Testning tuzish maqsadini belgilash; -testning o‘ziga xosligini belgilash test tuzish bosqichlari
Xorijiy testlarni moslashtirish. Xorijiy testlarni moslashtirishda quyidagilarga amal qilish lozim:
Testning original variantidan ikkinchi tilda tarjimasi bo‘yicha dastlabki variantini tayyorlash
Lingvist va testning original variantini tushunuvchi mutaxassisni jalb etish orqali test mazmunini ekspert baholash;
Testni asli bilan eksperimental tajribasidagi shkalalarni ekvalentligini tekshirish;
Yangi shkalalarni o‘rnatish va mahalliy tanlanmalar bo‘yicha mos meyorlarni to‘plash. (Y.L.Xanin, 1977)
3.Psixodaignostik testlarning effektivligini quyidagi shartlar belgilaydi:
Shkalalar intervalidan foydalanish
Ishonchlilik
Validlik
Diskriminativlik
Normativ ma’lumotlar yig‘ish
Test topshiriqlarining ichki muvofiqlik darajasiga egaligi va tekshiriluvchidan bir necha bor test topshirig‘i sinab ko‘rilgandagi natijalarning bir xil miqdoriy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi, uning ishonchliligini belgilaydi.
Testlar ishonchliligini aniqlashning uch qoidasi mavjud:
Retest-testni qayta o‘tkazish orqali, ya’ni test o‘tkazilgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tkazib yana aynan oldin tekshiruvdan o‘tgan sinaluvchilar qayta testdan o‘tkaziladi. (P.Klayn retest o‘tkazish muddatini 6 oy oralig‘i deb belgilaydi, L.F.Burlachuk esa bunga 3 hafta oralig‘idagi vaqt yetarli, degan xulosani beradi).
Bir vaqtni o‘zida testning ikkita, ya’ni ekvalentidan foydalanish.
Testlarning juft va toq topshiriqlari bo‘yicha ishonchliligini hisoblashda ularning juft va toq raqamli topshiriqlari orasidagi korrelyatsiyani hisoblab chiqish.
Testlarning ishonchliligini aniqlashda 200 va undan ortiq tekshiriluvchilardan hamda reprezentativ tanlanmalarda amalga oshiriladi.
Validlik. Testning o‘rganishga mo‘ljallangan xususiyatni o‘lchay olish imkoniyati, yoki uning validligini belgilaydi.
Validlik turlari:
Konkurent validlik
Prognostik validlik
Konseptual validlik
Testlarni standartlashtirish-psixometrik o‘lchash tadbirlarning biri sifatida qaraladi va ular tekshiriluvchilarni bir-biri bilan qiyoslashda va natijalarni tahlil etish uchun zarur meyor hisoblanadi.
500 kishilik tanlanma olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |