Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet17/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Professional sport. Havaskorlik sporti qatorida professional sport ham rivoj topdi. XVII—XVIII asrlarda mavjud bo‘lgan sovrinli sport («Prizovoy sport») o'rniga hozirgi davr professional sporti paydo boMdi, bu savdo—ishlab chiqarish va moliyaviy kapital bilan uzviy bog‘liq edi. Professional sportchini sotib olish va sotish mumkinligi sababli yollanma ish kuchi predmetiga aylanadi. Chunki u tovarlami reklama qi-lish va boshqa sohalarda katta foyda keltira boshladi. Professional sportchi va tadbirkorlaming (menejer) o‘zaro mu- nosabatlari shartnomalar asosida rasmiylashtiriladi. «Qanday bo‘lmasin g'alaba» shiori ostida katta pul evaziga barcha joy- larda reklama qilish professionalizm yo‘lida amalga oshirib borildi. Sportchilarga giyohvand moddalar (doping) berish, ularning jismoniy, ma’naviy xususiyatlari sun’iy ravishda ku- chaytirildi. Professional sport ko'rgazmalarida jinoyatkorlik ishlari ham amalga oshirilishi ko'zda tutilgan edi. Bunday jarayonlami tashkil qilishda amerikaliklar eng awal ish bosh- lagan. Amerikalik mutafakkir yozuvchilar X.Marti, E.X.Xe- minguey, J. London kabilaming asarlarida professional sportining qonli oqibatlari va xalq ommasining ongsiz ra-vishda tomoshalarga intilishlari achinarli hoi sifatida ifoda etilgan. Burjuaziya professional sportni rivojlantirish bilan kassa yig'imini, reklamalar, turli xil ayyorlik yo‘llari bilan katta foydani qo'lga kiritadi. Professional sport asta-sekin kurash, boks, beysbol, futbol, basketbol, tennis, avtomotopoyga, velosiped, tog‘ chang‘isi va boshqa sport turlarida ham ildiz ota boshladi hamda jahonga keng tarqaldi. Professional sportning salbiy tomonlari bilan birgalikda uning targ‘ibot yo‘lidagi ba’zi ijo- biy xususiyatlarini ham tan olishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni om- maning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi, yoshlami sport, o‘yin va gimnastika bo'yicha tashkil qilingan klublarga jalb etishda bu sport harakatining o‘ziga xos xizmatlari mavjud bo‘lgan.

Nazorat uchun savollar:


1. O'rta asrlarda jismoniy madaniyat va sportning rivoj- lanishni qanday izohlaysiz?
2. Ritsarlik tizimidagi turnirlarning maqsadi nima?
3. Yevropa mamlakatlarida qilichbozlik va o‘q otish jamiyatlarining paydo bo‘lishiga sabab nima?
4. Gumanistlar va sotsial-utopistlaming jismoniy tarbiya haqidagi mulohazalari nimalardan iborat bo'lgan?
5. Antik Olimpiya o'yinlarini qayta tiklashga urinishlar qachon va qaysi davlatlarda amalga oshirilgan?
6. O'rta asrlardagi jismoniy tarbiya sport sohasida kechgan keyingi o'zgarishlarga qanday ta’sir qildi?
7. O'rta asrlarda o'tkazilgan bayramlar va an’anaviy ma- rosimlarda qanday yangi sport turlari, jismoniy mashqlar, o'yinlar yuzaga kelgan?
8. O'rta asrlar jismoniy madaniyatini aks ettiruvchi qanday yangi manbalami (kitoblar, qo'llanmalar, almanaxlar va h.k.) bilasiz? Ularning mualliflari, ijodkorlari haqida ma’lumotlar to'plang?
9. O'rta asr madaniyatiga doir qanday asarlar, kinofilm- larni bilasiz?
10. Yangi davrdagi jismoniy tarbiya va sportning rivojla- nishi qanday bo‘lgan?
11. XVIII—XIX asrlarda yetakchi bo'lgan pedagogik nazariyada jismoniy tarbiya masalalari qanday ifodalanadi? Ulardagi o'xshash farqlar, tamoyillar nimalardan iborat?
12. Gimnastika tizimlarining vujudga kelishi va bosh- qalaridan farqi nimalarda edi?
13. Germaniya, Fransiya, Shvetsiya kabi Yevropa mamlakatlarida nima uchun gimnastika vositasida, Angliya va Amerika mamlakatlarida esa sport va o‘yinlar vositasida jismoniy tarbiya vazifalari hal etilgan?
14. Ishchilar sport tashkilotlarining vujudga kelishiga sabab nima?
15. Yangi davrda havaskorlik sporti va professional sportning farqi nimada?
16. Rekreatsion sport tushunchasi nima?
17. Birinchi jahon urushi yillarida jismoniy tarbiya va sportni milliylashtirishning sabablari nimada?
18. Yangi davr jismoniy tarbiyaning ahamiyati nimada?

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling