Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi
Download 4.49 Mb.
|
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motiv omillariga esa
2. Motivatsiyaga oid nazariyalar
David Makklelandning “Maqsadga erishish” (Need for achievement), Frederick Herzbergning “Ikki omil” (Two-factor theory), Lawler va Xakmenning “Rejalashtirish, ehtimollik” kabi nazariyalarda tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasini shakllantirishda tadbirkor faoliyati, uning qarorlar qabul qilishi va rejalashtirishiga oid masalalar ijtimoiy-psixologik talqin qilingandir. Tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasini yanada kengroq ochishda, bir konsepsiya mavjudki – bu boshqaruv tajribalarida keng qo‘llaniladi. Bu F.Herzbergning “ikki omil” nazariyasi. F.Herzberg sanoatda ishlaydigan ishchilarning psixologik kasalliklarini davolovchi mutaxassis edi. Unga ishchilarni rag‘batlantirish (harakatga keltirish) konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etilgan. U o‘zining ishlab chiqqan nazariyasini “motivatsiyali gigiyena” yoki “ishni jonlantirish” nazariyasi deb ataydi. F.Herzberg ishga bo‘lgan ishtiyoqlarni ikkiga bo‘ladi. U birinchi guruhga barcha yuzaki narsalarni kiritadi. Ularga maosh, hamkasb bilan munosabat, moddiy shart-sharoitlar kiradi. U ko‘pgina kuzatuvlari natijasida bir to‘xtamga keldi va bu qarashlarini 1966 yil nashr qilingan “Motivatsiya va inson borlig‘i” deb nomlangan kitobida bayon etadi. Uning fikricha, hamma asosiy motivlar ikkita tarkibiy va bir-biridan farq qiladigan guruhlarga bo‘linishi kerak – ular gigiyena omillari va motivlar omillari. Birinchi omil, odamlar ishining muvaffaqiyatini ta’minlaydi ёки пасайтириб юборади. Herzberg бу omillarni quyidagilar, deb hisoblaydi: mehnat sharti; firmaning siyosiy ahamiyati; maoshi; jamoadoshi va boshlig‘i bilan munosabati va shunga o‘xshaganlarni kiritadi. Motiv omillariga esa: ishdagi muvaffaqiyat; ish yuzasidan ko‘tarilishi; qulay imkoniyatga egaligi; ishning qiziqligi va qiyinligi; ishning turli xilligi; ishning rejalashtirilishida qatnashish va hokazolar. Shuningdek, bular ko‘pincha motivlashtirish vazifasining natijasi uchun kerak. Bu motivlar bir-biri bilan nafaqat tadbirkorlik motivatsiyasini shakllantiruvchi faoliyatda, balki tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda ham muhim o‘rin kasb etadi. V.M.Karimovaning ta’kidlashicha, “Faoliyat – ehtiyoj – motivatsiya” tushunchalari o‘zaro bog‘liqdir. Har qanday faoliyat ortida insonning aniq ehtiyoji yotib, bu ehtiyoj – shaxsni o‘rab turgan muhitga bog‘liqdir va bunda ma’lum ma’noda psixologik tobe ekanligini tushuntiruvchi talablar mavjuddir. Shu ehtiyoj ta’sirida paydo bo‘ladigan faollikning turtkisi – motivdir. Umuman olganda, motivatsiyaga o‘zini ma’lum bir xatti-harakatlarga undovchi organizmning ichki holati sifatida qaraladi. A.A.Krilov o‘z qarashlarida, motivatsiya fenomenini uchta asosiy talqinini sharhlab o‘tadi: “Fiziologik talqinlar – ichki turtki yoki ehtiyojlarning ahamiyatliligini ta’kidlaydi. Misol uchun, yemishdan mahrum bo‘lgan hayvon ochlikni his etadi va yegulikni izlab topishga va o‘z fiziologik ehtiyojini qondirishga intiladi. Ochlik, chanqoqlik va jinsiy mayl kabi holatlar organizm uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, odatda “birlamchi drayv” deb hisoblanadi. Bixevioristik talqinlar – o‘rgatish (o‘qitish) jarayonida orttirilgan ichki turtkilarga suyanadi. Masalan, pulga ega bo‘lishdek motivatsion moyillik. Ochlik va chanqoqlik singari “birlamchi drayv (boshqarish, undash)” holatlar pullar bilan assotsiatsiyalanishi sababli, biz ishga nisbatan yo‘naltirilgan yuqori motivatsiyani sezamiz. Psixologik talqinlar – aniq harakatlarga bizni undovchi “birlamchi drayv” konsepsiyasi insoniyat xulq-atvorini undaganda murakkab turlarini tushuntirishda ham dolzarb bo‘lib qolaveradi. Ichki murakkab ehtiyojga erishish motivatsiyasi affiliatsiya yoki Maslow bo‘yicha o‘zini ro‘yobga chiqarish misol bo‘la oladi”. Adabiyotlarda motivatsiyaga oid nazariyalar, asosan, ikkita toifaga ajratiladi: mazmuniy; jarayoniy. Motivatsiyaning mazmuniy nazariyalari birinchi navbatda insonlarni harakatga undovchi ehtiyojlarini aniqlashga harakat qiladi, aynan unda ishning hajmi va mazmuni aniqlanadi. Motivatsiyaning zamonaviy mazmuniy konsepsiyalariga asos solinishi, asosan, Abraham Maslow, Frederick Herzberg, David McCellandlarning ishlari bilan bog‘liq. Mashhur nemis sotsiologi Maks Veber XIX asr boshlarida biznesdagi holatni tahlil etar ekan, biznes odobi masalasida mufassal to‘xtalib o‘tgan. Biznesning mohiyatini tushunib yetgan holda u: “Trubinalardan tutun chiqishi uchun foyda olinishi zarur”, – deb ta’kidlagan. Bu yerda u tadbirkorlar faoliyatidagi ikki yo‘nalishni ajratib ko‘rsatadi: usiz ishlab chiqarish mavjud bo‘lmaydigan oqilona foydaga intilish; “boylikka intilish”. M.Veber ikkinchi yo‘nalishni biznes emas deb ta’kidlaydi. “Bunday intilish ofitsiantlar, vrachlar, rassomlar, yengil tabiatli kishilar, askarlar, qimorboz va gadoylarda uchraydi va to‘liq ishonch bilan u barcha davr va mamlakatlarning barcha aholi guruhlari va alohida shaxslariga xos bo‘ladi”. Motivatsiyaning mazmuniy nazariyalari odamlar xulqini belgilovchi ehtiyojlar va unga bog‘liq omillarga asoslanadi. Jarayoniy nazariyalar motivatsiyani boshqacha tarzda o‘rganadi. Ularda inson qanday qilib aniq bir xulq turini tanlashi tahlil qilinadi. Jarayoniy nazariyalar asoschilari ehtiyojlar mavjudligi to‘g‘risida bahslashmaydilar, balki odamlar xulqi ehtiyojlar bilangina emas, balki psixologik jarayonlar bilan aniqlanadi, deb hisoblashadi. Motivatsiyaning jarayoniy nazariyasining uchta asosi mavjud: kutishlar nazariyasi, adolatlilik nazariyasi va Porter-Louler modeli. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling