Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet33/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Nazorat uchun savollar:
1. Rus davlatlarida qaysi jismoniy mashqlar va o'yinlar turmush sharoitida o'z ifodasini topgan?
2. Qadimgi rus davlatlarida jismoniy tarbiya qanday amalga oshirilgan?
3. Tibbiyot va pedagogika fanlarida jismoniy tarbiyaga qanday baho berildi?
4. Qachondan boshlab va qaysi o'quv yurtlarida jismoniy tarbiya dars sifatida majburiy o'qitila boshlandi?
5. Rus askarlarida jismoniy tarbiya qanday shakllandi?
6. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning negizida qanday o'quv qo'llanmalari yaratildi?
7. Pedagogika, falsafa va boshqa fanlarning (sohalar) jismoniy tarbiya masalalariga munosabati qanday edi?
8. XIX asming oxirida jismoniy tarbiya va sport qanday holda edi?
9. Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari (N.G.Cher- nishevskiy, N. A. Dobrolyubov va N.I.Pirogov, I.M.Sechyenev va boshqa) qanday rivoj topdi?
10. P.F.Lesgaftning jismoniy tarbiya ta’Iimi va uning hayoti.
11. Rossiyada sport klublarining tashkil etilish sabablari.
12. Rossiya Olimpiya harakatiga qo'shilishi va Rossiyada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari haqida nimalarni bilasiz?
9-10-MAVZU. XX asming birinchi yarmida xalqaro sport va olimpiya harakati. XX asming
ikkinchi yarmida xalqaro sport va olimpiya harakati.
Mashgʻulot turi: ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Xalqaro sport harakatining kengayishi.
2. Yozgi va qishgi Olimpiya o'yinlari.
3. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va uning Prezidentlari. Olimpiya Kongresslari.
4. Olimpiya o‘yinlari.


1. Xalqaro sport harakatining kengayishi.
XX asrning birinchi yarmida jismoniy madaniyat va sport ma’lum darajada rivoj topdi. Xalqaro sport federatsiyalari faoliyati yolga tushib, ancha takomillashdi. Yangidan xalqaro sport uyushmalari tuzila boshladi. XX asrning 20— 30-yillarida tarkib topgan va rivojlangan sport turlari bo'yicha Xalqaro sport uyushmalari (XSU) tashkil topdi. Bunda xalqaro og‘ir atletika sport federatsiyasi (IVF, 1920), ot sporti (FES, 1921), chang'i sporti (FIS, 1924), chim xokkeyi (DIX, 1924), shaxmat (FIRE, 1924), stol tennisi (ITTF, 1926), kamondan o‘q otish (FITA, 1931), alpinizm (UIIA, 1932), basketbol (FIBA, 1932), badminton (IBF, 1934), regbi (FIRA, 1934) kabilar o‘z maqomiga ega bo‘ldi. 1924- yilda Sport matbuoti xalqaro assotsiatsiyasi, 1928-yilda Sport tibbiyoti xalqaro assosiatsiyasi tuzildi. 1920—1941-yillar mo- baynida 43 ta xalqaro sport tashkilotlari tashkil etilgan edi. Ularning 32 tasi sport turlari bo'yicha edi. Xalqaro sport mu- sobaqalarining kalendar rejalari ancha kengaydi. Olimpiya o'yinlari yana tiklanib, davom etdi. Jahon va Yevropa miqyosida ba’zi bir sport turlari bo‘yicha chempionatlami o'tkazish davom etdi. Kalendarlarda 20—30-yillarda xalqaro ishchi olim- piadalari, spartakiadalar, slyotlar, hududiy musobaqalami tashkil qilish boshlandi. Xalqaro talabalar sporti. Sport olamida sifat jihatdan yangi yo‘nalish, ya’ni talabalar sport harakati vujudga keldi. Bunda jahon talabalarining chempionati e’tiboiga loyiqdir. Talabalar sporti Angliya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda keng rivojlandi. Lekin birinchi jahon urushi bunga to'sqinlik qildi. Urushdan keyin bu harakat qayta tiklanadi. 1923-yilda fransuz jamoat arbobi Jon Potijonning tashabbusi bilan Parijda Xalqaro talabalar sport uyushmasi tashkil etildi. U qishki va yozgi Xalqaro chempionatlarni universitetlar orasida o‘tkazishni o‘z zimma- siga oladi. Shu tariqa 1924-yilda yozgi va 1928-yilda qishki sport turlari bo'yicha chempionatlarni o‘tkazishga asos solindi.
Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq Xalqaro sport uyushmalari mavjuddir. Ularga 5 qit’adan minglab milliy sport tashkilotlari va bir necha yuz millionlab sport ixlos- mandlari birlashgan. Urushdan keyingi dastlabki davrlarda jahon yoshlari va talabalarining do‘stlik o‘yinlari an’anaga aylandi. Bu o‘yinlar jahon yoshlari festivallari dasturidan o‘rin egalladi. Bu, ayniqsa, 1957-yil Moskvada o'tkazilgan III Jahon yoshlari festivalida yaqqol namoyon bo‘ldi. 1959-yilda umumjahon talabalarining Universiadasi o'tkazildi. Universitetlar sporti Xalqaro fediratsiyasi (USXF - FISU) universiadalami yozgi va qishki sport turlari bo‘yicha o‘tkazib kelmoqda. Qit’alarda sport o‘yinlarini o‘tkazishga 1951-yilda asos solingan edi. Bu o‘yinlar har 4 yilda bir marotaba tashkil etiladi.
Panamerika o‘yinlari Shimoliy va Janubiy Amerika min- taqalari sportchilarining o‘z kuch sinashuvidir. Shuningdek, Afrika, Britaniya, Osiyo, Bolqon, 0 ‘rta yer dengizi, Skandi- naviya o‘yinlari ham doimiy ravishda o'tkazib borilmoqda. Mintaqaviy o‘yinlar agar XOQ xartiyasiga xilof ravishda ish olib borilmasa, XOQ himoyasida o'tkaziladi. 1958-yildan boshlab o‘tkaziladigan AQSH va SSSR yen­gil atletikachilaming xalqaro musobaqalari jahonda «Ulkanlar uchrashuvi» («Match gigantov») deb yuritiladi.
1975-yilda Xelsinkida Yevropa, AQSH va Kanada dav- latlarining 35 vakili ishtirokida Yevropada xavfsizlik va hamdo‘stIik masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Uning maqsadi va vazifalari mazmunida sportdagi o'zaro aloqalar ham qayd etildi va yaxshi bitimlarga kelishildi.
Xalqaro jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yunesko (ta’lim, fan va madaniyat bo'yicha bo'limi) tashkiloti faoUyati ham katta ahamiyatga ega. Yunesko tarkibida 1958-yildan boshlab Jis­moniy tarbiya va sport xalqaro kengashi (JTSXK-SIYePS) mavjud bo'lib, u xalqaro sport harakatida salmoqli o'rinni egallab turibdi. 1978-yilda Yuneskoning Bosh konferensi- yasida hukumatlararo jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi tashkil etilib, u Yuneskoning Xartiyada hukumatlararo tashkilotlarda jismoniy madaniyat va sport ishlarini yaxshilash, xalqaro sport harakatiga har tomonlama ko'maklashish va boshqa zarur masalalar ifoda etilgan edi. Bu Yuneskoning jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi hamda xalqaro sport aloqalari tajribalarini almashtirish yo'lidagi yangi turtki bo'lib hisoblandi.
Xalqaro sport harakatini demokratik yo'llaiga burishda Yevropa sport konferensiyalari (1973—1987-yilgacha 2 yilda bir marta) muhim ahamiyat kasb etdi. Bu anjumanlar hozirgi zamon jamiyatida insoniyat uchun sportning ahamiyati mu­him ekanligi va Yevropada xalqaro sport aloqalarini yanada rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.ismoniy taibiya va sport xalqaro xartiyasini (nizomini) ma’qulladi. Xartiyada huku­matlararo tashkilotlarda jismoniy madaniyat va sport ishlarini yaxshilash, xalqaro sport harakatiga har tomonlama ko'maklashish va boshqa zarur masalalar ifoda etilgan edi. Bu Yuneskoning jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi hamda xalqaro sport aloqalari tajribalarini almashtirish yo'lidagi yangi turtki bo'lib hisoblandi.
Xalqaro sport harakatini demokratik yo'llaiga burishda Yevropa sport konferensiyalari (1973—1987-yilgacha 2 yilda bir marta) muhim ahamiyat kasb etdi. Bu anjumanlar hozirgi zamon jamiyatida insoniyat uchun sportning ahamiyati mu­him ekanligi va Yevropada xalqaro sport aloqalarini yanada rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling