Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Havaskorlik va professional sport


Download 0.83 Mb.
bet16/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

8. Havaskorlik va professional sport.
So'nggi davrda sport keng qanot yozib taraqqiy qila boshladi. Kollejlar va universitetlardagi sport keng jamoat- chilik doirasiga yoyilib, jismonan chiniqish va faol dam olish vositasiga aylana bordi. XIX asr oxirlarida^ sport havaskorlik va professional darajasiga chiqib oldi. Bu 1894-yil Parijda havaskorlik sportining tamoyillarini o'rganish va uni keng yoyishga bag‘ishlangan Xalqaro Kongressda rasmiy tasdiqlangan.
Havaskorlik sporti. Havaskorlik sportiga maqom (status) berishdan maqsad aristokratik sport doirasidagilar va boshqa sohalardagi sportchilam'i chegaralash, o‘z navbatida esa jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchi ishchilar, sport sohasidagi mutaxassislar, murabbiylar, pedagoglarga keng imkoni- yat yaratib berishdan iborat edi. Mehnat jarayonida sport bilan shug'ullanib chiniqish va yana ish haqi olish havaskorlikka ziddir, degan g‘oya paydo bo‘ldi. Shu sababdan, bu jarayon professionallikni yuzaga keltirdi. Shu tariqa klublar tashkil etilib, havaskorlik sporti harakati rivojlana boshladi. Klublar ham, davlat ham xususiy ko‘rinishga ega edi. Chunki ishchilardan yig‘ilgan a’zolik badallari klub xarajallarini qoplay olmas edi. Awallari faqat bir sport turi bo'yicha klublar tashkil etildi. Keyinchalik esa bir nccha sport turlari (polisport) bo'yicha klublar yuzaga keldi. Shular qatorida sport jamiyatlari tashkil ctila boshladi. Sport harakatining rivojlanishi musobaqalaming qoidalarini ixchamlashtirish, rekordlarni rasmiylashtirish.. axborotlarni yig‘ish kabi faoliyatlarni yuritishni taqozo qildi. Bu, o‘z navbatida, awalo mahalliy va milliy, keyinchalik ba’zi bir sport turlari bo'yicha xalqaro uyushmalami tashkil qilishga olib keldi, ya’ni ittifoqlar (soyuz), ligalar (yetakchi), federat- siyalar (uyushma) yuzaga keldi. Birinchi milliy uyushma (soyuz) — AQSHning beysbol milliy federatsiyasi edi. U 1858-yilda ta’sis etilgan. Oradan besh yil o'tgach (1863 y.), ingliz futbol ligasi vujudga keldi. Keyinchalik esa gimnastika, qilichbozlik, boks va boshqa sport turlari bo'yicha milliy uyushmalar Yevropa, Amerika, Osiyo, Avstraliya mamlakatlarida ham tashkil qilindi. Sport harakatining kengayishi, qit’alarda milliy sport uyushmalarining tashkil etilishi, xalqaro sport federatsiya- larining ta’sis etilishi va musobaqalar o'tkazib turilishi xalqaro Olimpiya o'ynlarini tiklash va o'tkazishga olib keldi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling