Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Ko’p bosqichli ommaviy sport tadbirlarining sog’lomlashtiruvchi


Download 0.83 Mb.
bet44/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

3. Ko’p bosqichli ommaviy sport tadbirlarining sog’lomlashtiruvchi
va tarixiy ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 1993-yil martda «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha ta’lim-tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a’lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga I—III darajali ordenlar berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari, BO‘SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas’ul xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyoriash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni (1997-yil 10-oktabr), 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog'lom avlod» davlat dasturi» ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dastuming asosiy yo'nalishi tibbiyot, ta’lim, mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog'liqni yaxshilash bo'yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlami maqsadli o'tkazish ko‘zda tutildi. Eng awalo, «Sog‘lom ona va sog‘lom bola» shiori ustuvor bo‘lishi ta’kidlangan. Bunday umum madaniy va tarbiyaviy jarayonlaming salmoqli mazmuni jismoniy tarbiya bilan bog‘langanligi muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan ham bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, litseylar va oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya dasrlari, sport mashg‘ulotlari hamda ommaviy sport musobaqalami tashkil etishga katta e’tibor berilmoqda. Yana e’tiborli tomoni shundaki, maxsus maktablar (nogiron va jismonan ojiz) va nogironlar sport klublarida jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor berilib, ularning salomatligini saqlash, yaxshilash va rivojlantirish yo‘lida o'ziga xos tadbirlar, mashg'ulotlar va hatto sport musobaqa- lari ham tashkil etilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Umid nihollari- 2003» sport musobaqalarining 1-bosqich natijalari samarali bo‘ldi. Respublika bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablar soni 96900 ta bo‘lib, jami o‘quvchilar soni 6.258.796 tani tashkil etadi. Barcha viloyatlar, tuman (shahar)lardagi maktablarda o‘tkazilgan «Umid nihollari - 2003» sport musobaqalarining 1- bosqichida 9690 ta maktabda 6.116.930 nafar o'quvchi ishtirok etgan. Viloyatlar bo'yicha ishtirok etuvchilar quyidagi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.
«Umid nihollari»/sport musobaqalarining 1-maktab bosqichida umumta’lim maktablarida 12 sport tunning barcha turlarini o‘tkazish imkoniyati yo‘qligi ishlaming to‘g‘ri yo‘lga qo‘yihnaganligidir. Muammolami bartaraf qilish uchun tumanlardagi BO‘SMlaming sport turlari bo'yicha murabbiylarini umumta’lim maktablariga biriktirish hamda maktablarda o‘qiyotgan ma’lum sport turlari yo‘nalishi bo‘yicha yuqori sport ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarni hakamlikka jalb etish, mahallalarda yashayotgan sport fidoyilaridan maqsadli foydalanish zarurdir.
Avval an’ana bo'lgan maktab o‘quvchilari, mehnatkashlarning spartakiadalari, talabalarning «Haftalik» musobaqalari va umum respublika spartakiadalari o'miga mustaqillik jarayonida kashf etilgan ko'p bochqichli sport musobaqalari o'tkazib borilmoqda.
1. 2001-yilda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 608500 nafar bolalar, 65862 pedagog va boshqa xodimlar bor. Ularda «Quvnoq bolalar», «Polvonchalar» kabi turli toifadagi (tuman-shahar va jamoalar) musobaqalar o'tkazilmoqda. Bunda, eng awalo, bolalami sog'lom qilib tarbiyalash, sport elementlarini bajarishga o'rgatish hamda qiziqtirish, o'zining harakat faoliyatlarini kuzatish, nazorat qilish kabi muhim tarbiyalash jarayonlari mujassamlashtirilgan.
2. Umumta’Iim o'rta maktablar, maxsus maktablarda nogiron va jismonan ojiz bolalar 5.992.364 o'quvchi, 440762 o'quvchi mavjud, sport turlari bo'yicha ommaviy sport musobaqalarini o'tkazish. Bunday musobaqalar 2000-yildan boshlab o'tkazilayogan «Umid nihollari» O'zbekiston maktab o'quvchilarining eng yuqori bosqich dasturlari negizida tashkil etilmoqda. 2002-yildan musobaqalarda 5,5 mln. o'quvchi qatnashdi.
3. 200 ta kasb-hunar kollejlari 46 ta akademik litseylar va o'rta maxsus o'quv yurtlarining 69346 o'quvchilari orasida «Barkamol avlod» sport musobaqalari ,1999-yildan boshlab (Jizzax shahri), (2001-yilda Farg'ona) jamoalar, tuman- shahar, viloyatlar miqyosida o'tkazilib, yuqori bosqichi — respublika finali bilan yakunlanmoqda. Bo'limlarda 2001- yilda 500 ming o'quvchi ishtirok etdi.
4. 64 ta oliy o'quv yurtlarida 5055 nafar magistrlar va 178435 bakalavrlar boiib talabalarning (2000-yil Namangan, 2002-yil Buxoro, 2004-yil Samarqand) ham awalo har bir oliy o'quv yurtlarida, keyinchalik shahar-tuman (viloyat) miqyosida oliy o'quv yurtaliraro musobaqalar shaldida o'tkazilmoqda. Ularning yakunlovchi qismi — finali respublika miqyosida tashkil etilmoqda.
E’tirof etish kerakki, bu bosqichlardagi respublika musobaqalarini boshlash va yakunlash qismlari bayram tusini olmoqda. Taniqli san’atkorlar, yozuvchi-shoirlar, fan va madaniyat arboblari ishtirok etib, tantanalarga fayz kiritmoqda. Bu, albatta, mustaqillik in’om etgan ulkan madaniy tadbirlarning biridir.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling