Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yo'nalishida jismoniy tarbiya va sport


Download 0.83 Mb.
bet45/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yo'nalishida jismoniy tarbiya va sport.

Respublika mustaqilligining istiqbolli barcha sohalar kabi jismoniy madaniyat harakatining ko‘pgina tarmoqlari va tizimlarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassis kadrlar tayyorlash, ulaming ish malakalarini davr talablari asosida olib borishni talab etmoqda.


O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997) va uning tarmoqlar hamda sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlarida jismoniy tarbiya va sport sohasining ham o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyatlari mavjud. O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (0‘zDJTI), viloyatlardagi Oliy o‘quv yurtlarining 16 ta jismoniy tarbiya fakultetlari, pedagogika kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiya bo‘limlari, har bir viloyat markazida yangidan (1999— 2001 y.y.) tashkil etilgan olimpiya zaxiralari tayyorlash kasb- hunar kollejlari oliy va o‘rta ma’lilmotli jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlamoqda. Shuningdek, A.Avloniy nomidagi Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish Markaziy institutining jismoniy tarbiya kafedrasi, viloyatlardagi Xalq ta’limi boshqarmalari tarkibidagi malaka oshirish institutlarining jismoniy tarbiya kafedralari, O‘zDJTI qoshidagi malaka oshirish fakulteti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda respublika kasaba uyushmalari ko‘ngilli sport jamiyatlari Markaziy Kengashi qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurs-seminarlari va boshqalar jismoniy madaniyat hakarati tizimidagi barcha mutaxassislaming malakalarini oshirishda katta faoliyat ko'rsatmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yo‘nalishlarida quyidagi sohalar bo'yichp mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda, ya’ni:
1. Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, litseylar va oliy o'quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari.
2. Barcha turdagi va bosqichdagi sport maktablari, sport turlari bo‘vie ha terma jamoalarda shahar-tuman, viloyat va respublika miqyosidagi murabbiylar.
3. Sport qo‘mitalari va sport jamiyatlaridagi (tuman- shahar, viloyat va respublika bo‘yicha) rahbar hamda mas’ul xodimlar.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, aholi istiqomat joylari, xo‘jaliklar va o‘quv yurtlaridagi sport klublaming rahbarlari, murabbiy-yo'riqchilari va h.k.
Sog‘lom avlod dasturi, Kadrlar tayyoriash milliy dasturi, onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi rasmiy ko‘rsatmalar, qarorlar asosida tarbiya va tibbiy muassasalarda jismoniy tarbiya bo'yicha yo‘riqchi (metodist), mahallalarda jismoniy tarbiya va xalq milliy o‘yinlarini uyushtiruvchi tashkilotchilar, xotin-qizlar bilan bevosita shug‘ullanuvchi jismoniy tarbiya mutaxassislariga ehtiyoj kuchaymoqda. Ya’ni bu sohalar bo‘yicha viloyatlardagi jismoniy tarbiya fakultetlari, bo‘lim- lari, olimpiya o‘rinbosarlari, kasb-hunar kollejlarida maxsus kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo'yish lozimdir. Shu bilan birga, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turlari bo‘yicha murabbiylar ham ommaviy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o‘yinlari va sayohatlar bo‘yicha zarur nazariy bilim hamda amaliy malakalar hosil qilishni yanada chuqurlashtirishlari lozim bo‘ladi.
Ma’lumki, mutaxassis kadrlar hisobidan va sport ixlosmandlaridan sport turlari bo‘yicha hakamlar, jamoatchi murabbiy-yo‘riqchilar ham tayyorlashni davr taqozo etadi. Shu sababdan, shahar-tuman sport tashkilotlari quyi jamoalarda jamoatchi faollarni ko‘paytirishlari, ularning amaliy faoliyatlariga yaqindan yordam berishlari, mehnatlariga yarasha o‘z vaqtida rag‘batlantirish, taqdirlash ishlarini yaxshi yo‘lga qo'yishlari zarurdir.
Respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2001- yil boshidagi hisobotida ko‘rsatilishicha, 1991-yilda 29134 nafar jismoniy madaniyat va sport sohasjda kadrlar mavjud ( bo‘lsa, 10 yillik oxirida u 34952 nafarga yetdi. i Bulardan 21557 tasi maktablaming jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, 1023 tasi kasb-hunar kollejlari, 932 tasi o‘rta maxsus o'quv yurtlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilaridir. Oliy o'quv yurtlarida 877 nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchilari faoliyat ko'rsatgan. Barcha sohalardagi murabbiylarning soni 6353, sport tashkilotlarining rahbarlari, mas’ul xodimlari va boshqa sohalardagi kadrlar esa 4210 nafar kishini tashkil etgan. Umumta’lim maktablarda 11983 ta oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Kasb-hunar kollejlarida — 1624, oliy o‘quv yurtlari — 874, murabbiylar — 3413 boshqa sohalarda esa oliy ma’lumotli mutaxassislar soni 2300 dan oshadi.
Ta’kidlash joizki, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlashda jismoniy tarbiya va sportning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular asosan jismoniy tarbiya darslari, sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayogan mashg'ulotlar, turli-tuman sport musobaqalarining mazmunida o‘z ifodasini topmoqda.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling