Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Tadbirkorlik motivatsiyasi va qiziqishlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan psixodiagnostik metodlar


Download 4.49 Mb.
bet72/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

6. Tadbirkorlik motivatsiyasi va qiziqishlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan psixodiagnostik metodlar

Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda, uning ikki elementini: harakat dasturi va maqsadni ajratish maqsadga muvofiq sanaladi. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. Buning uchun ijtimoiy xulqning motivlari aniqlangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat meyorlariga mos bo‘ladi.


A.Karpovning yozishicha, mehnatga ijtimoiy motivatsiya muammosi asosan ishlab chiqarishdagi psixologik va tadbirkorlik boshqaruvi masalalari muammolarini o‘z ichiga oladi.
Muallifning fikricha, psixologik muammolar, ishchining va har qanday tadbirkorning ruhiy holati, kechinmalari, tashqi omil ta’sirini qay darajada hazm qila olishi va bularning tadbirkor ish faoliyati va natijasiga ta’sir qilish darajasi tushuniladi.
Psixologik nuqtai nazardan motivatsiyani tizimli tarzda o‘rganish insonni mehnatga aynan nima yo‘naltirishini yaqqol aniqlashga imkon berdi. Lekin insonni mehnatdagi xulqi tadqiqotlari motivatsiyaning ba’zi umumiy tushunchalarini beradi va ish joyida xodim motivatsiyasining pragmatik modellarini yaratishga imkon tug‘diradi.
Tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasini ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishda, hozirgi kunda, rivojlangan mamlakatlarda ikki xil yondoshuv mavjud:

Shuningdek, birinchi yondoshish, metodikalar jamlanmasiga to‘rtta metod kiradi:

  • iqtisodiy metodlar (D.Sink);

  • maqsadli metod;

  • ishni takomillashtirish va rejalashtirish metodi (D.Xakmen, G.Oldxem);

  • qatnashish” metodi (metod “souchastiya”) – ishchilarni jalb etish.

Hozirda ushbu jamiyat qatlamining psixologik, ijtimoiy hamda ijtimoiy-psixologik mavqei xususiyatlari, shuningdek, hayot faoliyatining iqtisodiy sharoitlari haqida adekvat tasavvurlarga ega bo‘lish o‘ta muhim sanaladi. Shu bilan birga ularda ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni rivojlantirish dinamikasini kuzatish ham muhim ahamiyatga molikdir.



Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling