Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


-13-MAVZU. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining maqsadi hamda vazifalari


Download 0.83 Mb.
bet47/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

12-13-MAVZU. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining maqsadi hamda vazifalari.
Mashgʻulot turi: ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanning maqsadi va vazifalari.
2. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’liqligi
3. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun, qarorlar boshqarishning asosiy manbalari

1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanning maqsadi va vazifalari.


Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o’quv hamda ilmiy fan sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy kismi hisoblanadi. U aholi urtasida tashkil kilinadigan ommaviy soglomlashtiruvchi jismo­niy tarbiya va sport tadbirlarining yo’llarini o’rganadi, shu sohadagi mutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi. SHu sababdan bu fan O’zDJTI va respub­lika oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulьtetlari, Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari hamda pedago­gika bilim yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo’limlarining o’quv rejasida o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lmog’i lozim.
Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatining barcha faoliyatlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo’llari bilan qurollantirishdan iboratdir.
Fanning asosiy mazmunini quyidagi yo`nalishlar tashkil etadi:

  • jismoniy tarbiya va sportni tashkil qalishning nazariy asoslari;

  • boshqarishning davlat va jamoat tizimlari;

  • boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar;

  • jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar;

  • horijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sport­ni tashkil qishish, xalkaro sport va Olimpiya harakatlari.

Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport soha­sidagi bo’lajak mutaxassislarni tayyorlab yetishtirishdagi barcha yo’l-yuriqlar o’z ifodasini topadi. Eng muhimi, O’zbekistanda olib borilayotgan turli islohotlar, ular­ning ijobiy natijalari sifatida o’tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o’z aksini topishi ifodalab beriladi.
"Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish" fani o’zining tarixiga ega. Bu xaqda quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Bu fan avvallari jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining tarkibida bo’lib, 1948 yi.tdan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va taraqqiy qila boshladi.
1977 yilda "Управление физкультурнқм движением" nomi bilan birinchi marotaba darslik tayyorlandi. Darslikni tayyorlashda pedagogika fanlari doktori, profes­sor Кулункович. (Belorussiya Davlat jismoniy tar­biya institut) raxbarligidagi Belorussiya, Moskva, Kievdagi va boshqa bir qator institutlarning olimlari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.
Keyingi yillardagi ijtimoiy-madaniy o’zgarishlar, davlatni idora qilish, sport va jamoat tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi hamda tarakkiyot jarayonlari bu darslikning yangilanishini.va takomillashishini taqazo qildi. SHu sababdan 1987 yilda professor Pereverzin I.I. (Markaziy jismoniy tarbiya instituta) boshchiligida "Управление физической культурой и спортом" degan yangi darslik vujudga keldi. Bu darslik o’zining mazmuni, to’zilishi jixatidan avvalgi darslik va o’quv qo’llanmalaridan tubdan farq qilsada, jismoniy tarbiya xarakatining barcha soxalarida erishilgan ilmiy-uslubiy xulosalarga tayangan bo’lsada, ko’pgina jismoniy tarbiya tizimi olimlari, professor-o’qituvchilari tomonidan yaxshi baho olmadi. Buning sababi shundaki, darsliqaa boshqarish tizimlari, vazifalari (funktsiyalari) va turli tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish, ish yuritish, musobaqalar o’tkazish kabi muhim faoliyatlarga e’tibor berilmagan yoki aloxida xududlargina nazarda tutilgan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari hamda oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakulьtetlarining talabala­ri uchun eng qulay, tushunish oson bo’lgan o’quv qo’llanmalari 1965 yilda nashrdan chiqgan "Организация физической культуры" va 1972 yilda Bunchuk M.B. tomonidan tayyorlangan " Организация физической культуры " o’quv qo’llanmasi xisoblanadi.
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tomonidan "O’zbekistanda jismoniy tarbiya va sportni boshkarishni tashkil etish yo’llari" (Yunusov T.T., Abdumalikov R.) o’quv qo’llanmasi chiqarildi. Bular orasida dotsent R.Abdumalikovning "Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari" monografiyasi (1994), "Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning na­zariy asoslari" o’quv qo’llanmasi (1995) muxim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchiliqaagi naza­riy bilim va amaliy ko’nikmalarini oshirishda katta xiz-mat qilmoqda. E’tirof etish kerakki, boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijalari muxim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifati­da xizmat qiladi. Bularni o’rganish va tanqadiy yondoshish zarur bo’ladi.
Amerikalik olimlar sport va sportni boshqarish haqida Chris Gratton va Piter Teylor shunday deydi sport va dam olish ularning ijtimoiy iqtisodiy ta’siri o’qishda emas sport boshqarish uchun ishni himoya qilish har bir inson uchun zarur. Bundan tashqari sport bilan shug’ullanish orqali insonlar psixologik va fiziologik foyda olishi mumkun deydi.
2. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’liqligi


Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani quyidagi vazifalarni o` ichiga oladi:

  • fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;

  • davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport soxasidagi faoliyatlarini o’rganish;

  • yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini o’zlashtirishni ta’minlash;

  • egallangan nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamdamalakalarni o’quv amaliyoti jarayonida tajribadan o’tkazish;

  • ilmiy-nazariy tadkikotlar o’tkazishga da’vat etish;

  • reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash;

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o’quv rejasidagi "Jismoniy tarbiya va sport tarixi", "Jis­moniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati", pedagogika, psi­xologiya, iktisod nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. CHunki boshqarishda doimiy ravishda ta’kidlanib turiladigan sport taraqqiyoti, aholini jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, sportchilarning ruhiy holatlari hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda moddiy-texnik taьminot sohasidagi bilimlar amaliy tajribalar bilan o’zviy boglivdir. SHu sababdan ham fanlar erishgan yutuqlardan foydalanish zaruriyati tugiladi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling