Konstruktiv validlik – testlashtirish obyektini psixologik tahlil qilishni taqozo etadi, ya’ni test natijalari ajratilgan xususiyatning tekshirish yo’nalishini o’rganadi. Masalan, o’zlashtirishning diagnostik nazoratida mujassam bo’lmagan indikatorlar, haqiqatdan ham o’quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo’qmi?
Kriterial validlik – tadqiqotchi uchun test natijalari yordamida individ xatti-harakati aspektining hozirgi va kelajakdagi holati haqida hukm chiqarishi masalasini aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun qo’lga kiritilgan natijalar tashqi kriteriylar (mezon) orqali solishtiriladi yoki turli testlar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Prognostik validlik – tashqi kriteriylar (mezon) va sinaluvchining xulq-atvori interpretasiyasi aniqlanadi.
Metodning validligi – psixodiagnostik metodning natijalari ayni o’rganilayotgan obyekt xususiyatlariga mos kelishini ifodalanishidir. Validlikni ishonchlilik tushunchasidan tafovuti o’rganilayotgan holatni tadqiqotning “obyekti” va “predmeti” farqini ajratish orqali tushuntirish qulaydir.
Shuningdek, test validligi, uning ishonchlilik darajasidan oshib ketmasligi zarur.
Metod, metodika, validlik, baholash, tajriba, ishonchlilik, standartlashtirish, mezonlar, tekshirish, tahlil qilish, natija, taqqoslash.
Nazorat savollari
1. Psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar.
2. Tajriba jarayonini standartlashtirish va statistik normalar.
3. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi va psixodiognostik vaziyatlar klassifikasiyasi.
4. Interpretatsiya va qayta ishlash bosqichi.
5. Ishonchlilik..Validlik.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Z.T. Nishonova « Bolalar psixodiagnostikasi» T. 1998y
2. A. F. Burlachuk, S. M. Morozov, «Slovar sprovochnik po psixologicheskoy diagnostike». Kiyev 1989g.
3. A.G. Shmelev i kollektiv. «Osnovi psixodiagnostiki». Moskva Rostov – na – Donu: «Feniks», 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |