Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet37/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Xuan Antonio Samaranch — yettinchi prezident hisobla- nadi. U 1920-yilda Ispaniyada tavallud topgan. Uning Olim­piya harakati cho'qqilariga eltuvchi yo'ldagi dastlabki qadamlari 40—50-yillarga to‘g‘ri keladi. U Barselona munisipalitetida sport bo'yicha maslahatchi, keyin rolikli (g'ildirakli) konki bo'yicha milliy federatsiya prezidenti bo'lib xizmat qildi. 1956-yildan boshlab Ispaniya terma jamoalariga rahbar sifatida qishki va yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi. 1963-yiIda (43 yosh) Ispaniya oliy sport kengashi raisi va 1967-yilda Milliy Olimpiya qo'mitasi Prezidenti lavozimida faoliyat ko'rsatgan. U 1966-yilda XOQ a’zosi etib saylandi. Shu davrdan XOQning protokol (qaror) bo'limi boshlig'i va matbuot ishlari komissiyasi raisi vazifalarini bajaradi. 1974— 1978-yillarda XOQ vitseprezidenti bo'ladi. 1977—1980- yillarda Ispaniyaning SSSRdagi elchisi sifatida ish olib bo- radi. U uzoq yillardan buyon filatelizm (marka, znachok va h.k. yig'ini) bilan mashg'uldir. Samaranch XOQda faol ishladi. 1980-yil Moskvada o'tkazilgan 83-sessiyaning birinchi tur saylovida ko'p ovozga ega bo'ldi. U 2001-yilning boshlarigacha (20 yildan ortiq) XOQ prezidenti bo'ldi. Uni Olimpiya islohotchisi deyish mumkin. 1992-yil Angliyada Devid Milleming «Olimpiya in- qilobi» kitobi nashr etiladi. Unda Samaranchning to'la taiji- mai holi (biograflya) aks ettiriladi.
Samaranch islohotlari quyidagicha ifoda etilgan, ya’ni:
— Sharq va g'arbning o'zaro munosabatlaridagi barqarorlik;
— Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) Olimpiya o‘yinlarida qatnashishini man etgan qaromi olib tashlash;
— yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini turli yillarda (av- valgidek) o‘tkazish;
— qit’alardagi Milliy Olimpiya assotsiatsiyalari bilan mustahkam aloqani o‘matish;
— XOQ tarkibiga xotin-qizlami jalb etish;
— XOQ tarkibidagi komissiyani Olimpiya chempionlari- dan tarkib toptirish;
— Olimpiya xartiyasidagi 26 bobni to‘la o‘zgartinsh, ya’ni professional sportchilarning Olimpiya o‘yinlarida foyda kelti- rishi;
giyohvandlikka qarshi kurash; /
—XOQning moddiy va moliyaviy manbaijtt ta’minlashda kommersiya va bozor munosabatlarini kengaytirish;
— MOQ va Xalqaro sport uyushmalari rahbarlari bilan shaxsan uchrashish faoliyatlari.
— XOQ ma’muriy ( admistratsiyasi ) tuzilishiga o'zgartirishlar kiritish va Lozannada Olimpiya muzeyini yaratish, shuningdek, Toshkent hamda boshqa shaharlarda ham shu kabi muzeylami tashkil etishda amaliy yordamlar va h.k.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling