Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Rus dvoryanlari hayotida jismoniy tarbiya


Download 0.83 Mb.
bet29/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

2. Rus dvoryanlari hayotida jismoniy tarbiya.
Dvoryanlar muhitida jismoniy tarbiya taraqqiyoti, birinchi navbatda, armiya, flot va davlat muassasalari uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash zarurati bilan belgilanar edi. 1717-yili Pyotr I ning topshirig‘i bilan dvoryanlar oilaviy hayoti va turmushi tartibini belgilab bergan «Domostroy» o'rniga jamoatchilik orasida xulq-atvor qoidalari hamda dvoryanlar bolalari hayoti va turmushiga qo'yiladigan tala- balami o‘z ichiga olgan «Yoshlikning haqiqiy ko'zgusi» nomli yangi qoilanma nashr etildi. Mazkur kitobda shunday deyil- gan edi. «Agar yosh dvoryan mashq qilishda (ta’lim olishda), xususan, til bilish, ot minish, raqs tushish, shamshir bilan olishish sohasida kamolotga yetgan boisa, shu bilan biiga, chiroyli gapira oladigan va ko‘p kitob o‘qigan bo‘lsa, u o'zining ana shu fazilatlari tufayli bevosita saroy amaldori boia olishi mumkin». Bundan ko'rinib turibdiki, saroy amaldori chet tillami bilish, raqs tusha olish va nutq san’atini egallash bilangina cheklanib qolmasligi, balki otda yurish va shamshir bilan olishish san’atini ham mukammal egallagan bo‘lishi kerak edi.
O‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya. Rus davlatida XVIII asming birinchi choragida o'tkazilgan islohotlar va o‘zgarishlar tizimida harbiy va fuqaro o‘quv yurtlarida jis­moniy tarbiyaning joriy etilishi Rossiyada jismoniy tarbi- yaning taraqqiy etishi uchun juda muhim ahamiyat kasb etdi. Qilichbozlik, otda yurish, eshkak eshish, kema arqonlaridan tirmashib chiqish jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari bo'lgan.
Yuqorida eslatib o'tilgan matematika va novigatsiya fanlari maktabi jismoniy tarbiyani majburiy o'quv fanlaridan biri sifatida joriy etgan birinchi o‘quv yurti bo‘ldi. Maktabda boshqa fanlar bilan bir qatorda yelkanni boshqarish, eshkak eshish, rapirada olishishni (qilichbozlik) mashq qilish fanlari ham o'rganilar edi. Maktab binosi Suxarev minorasida qilichbozlik mashg‘ulotlari uchun maxsus zal jihozlab qo'yilgan edi.
Dengiz akademiyasida qilichbozlik, qo‘l jangi usullari jismoniy tarbiya vositalari hisoblanardi.
Ruhoniylargina emas, balki davlat muassasalari uchun amaldorlar tayyorlaydigan diniy o‘quv yurtlarida ham jis­moniy tarbiya joriy etiladi. Ammo diniy seminariyalarda jis­moniy taibiya fani boshqa farilar bilan bir qatorda o‘quv das­turi bo'yicha o'tkaziladigan dunyoviy o‘quv yurtlaridan farqli ravishda harakatli o'yinlar va sayrlar shaklida bo'lib («halol va badanni harakatlantiruvchi sayrlar...»), uning uchun har kuni darsdan tashqari 2 soat vaqt ajratilar edi.
XVIII asr o‘rtalarida dvoryan bolalarini harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida dvoryanlar uchun maxsus o'quv yurtlari ochildi. 1731-yilda quruqlikdagi shlyaxta kadet korpusi, 1752-yilda dengiz shlyaxta korpusi, pajlar korpusi va bosh- qalar tashkil etildi. Jismoniy tarbiya bu o‘quv yurtlari das- turiga ham kiritilgan edi. Quruqlikdagi kadet korpusida ot minish, qilichbozlik, raqslar, kurash, eshkak eshish va yelkan ishlari jismoniy tarbiya vositalari vazifasini o‘tagan boisa, pajlar korpusida esa otda yurish, qilichbozlik, to‘p o‘yini, kegli, raqslar jismoniy tarbiya vositalari boiib xizmat qilgan. Kadetlar jismoniy taibiyasiga alohida e’tibor berilar edi. Bu sohada ko‘proq yutuqqa ega boigan kishilar rag‘batlantirilib turilar edi. Kurash va qilichbozlik bo‘yicha o‘quv musobaqalarida muvaffaqiyat qozonganlaming nomlari saf oldida e’lon qilinardi. Otda yurish, qilichbozlik va raqslardan xalq oldida har yili ikki marta imtihon olinar edi.
1755-yilda buyuk rus olimi M.V.Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva universiteti barpo qilindi. Bu universitetning o‘quv fanlari orasida qilichbozlik va raqs ham bor edi. M.V.Lomonosov asarlarida shaxsiy-ijtimoiy gigiyena, sogiiqni saqlash va kishi umrini uzaytirish masalalariga doir ко‘rsatmalar bayon qilingan.
Jismoniy tarbiya litseylarda, xususan, Sarskoye selo litseyida nisbatan yaxshi yoiga qo'yilgan edi. Bu o‘quv yurt- larda jismoniy- tarbiya majburiy o'quv fanlari jumlasiga kirar hamda uning mazmunini qilichbozlik va gimnastika tashkil etar edi. Bundan tashqari, litsey o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarida yugurish va kurash tushishdan musobaqalashar edilar.
Biroq jismoniy tarbiya imtiyozli va pul bilan yaxshi ta’minlangan o‘quv yurtlaridagina amalga oshirilar edi. Ma- salan, raznochinlar gimnaziyalarida jismoniy taibiya bilan mutlaqo shug'ullanilmas edi. 1804-yiigi maktab islohotidan keyin universitetlar ustaviga «Imkoniyat bo‘lgan joylarda raqs, muzika mashg‘ulotlari va jismoniy mashqlar o‘tkazilsin» deb yozilgan edi. Universitet va gimnaziyalarda jismoniy tarbiya uchun mablag‘ ajratilmas edi. F.F.Ushakov (1744—1817), M.I.Kutuzov (1795—1813) kabilar A.V.Suvorovning milliy harbiy va jismoniy tayyorgarlik ta’limotini davom ettirdi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling