5. B.Weonerning motivatsion nazariyasi
B.Weoner o‘zining “Motivatsiya nazariyalari” kitobida tadbirkorlik faoliyati motivatsiyani yoritishda “Instinkt nazariyasi”, “Idrok etish nazariyasi”, “Boshqarish va mustahkamlash nazariyasi” kabi bir qator nazariyalarning o‘rni beqiyosligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Unga ko‘ra,
10.5.1. Instinkt nazariyasi
Unda e’tirof etilishicha, tadbirkor faqatgina tashqi ta’sir va ichki tahlilga asoslangan holdagina emas, balki o‘zining instinktiv maqsadlaridan kelib chiqqan holda o‘z xatti-harakatlarini amalga oshirar ekan. Achinarlisi shundaki, bu harakatlarning natijasi mohiyatini ular kech anglab buni o‘zlari bilmagan holda amalga oshirganliklarini uqtirishadi.
5.1-rasm. B.Weonerning motivatsion nazariyasi chizmasi
Tadbirkor faoliyatini tashkillashtirishda, uning instinktiv xislatlaridan foydalanish nazariyasi 1920 yillarda o‘z mashhurligini yo‘qota bordi. Bunga asosiy sabab, inson instinktining serqirraligi bo‘lsa, ikkinchisi, olimlarning inson instinktiga ham ta’sir qilish mumkin, degan xulosalari bo‘ldi.
5.2. Boshqarish va mustahkamlash nazariyasi
Tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasining psixologik jihatdan asoslaydigan ikkinchi nazariya bo‘lib, unda tadbirkorning hozirdagi faoliyati o‘tmishdagi malaka va kelajakdagi mo‘ljallayotgan oqibat (yutuq, sovrin, mavqe...)lariga asoslanadi deyiladi (16.5.1-rasm).
5.3. Idrok etish nazariyasi
Ushbu nazariya “boshqarish” nazariyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Idrok etish nazariyasi tadbirkorning kelajakka bo‘lgan ishonchiga asoslansa, “boshqarish” nazariyasi o‘tmishdagi voqea oqibatlariga asoslanadi. Idrok etish nazariyasida ta’kidlanishicha, inson faoliyati kelajakka bo‘lgan orzu, umid, ishonch kabi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Demak, tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasini shakllantirish va uni ishlab chiqarishga qo‘llash psixologik qarashlarda juda keng o‘rganilgan muammolardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |