Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Download 4.49 Mb.
bet73/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Asosiy tushuncha va atamalar

Ehtiyoj, motiv, motivatsiya, fenomen, rejalashtirish, iyerarxiya, ikki omil, maqsad, tavakkal, muvaffaqiyat, mag‘lubiyat.




Nazorat va muhokama qilish uchun savollar



  1. Abraham Maslow kim va uning konsepsiyasini mohiyati nimadan iborat?

  2. Motivatsiya oid nazariyalar sanang va ularga qisqacha tavsif bering.

  3. Kutishlar va Adolatlilik nazariyalarni bir-biridan tafovutini ajratib tahlil qiling.

  4. Мотивациясининг жамланма назарияси нима деб аталади?

  5. B.Weonerning motivatsion nazariyasi necha xil va ular qaysilar?

  6. Mahalliy muhitga modifikatsiya qilingan hamda tadbirkorlik motivatsiyasi va qiziqishlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan psixodiagnostik metodlardan qaysilarini bilasiz?



12- mavzu: Shaxsning emotsional-motivatsion sohasi va funksional holatlari psixodiagnostikasi

Reja:
1.Ziddiyatlar va ularning emosional his qilinishi.


2.Ziddiyatli xulq va uni his qilishning yosh va jins xususiyatlari.
3.Stress haqida tushuncha, uning ijobiy va salbiy oqibatlari.
4.Xulq psixogigiyenasi va maqsadga muvofiq xulqning tamoyillari.
5.Ishlab chiqarish ziddiyatlari sharoitida shaxs xulqining o’ziga xosligi.
6.Psixometrik ziddiyat (paradoks).


1. Ziddiyatlar va ularning emosional his qilinishi


Ziddiyatlar qarama-qarshi fikr, qarashlarning to’qnashuvi bo’lib, u asosan shaxslararo munosabatlar jarayonida kelib chiqadi. Ziddiyatlar motiv, qiziqish, qarashlarning mos kelmasligiga ko’ra shaxsning ichki holati ijtimoiy muhit bilan bo’ladigan munosabatlarida ushbu ko’rinishlarga ega: oilada ota-ona va farzand orasidagi qarashlar mos kelmasligidan; shaxaslarda, jamoalarda, hamkasblar orasidagi ishiga, predmetga, qiziqishlarga ko’ra yuzaga keladiganlarga; guruhlar orasidagi o’z qarashlarini amalga oshirish yuzasidan; shaxs ichidagi o’zga odamlar bilan ishlashda ularga ustunlik qilish yuzasidan amalga oshadigan.
Ixtiloflar, ya’ni kelishmovchiliklar individlarning o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatishi, o’zaro muomalada bo’lishi jarayonida vujudga keladi.
Ayrim tadqiqotlarda ziddiyatlarning “ma’naviy otasi” deb Geraklitni hisoblaydilar, shuningdek Sokrat va Platonga havola qilishlar ham uchraydi. Gegelga, uning ziddiyatlar to’g’risidagi va qarama-qarshiliklarning kurashi haqidagi ta’limotiga yetarli darajada tez-tez murojaat qiilib turiladi.
XX asr boshlarida bir qator nemis, avstriyalik va amerikalik sosiologlar: G.Zimmel, L.Gumplovich, D.Smolli, U.Samner kabilarning tadqiqotlari bilan ziddiyatlar nazariyasiga asos solindi. Ulardan eng mashhuri G.Zimmel bo’lib, u ziddiyatlarni jamiyat hayotidagi muqarrar hodisa qaragan, ziddiyatlar inson hayotining xususiyatidan kelib chiqadi va shaxsga xos bo’lgan hujumkorlik instinktdan paydo bo’ladi, deb hisoblaydi.
Diagnostika va boshqarishning o’xshash usulini tanlash uchun ziddiyatlar quyidagicha tasniflangan:

  • antogonistik ziddiyatlar;

  • kelishib hal qilinadigan ziddiyatlar;

  • ijtimoiy ziddiyatlar;

  • tashkiliy ziddiyatlar;

  • hissiy va shaxsiy ziddiyatlar;

  • vertikal va gorizontal ziddiyatlar;

  • oshkora ziddiyatlar;

  • yashirin ziddiyatlar;

  • shaxsning ichki ziddiyatlari;

  • guruhlararo va shaxslararo ziddiyatlar.

Kritik vaziyatlarda shaxs va jamoalardagi muhit holatini emosional his qilish orqali ularni boshqarish mumkin. Emosional his qilish shaxs psixikasining hissiy-irodaviy, intellektual jihatlariga bog’liq.



Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling