u ingliz tilini yaxshi bilmaydiganlar yoki umuman bilmaydiganlarda tekshirishlarni o’tkazgan. Bu tekshirish natijasida 83% yevreylar, 80% vengriyaliklar, 79% italyanlar va 87% Rossiyadan chiqqanlarda aqli zaiflik deb xarakterlash mumkin bo’lgan. Aslida esa, bu diagnostik xato edi.

G.Goddart taqdim etgan Bine–Simon shkalasini qoniqarsiz tarjimasini (1908), boshqa amerikalik psixologlar L.M.Termen va X.D.Chayldzlar birga hamkorlikda yangicha variantda modifikasiyalashtirishgan. Bu yondoshishdan maqsad, shkalaning validlik va ishonchlilik darajasini tekshirishdan iborat bo’lgan.

Shuningdek, testda kiritilgan vazifalarning ba’zilari modifikasiyalashtirilgan va yangilari qo’shilgan. Bu shkala (Bine-Simon shkalasini Stenford versiyasi) tadqiqotlari 2100 nafar bolalar va 180 nafar kattalar ustida olib va qo’lga kiritilgan natijalar standartlashtirildi. U uch yoshdan katta yoshdagilargacha bo’lgan diapazonni o’z ichiga qamrab olgan (11 yoshdagilar uchun test bo’lmagan). Natijalar yoshga nisbatan aqliy rivojlanishning mos kelishini, ya’ni intelektning koeffisiyenti IQ ifodalangan. Bu shkala yordamida olingan natijalarga asoslangan holda, Termen tomonidan quyidagi klassifikasion chizma taklif qilingan: IQ 90-109 ga teng bo’lsa, o’rtacha aqliy qobiliyatni ko’rsatadi; IQ 70 dan kam bo’lsa, aqliy zaiflikni ko’rsatadi; IQ 140 dan yuqori bo’lsa, aqliy qobiliyatning genial darajadaligidan dalolat beradi.


Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling