Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Rossiyaning Olimpiya harakati yo‘lidagi intilishlari


Download 0.83 Mb.
bet32/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

4. Rossiyaning Olimpiya harakati yo‘lidagi intilishlari.
XIX asr oxirida Rossiyada jismoniy madaniyat va sportning rivojlanishi, uning xalqaro sport harakatiga qo'shilishiga da’vat etdi. Bu esa Olimpiya o'yinlarining kelib chiqish sa~ bablari haqidagi ma’lumotlarni o'iganishga qiziqish uyg'otdi. * Ma’lumki, qadimgi grek Olimpiya o'yinlari haqidagi ma’lumotlar deyarli jahonning barcha mintaqalarida uzoq yillardan buyon tarqalib, ko'pchilikning diqqat-e’tiborini tor- tib kelgan.
XV asrda bolgar yozuvchisi Isayi grek faylasufl Dionisiy Arepogitning asarini taijima qilib tarqatgan edi. Bu esa qadimgi ruslarga ham ma’lum bo‘lgan. Bu ma’lumotlar XVII—XVIII asarlarda yanada kengaygan. Olimpiya o‘yinlariga o‘xshash tadbirlarni Rossiyada o‘tkazishni taklif qilgan M.V.Lomonosov hisoblanadi. U «Sog‘liqni saqlash haqidagi mulohazalar»ida (1741—1742y.) o‘yinlaming mohi- yatini tan oladi, lekin uning Olimpiya o‘yinlarini o'tkazish haqidagi g'oyalari amalga oshmay qolib ketdi. 1860-yil Rassomlar Akademiyasida ko‘rgazma tashkil etildi. Unda V.O.Vereshagin, N.D.Dmitriyevlarning Olimpiya o'yinlari haqidagi rasmlari namoyish etildi. Ular oltin medallar bilan taqdirlandi. Olimpiya o‘yinlarining ijtimoiy- tarbiyaviy xususiyatlari juda ko‘p yozuvchilar, shoirlar, peda- goglarning asarlarida ifoda etilgan. P.F.Lesgaft ham «Tarixiy lavhalar» asarida Olimpiya 0‘yinlari haqida qimmatli fikrlar bildirgan. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 1894-yil Parijda o‘tkazilgan Kongressida rus generali A.R.Butovskiy (1818— 1917) qo‘mitaga a’zo qilib saylandi, 1900-yilgacha u mazkur lavozimni egallab turdi. A.R.Butovskiy rus harbiysida xizmat qilgan va jismoniy tarbiyani yaxshi 0‘zlashtirgan kishi sifatida taniqli bo‘lgan. U Fransiya, Belgiya, Daniya, Shvetsiya, Germaniya kabi mamlakatlarda bo‘lib, gimnastika-sport o‘yinlari harakati va tizimini o‘rgangan, yosh olim Pyer de Kubertenning ishlari bilan qiziqqan. Ular Olimpiya harakati haqida ko‘p mulohazalar yuritganlar. E’tiborli tomoni shundaki, 1994-yil 23-iyulda Sankt- Peterburgda Xuan Antonio Samaranch (o‘sha vaqtda XOQ Prezidenti) ishtirokida Pyer de Kuberten va A.R.Butovskiylar xotirasiga bag‘ishlab yaratilgan haykallaming (skulptor M.Anikdjin) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash lozimki, rus sportchilari xalqaro sport musobaqalari va Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat bilan qatnashdilar. Bunda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasidagi (XOQ) Rossiyaning ikkinchi a’zosi graf G.I.Ribopyer (1900—1913), knyaz S.K.Belo- solskiylar (1900—1908-yillar) katta xizmat qilishdi.
l908-yil| Londondagi IV Olimpiyada o'yinlari yaqinlashi- iiht bilan Rossiya sportchilarining ahvoli birmuncha yaxshi- Inndi, shug'ullanuvchilar va yaxshi natija ko'rsatuvchilar soni ancha oshdi. Rossiyada Olimpiya qo'mitasi bo'lmaganligi sa- babli sportchilar birma-bir alohida o'yinlarga yetib boradi. Guruhda 8 kishi bo'lib, N.Panin (figurali uchish), N.Orlov, A.Petrov, Ye.Zamotin va G.Demin (kurash), G.Lind, A. Petrovskiy (yengil atletika) va martineonlardan (velosport) iborat edi. Figurali uchish bo'yicha N.Panin Olimpiya chempioni bo'ldi. Keyingi (Stokgolm) o'yinlarda rus sport- chilarini boshqa davlatlar tan ola boshladi.
1911-yil 16-martda Rossiya Olimpiya qo'mitasi (ROQ) tashkil etildi. Uning tarkibiga G.I.Ribopyer, G.A.Dyupperon (XOQ a’zosi sifatida), A.P.Lebedev (Sankt-Peterburg havas­korlik sport klubi), R.F. Fulda (Moskva, futbol uyushmasi), A.P.Chaplinskiy (S.Peterburg, og‘ir atletika uyushmasi), A.K.Lindemut (Riga, Boltiq Olimpiya qo‘mitasi), V.N.Shustov (Moskva, konkida uchish uyushmasi), S.V.Ivanov (S.Peteiburg, chang'i uyushmasi) kiritildi.
1912-yil Stokgolmda Rossiya sportchilari rasmiy ravishda XOQ a’zosi sifatida qatnashdi. Bunda 170 ga yaqin vakillar, shundan 50 ga yaqin sportchilar bor edi. Lekin natijalar yax­shi bo‘lmadi. N.Kleyn (kurash) va o‘q otish jamoasi (4 kishi 12 ta) kumush medallarini olishgan — chang1 ichilar esa 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
V Olimpiadadan keyin o'yinlarga juda puxta tayyorlanish zarurligi ma’lum bo'ldi. Shu sababdan, 1912—1913-yil uchun musobaqalar o‘tkazish rejalari tuzildi. Rossiya rahbarlari 1916-yilgi Olimpiya o'ymiga qadar to‘rtta umumrossiya o‘yinlarini: 1913-yil - Kiyevda, 1914-yil— Rigada, 1915-yil — Sankt-Peterburgda va 1916-yil — Moskvada o'tkazishni mo'ljalladilar.
Kiyev va Rigadagi Olimpiya o'yinlari hukumatni (im- periya) ancha qiziqtirdi. Bu o‘yinlar dasturiga Olimpiya sport turlarining barchasi kiritildi, asosiy diqqat esa yengil at­letika va futbol musobaqalariga qaratildi.
1914-yil 1-avgustda Germaniya Rossiyaga qarshi urush e’lon qildi. Shu sababdan, sport tashkilotlarining barcha faoliyatlari urushga qarshi qaratildi. Xulosa qilib aytganda, Rossiyada eng qadimgi davrlardan boshlab to oktabr inqilobigacha (1917) bo‘lgan uzoq davr- larda jismoniy madaniyat Yevropa mamlakatlaridagiga o'xsluib rivoj topdi. Xalq ichida ommalashgan bug'u ovi va boshqa o'yinlar takomillashdi.
Ijtimoiy tu/umlar oqibatida ruslarning kaltak, tayoq, cho'qmor, bolta, nayza va boshqa qurollardan, keyinchalik nayzabozlik, o‘q otar qurollardan foydalanuvchi turnirlar o'tkazildi. Shvetsiya, Germaniya, Chexiya va boshqa davlatlaming sport-gimnastika tizimidan keng foydalanildi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling