Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet42/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Mashgʻulot turi: ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Eng qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati haqidgi manbalar.
2. Chor Rossiyasi va Sovetlar hukmronligi davrlarida jismoniy tarbiya va sport.
3. Ko’p bosqichli ommaviy sport tadbirlarining sog’lomlashtiruvchi va tarixiy ahamiyati.
4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yo'nalishida jismoniy tarbiya va sport.


1. Eng qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati haqidagi manbalar.
Hozirgi O‘zbekistonning hududlari va unga yaqin bo‘lgan qo‘shni mamlakatlaming (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Toji- kiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va h.k.) deyarli ko‘p joy- larida istiqomat qilgan qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy- madaniy turmushi, ayniqsa, turli marosimlar, an’analar, bay- ram-sayllami o‘tkazishda kurash, ot o'yiniari, dorboz, hara- katli o‘yinlardan keng foydalanganlar. Ular haqida «0‘zbekiston xalqlari tarixi», «0‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi» va boshqa ko‘pgina darsliklar, monografiyalar, ilmiy tadqiqotlarning natijalarida batafsil bayon qilingan. Bu yilda sobiq Ittifoq davrida atoqli arxeolog olim Ya.G‘ulomov, tarixchi-matematik akademik Qori-Niyoziy va boshqalaming ilmiy tadqiqotlari muhim ahamiyatga egadir. E’tirof etish lozimki, ibtidoiy jamoa tuzumi va keyingi davrlarda jismoniy tarbiyaning vujudga kelish jarayonlarini N.I.Ponomaryev, V.V.Stolbov (sobiq SSSR) kabi iqtidorli rus olimlari izchil o‘rganishlari natijasida qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratishdi. Ulaming mazmunida oz bo‘lsa-da, yurtimiz hududlarida yashagan qadimgi kishilaming jismoniy tarbiyasi tilga olingani ham e’tiborga loyiqdir. Qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmush sharoitida jismoniy tarbiya vositalarining (turli o‘yinlar, otda yurish, kurash, nayza uloqtirish va h.k.) qo‘llanilishi haqida «Avesto», «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Qirqqiz», shohnoma; «Manas», «To‘maris afsonasi» kabi tarixiy manbalar hamda xalq og‘zaki ijodi guvohlik beradi.
Ibn Sino har bir a’zoning kasalini tuzatish uchun maxsus ’ harakatlar — jismoniy mashqlar borligini eslatadi. Bunda uqalash (massaj) mashqlarini ko‘zda tutadi va ularni quyidagi turlarga bo‘ladi: 1. Gavdani baquwat qiluvchi — kuchli uqalash. 2. Gavdani yumshatuvchi kuchsiz uqalash. 3. Ozdiruvchi — davomli uqalash. 4. Gavdani o'stiruvchi — mo'tadil uqalash. Olimning ta’kidlashicha, uqalash dag‘al yoki yengil bo‘ladi. Dag‘al uqalash dag‘al latta bilan amalga oshiriladi. Yengil uqalashni yengil (yupqa) latta bilan bajariladi. Uqalashlar asosan bo‘shashgan a’zolarni zichlatish, yumsho- qlarini qotirish, dag‘alini mayin qilish va qattiqlarini yum- shatish maqsadida qilinishini bildiradi. Bundan tashqari, badantarbiya bilan bog‘liq uqalashlar to'g'risida ham ta’lim beradi: 1. Badantarbiyaga tayyorlovchi deb atalgan uqalash (sport trenirovkalari, musobaqalari oldidan hozirgi davrda qo'llaniladi). 2. Badantarbiyadan keyin qilinadigan uqalash. Buni badanning o‘z holiga keltiruvchi uqalash yoki tinchlantiruv- chi uqalash deyish mumkin. Bu hoi ortiqcha toliqqan, o‘ta ko‘p og‘ir mashqlar (trenirovka, musobaqa) bajargandan keyin qo‘llaniladi. Ayniqsa, ko‘pkari (uloq), poyga, kurash- dan keyin uqalash mashqlari hayotda ko‘p qo‘llaniladi. Uqalash mashqlarining qon aylanish tizimini tezlatish (maromiga yetkazish), nafas olishni yaxshilash, hazm qilish a’zolarining ish faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘lga solishda muhim ahamiyat kasb etishi allomaning ilmiy-amaliy ta’limida to‘la mazmun topganligining shohid bo‘lish mumkin. Shuni ham eslatish zarurki, Ibn Sino salomatlikni saqlash va uni mustahkamlashda dam olish, uyqu va me’yorida ovqatlanish hayotiy zaruriyatligini eng asosiy omillardan deb biladi. Ibn Sinoning badantarbiya haqidagi ta’limida eng asosiy o'rinlardan birida kurash turlari turadi. Ya’ni «Kurashning turlari ham bir nechadir. Ulardan biri: ikki kurashuvchining har biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab tortadi, shu bilan birga kurashuvchi o‘z raqibidan qutilishning chorasini qiladi.
Ikkinchisi esa qo'yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo‘li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o‘ziga tortadi va yonga ag‘daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o‘ng qo‘li ostidan o‘tishi kerak, (kurashuvchilar) goh qadlarini tildab, goh egiladilar (kurash) turlari yana ko‘krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bir kishining bo‘ynidan. ushlab egish, bir-birovlarining oyoq- larini o‘z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi». Ibn Sinoning inson salomatligini jismoniy taibiya vosita- lari bilan yaxshilash va uni kamolotga yetkazishdagi mutafak- kirligi yana shunda ayon bo‘ladiki, u gavdaning har bir qismi uchun maxsus harakatlar borligini bashorat bilan aniq misol- larda ko‘rsatib bergan. Qo‘l va oyoq harakatlari, ko‘krak va nafas a’zolarining boringki, barcha a’zolaming tabiiy hara- katlarini ishga soluvchi mashqlar majmuasini o‘z asarlarida mujassamlashtirgan. Bunda tovush - og‘iz bo‘shlig‘idagi barcha a’zolami harakatlantirish (baland-past ovoz chiqarish, tilni chiqarish, tortish, burash, tuflash va h.k.) mashqlarini bergan. Ichki a’zolami ishga tushirish mashqlariga belanchakda uchish, titratish, aravalarda yurish va b.q.ni tavsiya etadi. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslarida jismoniy tar- biyaning eng muhim vositalari sifatida hammomda cho'milish, sovuq suvda cho‘milish, suv va ichimliklami iste’mol qilish, ovqatlanish, uyqu va dam olish mazmunlari ham joy olgan. Keksalik davridagi jismoniy tarbiya va umu- man safar (sayohat) vaqtlarida fasllaiga qarab harakat qilish asoslarini ham ko‘rsatadi.
O ‘zbekistonning mustaqilligi tufayli, o'tmish tariximizni qayta o£rganish, unga haqiqiy baho berishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu asosda o‘tmish tariximizdagi jismoniy madaniyat va uning rivojlanishidagi bosh sabablardan ba’zi bir tomonlarini esga olish zarurdir. Buning uchun O ‘zbekiston xalqlari tarixi (eski nashrdagi tomlar), 0 ‘zbekistonning yangi tarixi (uch qism), ba’zi tadqiqot natijalari hamda muzeylardagi daliliy ashyolarga bevosita murojaat qilish kerak bo‘ladi. Rasmiy manbalaiga qaraganda bundan 150—140 ming yil (o‘rta paleolit) Muz davrida muzlanish keng tarqalgan. Odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar. Toshlardan qurol yasashni takomillashtirib, yirik hayvonlami va baliq ovlashga kirishgan. O`t chiqarish vositalarini ixtiro qilib, yashash uchun g‘or, yer to‘la, chayla, кара va boshqa boshpanalardan foydalanishgan. Bu jarayonlar esa tabiiyki, barchaning jismonan baquwat, epchil, kuchli, chaqqon bo'lishini talab etgan.
Ilmiy tadqiqotlarning guvoh berishicha, Teshiktosh (Surxondaryo), Omonqo‘ton, Afrosiyob (Samarqand), Alisher Navoiy nomidagi Milliy istirohat bog'i (Toshkent, sobiq Komsomol ko‘li), Xo'jakent, Obirahmat (Toshkent viloyati), Farg‘ona shahri atrofidagi qal’ada (So‘x daryosi bo‘yidagi makonlar) va boshqa joylarda topilgan va muz davriga mansub bo'lgan yodgorliklar, turli ashyoviy dalillar 0‘rganiIgan.1 Tadqiqotlarning natijalariga qaraganda yuqorida nomlari qayd qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan hayvonlami ov qilish uchun foydalanishgan. Jismoniy chiniqish va o'ljani qo‘lga kiritish uchun turli murakkab harakatlami (yugurish, olishish, uloqtirish, sakrash, himoya qilish va hokazo) bajarishga to‘g‘ri kelgan. 0 ‘z navbatida, bolalami ham bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, hozirgi zamon jismoniy tarbiyasining ayrim namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga kela boshlagan.
Yuqori Paleolit davri miloddan oldingi 40 ming yillikdan keyingi 12 ming yillikka qadar davom etadi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda iqlim quruq, o‘zgarib turuvchi bo'lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-sequn karkidonlar, yowoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo‘lgan.
Poda-poda bo'lib yashaydigan hayvonlami ovlashga ixtisoslashuv o‘sha davr odamlarining yashash manbalariga aylangan. Amudaryo, Sirdaryo va Zamfshonning quyi oqimidagi qator ko'llarda baliq ovi bilan shug‘ullanish, ularning o‘troq holda yashashiga sabab bo‘lgan.
Markaziy Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari yodgorliklari ichida Markaziy Farg‘onaning neolit yodgorliklari (Zambar, Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, Sariqsuv Ming buloq) kabilar ajralib turadi.
Ibtidoiy podadan yuqori paleolitga o'tilishi bilan islilab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida o'zgarishlar paydo bo'lgan. Bu daviga kelib, mehnat qurollari ancha takomillashgan, suyak va shoxdan yasalgan buyumlar; igna, bigiz, qarmoq, kamon o‘qi va har xil bezaklar shakllangan. Tosh va suyaklami parmalaganlar. Toshlarga, sopol idishlarga odamlar, hayvonlami rasmini chizganlar. So‘nggi poleolit davrining yutuqlaridan biri— nayzaning ixtiro qilinishi bo‘ldi. Nayza tufayli ovchilik rivojlandi, tirik hayvonlami birgalashib ovlash keng ahamiyat kasb etadi.
Oilada bolalami tarbiyalashda tabiiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, suvda suzish va h.k.) va turli harakatli o‘yinlar eng asosiy vosita va amallardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bolalaming yoshi, jismoniy rivojlanish holat- larini hisobga olgan holda, ularni guruhlarga ajratib o‘ynatish o‘sha davrlardayoq ma’lum maqsad yo‘lida vujudga kelgan. Masalan: kichik yoshdagi bolalarga «Mushuk va sichqon», «Qushlar pirr etib uchdi», «G‘ozlar va o‘rdaklar» kabi o‘yinlami o'rgatish boshlangan. 0 ‘rta yoshdagi bolalarga «Kalxat keldi», «Xo‘rozlar jangi», «Kim chaqqon» kabi o‘yinlar, estafetalar, to‘siqli yugurishlar qo'llanilgan. Katta yoshdagi bolalarga esa tez yugurish, kuch sinashish (kurash, mushtlashish, tosh ko‘tarish kabilar), daraxtlarga tirmashib chiqish, suvda tez suzish, hayvonlarga nayza sanchish (belgi- langan doiralar, buyumlar va h.k.) kabi murakkab o‘yinlar, mashqlar 0‘rgatilgan.
Markaziy Osiyo miloddan awalgi 11—1 ming yilliklarda yirik quldorlik davlatlari Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm paydo bo'ldi. Ular Rim va Gretsiyadagi quldorlik tuzumidan o‘ziga xos ravishda anchagina farq qilgan.
Ya’ni Markaziy Osiyodagi davlatlarda ishlab chiqarish yuqori darajada bo'lmaganligi uchun asosan dehqonchilik, chorvachilik va mayda hunarmandchilik asosida qullar (yol- lanuvchilar) majburiy ishlatilgan.
Gerodotning «Tarix» kitobida massagetlar (hozirgi Markaziy Osiyo xalqlari) malikasi To‘marisning Eron shohi Kir bilan olib borgan jang voqealari tasvirlangan. Jangda To‘maris g‘olib chiqib, Kiming boshini olib, qon bilan to'ldirilgan meshga soladi. «Sen umr bo‘yi qonga to‘ymading. Olz ontim bo‘yicha seni qon bilan sug‘ordim», deydi.1 To‘maris misolida o‘sha davrlarda ayollardan sarkardalar chiqqanligini va janglarda har tomonlama kuch ko'rsalganligini guvohi bolamiz. Olz o‘rnida aytish lozimki, lio/irgi davrdagi mahalliy millat qizlarini oilada, turmush va hayotda ma’naviy - jismoniy jihatdan yetuk bo‘lishga otlan- lirish, bu bilan ularning jamiyatga faol xizmat qilishlarini (a'minlash lozim.
Shuni eslatish lozimki, VI asrda Eron Ahmoniylari, keyinchalik (329—327-yillarda) Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) Markaziy Osiyoni bosib olib, o‘zlarining madaniyati, dini va ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish ish usullarini o'matganlar.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling