Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet26/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Osiyo mintaqasi. Osiyodagi taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatlarda davlat va jamoat tashkilotlari jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga katta e’tibor berdilar. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan Hindiston, Afg‘oniston, Birma, Indoneziya, Livan va boshqa mamlakatlardagi sport tashkilotlari juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Jismoniy tarbiya va sportga qiziqish bu mamlakatlarda yil sayin oshib bordi. 1954-yilda Hindistonda hukumat tomonidan sport va jismoniy tarbiyani o'rga-tish Milliy Kengashi tuzildi. Uning Dasturi hind yoshlarini jismoniy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishga qaratildi. 1963- yildan boshlab «Jismoniy takomillashtirish milliy harakati» musobaqalari doimiy o‘tkazib borilmoqda. Uiarda 2 mln. gacha kishi ishtirok etadi. Taraqqiy qilayotgan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tay-yorlash, sportning moddiy-texnik bazasini yaratishga jiddiy e’tibor berib, katta mablag‘lar sarflanmoqda. 1960-yil Qobulda (Afg‘oniston) maktablar va boshqa o‘quv yurtlari uchun jis­moniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash maktabi tashldl etildi. 1975-yilda jismoniy tarbiya instituti ochildi. Oliy toifadagi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlovchi institutlar Hindiston, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlarida mavjuddir. Osiyo mamlakatlarida sport-gimnastika va o‘yinlami rivojlantirish maqsadida 1949-yilda Osiyo 0‘yinlar uyushmasi (fede­ratsiya) tashkil etildi. Bu uyushma Osiyodagi 20 dan ortiq mamlakatlami o‘ziga birlashtiradi. Osiyo o'yinlari Markaziy Osiyo respublikalarining sport­dagi nufuzlarini yanada balandroq ko'tarish yo'lida katta xizmat qilmoqda. Bu, o‘z navbatida, sport turlari bo'yicha Osiyo chempionatlari, Xalqaro tumirlami o'tkazishga hamda jahon birinchililklari va Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik- saralash musobaqalarida teng huquqli ravishda ishtirok etish, sportchilar mahoratini oshirish, eng muhimi, mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport harakatini yanada takomillashtirishga asos bo'lmoqda.
Lotin Amerikasi mintaqasi. Urushdan so'nggi davrda bu mintaqada jismoniy tarbiya va sportning o'sishi sezilarli darajada ko'zga ko'rindi. Bunda Amerika va Karib dengizi, Panamerika o'yinlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu o'yinlar ilk bor 1951-yilda tashkil etilgan. Shular qatorida Bo- liviya o'yinlari ham mavjuddir. Bu o'yinlaming dasturida fut­bol, basketbol, yengil atletika, suzish, boks, kurash, velosport, o'q otish, qilichbozlik, tennis va boshqa sport turlari, ya’ni Amerika qit’asida keng tarqalgan o'yinlar mavjuddir.
Taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatlaming sport­chilari Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatlaiga erishmoqda. Hindiston sportchilari 1948, 1952, 1956, 1964, 1980-yillarda chim xokkeyi bo'yicha Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‘lishgan. Rimda va 1964-yilda Tokioda o'tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida Efiopiya yuguruvchilariga marafonchilar Abebe Bekila, Moskvadagi (1980) o'yinlarida M.Ifter 5 va 10 km.ga yugurish bo‘yicha bellashuvlarda shuhrat keltirgan edi. Myunxenda (1972) o‘tkazilgan XX Olimpiya o'yinida Jon- Akip-Bua (Uganda) 400 m.ga to‘siqli yugurishda jahon re- kordini o‘rnatib chempion boMdi. Shuningdek, Keniya, Ma- rokko, Eron va boshqa mamlakatlar ham Olimpiya o‘yilarida yaxshi natijalarga erishadi.
Ta’kidlash zarurki, 2000-yil Sidneyda (Avstraliya) o‘tkazilgan XXVII Olimpiya o'yinlarida O‘zbekiston boks chilari 1 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Andijonlik Muhammadqodir Abdullayev (71 kg) vaznda Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Taraqqiyot yo‘lida borayotgan mamlakatlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirish, mutaxassis kadrlar tayyorlash, yangi usullar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda tashkiliy sohalarda sobiq sotsialistik mamlakatlarning o‘zaro yordami muhim o‘rinlarni egalladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling