Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va uning Prezidentlari. Olimpiya Kongresslari


Download 0.83 Mb.
bet35/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

3. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va uning Prezidentlari. Olimpiya Kongresslari.

Jismoniy madaniyat tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va sport harakati amaliyotida «olimpizm», «olimpiya harakati» va «olimpiya o'yinlari» tushunchalari xalqaro hayotda ijtimoiy harakat bo‘lib xizmat qilmoqda.


Yuqorida ta’kidlanganidek, Olimpizm — bu hayot falsa- fasi, ya’ni inson tanasi, irodasi va tafakkurini (ongi) birlashtiruvchi qadriyatdir. Shuningdek, sport falsafiy, axloqiy- ma’naviy, pedagogik va tashkiliy tamoyillaming yig‘indisi bo'lib, umuminsoniy munosabatlar mahsulidir.
Olimpizm g'oyalari va mafkuralariga quyidagilar kiradi:— sport va sport faoliyatlaridan tinclilik va tinchlikning barqarorligini ta’minlashda foydalanish;
— barcha mamlakatlar va mintaqalardagi sportchilarning do'stligi va ongli munosabatlarini ta’minlash;
— shaxsni har tomonlama barkamollikka yetishtirish;
— irqchilik, millatchilik, siyosiy qarashlar, ijtimoiy sharo- itlar va yashash joylari bo'yicha insonlami kamsitishga yo'l qo'ymaslik;
— sportda millatchilik, siyosatchilik va giyohvandlikka (doping) qarshi kurash;
— hozirgi davrda sport insonlami o'zaro xayrixohlikka (gumanizm) intilishlami doimiy ravishda mustahkamlash.
Olimpiya harakati — bu jamiyat taraqqiyoti bo'lib, u olimpiya g'oyalari va mafkurasi tamoyillariga tayanadi, shu asosda insonlar va tashkilotlami ularning millat i, irqi va ya­shash joylaridan qat’i nazar o'ziga birlashtiradi. Ularning sport, sport gimnastika va o'yinlarni o'zlarining asosiy faoli- yati deb bilishlariga ko'maklashuvchi ijtimoiy faoliyatdir.
Olimpiya harakatining asosiy vazifalari quyidagicha:
— Olimpiya g'oyalarining tamoyillarini jahonga yoyish;
— Olimpiya sport turlarini tashkil etish va rivojlantirishga ko'maklashish;
— Sportni targ'ibot qilish, imkoniyat doirasida ulardan jismoniy, ma’naviy va estetik tarbiyada foydalanishni ifodalash;
— «Olimpiya birdamligi» (solidamost) dasturini tarqatish (singdirish) yo'lida sharoitlar yaratish;
— har to'rt yilda bir marotaba Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik va uni o'tkazish.
Olimpiya o'yinlari — bu sportchi-olimpiyachilaming majmuaviy xalqaro musobaqasidir. Jahon yoshlarining buyuk (ulug‘) bayramidir. O'yinlar barcha mamlakatlaming kuchli sportchilarini birlashtiradi va musobaqalarda halol va teng huquqiilik asosida qatnashishlarini ta’minlaydi.
Olimpiya o‘yinlari barcha mamlakatlar va ularning sportchilaridagi sport mahorati, axloqiy, estetik va insonparvarlik g‘oyalarini namoyon etuvchi ko‘zgu sifatida xizmat qil- moqda.
XOQ tarkibida 1950-yilda Milliy Olimpiya qo‘mitalarining soni 68 ta bo‘lsa, 1997-yilda 197 va 2000- yilga kelib esa ularning soni 200 dan oshib ketdi. Bu olim­piya harakatining baynalmilallik yo‘lidagi ijobiy faoliyatlaridan biridir.
Olimpiya o‘yinlari bu sport mahorati maktabidir. Olimpiya o‘yinlari ta’lim-tarbiya tizimidagi shaxsning barkamol- likka erishuvi yo'lidagi barcha faoliyatlami takomillashtirishga bevosita yordam beradi.
Olimpiya o'yinlari xalqaro olimpiya harakatining eng yuqori cho‘qqisidir.
Olimpiya ramzi — bir-biriga ulangan besh halqa. Ular ya- shil, qora, qizil, sariq va ko‘k rangda tasvirlanib, besh qit’ani bildiradi. Bu 1913-yilda Kuberten taklifi bilan tasdiqlangan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling