Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet25/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

5. Taraqqiyot yo‘lidagi davlatlar
Milliy mustaqillik uchun xalqlaming kurashi Ikkinchi jahon urushidan keyin, ayniqsa, kuchaydi. Bunda Fashistlar Germaniyasining yakson qilinishi, Yaponiya militarizmining yo'q qilinishi, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi xalqlaming milliy ozodlik harakatlari asosiy sabab bo'lib hisob- landi. Natijada, imperializmning mustamlakachilik tizimi tushkunlikka uchradi. Taraqqiy etib kelayotgan davlatlar milliy mustaqillikni qo'lga kiritdi. Shu bilan o'zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti uchun kurash olib borishdi. Taraqqiy etib kelayotgan mamlakatlarda milliy-demokratik kuchlaming o'sishi ta’sirida jismoniy tarbiya va sportda jiddiy o'zgarishlar yuz berdi va u davom etmoqda. Jismoniy tarbiya va sport milliy madaniyatning uyg'onishi hamda rivojlanishning ajralmas qismi bo'lib qoldi.
Bu, o‘z navbatida, yosh davlatlar xalqlarini taraqqiyot yo'lidan borishga undamoqda. Bunday mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi munosabatlar, asosan, mustamlakachilik tizimidagi asoratlardan qutulish, milliy kamsitishlarga to‘la barham berish, milliy jismoniy tarbiya tizimini yaratishga qaratilmoqda. Jismoniy madaniyat sohasida erishilgan yutuq- lar milliy g‘urur va mamlakat iftixori sifatida baholanmoqda. Ularni xalqaro miqyosda mustahkamlash yo‘lida harakat qilinmoqda.
Afrika mintaqasi. Jismoniy tarbiya va sportning rivojla- nishi Afrika mamlakatlarida namoyon bo'lmoqda. Afrika mintaqasining xalqlari bir necha asrlar mobaynida o‘zining milliy madaniyati va uning tarkibiy qismi sifatida jismoniy madaniyatni ham yuzaga keltirdi. Lekin mustamlakachilik tizimi bu yurtlarda iqtisodiy va madaniy rivojlanishni ancha orqada qoldirdi. Jismoniy madaniyat taraqqiyotining to‘xtab qolish sababi, asosan, aholini yo‘qchilik, qashshoqlik holati bilan bog‘liq edi..Jismoniy tarbiya va sport o‘yinlari bilan shug'ullanish mustamlaka egalari hamda mahalliy boylargagina nasib etgan edi, layoqatli va eng yaxshi sportchilar faqat metropoliylar, ya’ni mustamlakachilar (Fransiya, Angliya, Italiya va boshqa davlatlar) terma jamoalari tarkibidagina musobaqalarda qatnashganlar.
Mustaqillikni qo'lga kiritgan davlatlar yangi hayot qurish, jismoniy madaniyatni keng omma orasiga yoMlashga kirishdi. Ko‘pgina davlatlarda jismoniy tarbiya va sport bo'yicha rahbarlik davlat doirasida olib borildi. Jismoniy tarbiya maktab va boshqa o‘quv yurtlarining dasturlarigakiritildi. Yoshlarni tarbiyalashda an’anaviy milliy o‘yinlar, jismoniy mashq turlari keng qo‘llanildi. Bu jarayonlar arab mamlakatlari: Aljir, Liviya, Tunis, Marokko, shuningdek, Gana, Mali, Gvineya va boshqalarda namunali hisoblandi. Afrika mintaqasidagi davlat­larda xalqlar turmushi orasidagi farqlami kamaytirishda jismoniy tarbiya va sport muhim vosita sifatida xizmat qildi, ijtimoiy taraqqiyotga katta hissa qo‘shdi. Jismoniy tarbiya taraqqiyotini muvofiqlashtirish va rahbarlikni amalga oshirish yo‘lida yagona tartibni ishlab chiqish amalga oshirildi. 1965- yilda Afrika Oliy sport Ittifoqi (Kengashi) tashkil etildi. Bu Afrika sportchilarini birlashtirish va yagona Afrika birligini ta’minlashga xizmat qilib keldi, mustamlakachilik va irqchi- likka qarshi kurash olib bordi. Bu Kengash sportda milliy kamsitish va irqchilikka qarshi faoliyatlarni yuritdi. Shu asosda mintaqadagi musobaqalar va o‘yinlarga sportchilami tayyorlash amalga oshirilmoqda.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling